17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:07
Qishloq xoʻjaligi 👁 4,432

ChIGIT EKISh MAVSUMI QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA

ChIGIT EKISh MAVSUMI QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA

Istiqlol yillarida Prezidentimiz rahnamoligida agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida qishloq xoʻjaligida hosildorlik oshib, sifati yuksalishiga erishilmoqda. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash sezilarli darajada yaxshilangani bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu yil tumanimizdagi paxtachilikka ixtisoslashtirilgan 507 ta fermer xoʻjaliklarida 15950 gektar paxta maydonining 11000 gektariga gʻoʻzaning "Sulton”, 3250 gektariga S-4727 va 1700 gektariga yangi navlarning ekilishi rejalashtirilgan edi. Ayni kunda barcha fermer xoʻjaliklaridagi qishki suvga qondirilgan paxta dalalarida chigit ekish ishlari qizgʻin olib borilmoqda.

Ekish jarayonlarining qisqa muddatda va sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga urugʻlik chigitni sifatli yetkazib beruvchi shaxobchalar uzluksiz faoliyat olib bormoqda. Joylarda belgilangan tartibga asosan urugʻlik chigitni tayyorlash, yetkazib berish, talon-tarojlikka yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tizimli ish yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, talab qilinadigan dizel yoqilgʻisi va mineral oʻgʻitlar miqdorlari aniqlangan boʻlib, ularni ham taʼminotchi korxonalar dala boshiga uzluksiz yetkazib bermoqdalar.

Ayni kunda chigit ekish ishlariga 145 ta haydov traktorlari, 221 ta transport traktorlari, 211 dona chigit ekish seyalkalari jalb qilinmoqda. Dorilangan, sertifikatlangan urugʻlik chigitlar fermer xoʻjaliklariga 16 ta chigit tarqatish shoxobchalari tomonidan toʻxtovsiz ravishda yetkazib berilmoqda.

Mavsum davomida texnika va mexanizmlarni toʻla quvvat bilan ishlashini taʼminlash, tezkor xizmat koʻrsatish va ularning texnik holati ustidan doimiy nazorat qilib borish maqsadida koʻchma taʼmirlash ustaxonalari tashkil etilgan hamda ularga tegishli mutaxassislar biriktirilgan.

Oʻz tarkibiga tajribali va malakali qishloq xoʻjalik mutaxassislarini biriktirgan sifat guruhlari va mingboshilar yerlarning ekishga sifatli tayyorlanishi va sifatli ekilishi ustidan nazorat oʻrnatgan. Oqar suv va yonilgʻi-moylash materiallari sarfini kamaytirish uchun imkoni boricha qayta ekishga yoʻl qoʻymay, chigit ekish mavsumini juda qisqa muddatda tamomlash ayni kunda tumanimiz qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari oldida turgan dolzarb vazifadir.

Ekish mavsumini uyushqoqlik bilan, oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan otryadlarning nazorati va amaliy yordamlari tufayli shu kungacha jami 4 ming gektarga yaqin maydonda chigit ekish ishlari sifatli oʻtkazildi.

Tosh yop ovulidagi "Bekman Allaberganov” fermer xoʻjaligida ham kecha-kunduz uzluksiz ish tashkil qilingan. Xoʻjalikda barcha amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarning talab darajasida boʻlishiga katta eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, xoʻjalik aʼzolari tomonidan paxta ekiladigan konturlar atroflariga ishlov berish, dala atrofini begona oʻtlardan tozalash, simyogʻochlar atroflariga qoʻl kuchi bilan ishlov berish, ichki ariqlarni tozalash, texnikalarning kirish-chiqish yoʻlaklarini belgilab, tartibga keltirish kabi ishlar ham sifatli amalga oshirilmoqda.

Suratda: (chapdan) "Toshyop” MMTP bosh hosiloti Davlatboy Rahimov hamda mexanizator Ergash Dushamovlar dala boshida.

M.ShOMURODOV olgan surat.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026