17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Iqtisodiyot 👁 4,266

TADBIRKORLAR MANFAATLARI QONUN HIMOYaSIDA

TADBIRKORLAR  MANFAATLARI  QONUN  HIMOYaSIDA

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, boshqaruvning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda uning rivojlanishi yoʻlidagi ortiqcha gʻov va toʻsiqlarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada qator qonun va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi katta samara bermoqda. Oʻzbekiston Respublikasining "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, yangi tahrirdagi "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, "Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlari shular jumlasidandir.

Prezidentimizning 2015-yil 15-maydagi "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bu borada yangi bosqichni boshlab berdi.

Mazkur Farmon bilan Bosh prokuraturaga tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikning qatʼiy ijro etilishida qabul qilingan normalarni amaliyotga joriy etish ustidan nazoratni kuchaytirish, tadbirkorlik subʼektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun vakolatli nazorat, huquqni muhofaza qilish va davlat organlari mansabdor shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshirishni taʼminlash vazifalari yuklatildi.

Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan ham tadbirkorlik subʼektlarining xuquqiy himoyasini taʼminlash borasida tegishli chora-tadbirlar belgilab olingan boʻlib, izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Tumanda 1910 ta harakatdagi xoʻjalik yurituvchi subʼektlar mavjud boʻlib, sanoatda 113 ta, qishloq xoʻjaligida 1222 ta, oʻrmonchilikda 1 ta, aloqa va transportda 20 ta, qurilishda 37 ta, savdo va umumiy ovqatlanishda 176 ta, tayyorlov sohasida 7 ta, kommunal xizmatda 5 ta, maishiy xizmatda 12 ta xoʻjalik yurituvchi subʼektlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Tuman boʻyicha jami 2056 ta tadbirkorlik subʼektlari, shu jumladan, 876 ta kichik biznes subʼektlari hisobga olingan. Roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subʼektlarining 1756 tasi, kichik biznes subʼektlarining 850 tasi hozirgi kunda faoliyat yuritib kelmoqda. 5 ta qoʻshma korxona roʻyxatga olingan. 2015-yilda 87 ta kichik biznes subʼektlari tashkil etilib, shundan 9 ta tadbirkorlik subʼektlari tuman prokuraturasining joylarda oʻtkazgan yigʻilishlarida ularga koʻrsatilgan amaliy yordam natijasida yangidan tashkil qilingan. Faoliyatini toʻxtatgan tadbirkorlik subʼektlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar oʻzining ijobiy samarasini berib, ularga koʻrsatilgan amaliy yordam natijasida 6 ta tadbirkor oʻzining faoliyatini qayta tiklab, 16 nafar shaxslar ish bilan taʼminlangan.

Tuman prokuraturasi tomonidan tuman hokimligi, uning boʻlimlari, tumandagi boshqaruv va nazorat-tekshiruv organlarining tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga daxldor qarorlari, farmoyishlari va boshqa hujjatlarning qonuniyligi muntazam ravishda oʻrganib borilmoqda.

Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, tadbirkorlardan ortiqcha yigʻim, hisobot va maʼlumotlar talab qilish, ularning murojaatlarini qonunda belgilangan muddatda koʻrib chiqmaslik, tadbirkorlar manfaatlarini poymol qiluvchi qarorlar qabul qilish, kichik biznes vakillari faoliyatiga noqonuniy aralashish, ularga noqonuniy topshiriq berish, tekshirish oʻtkazish muddatini buzish kabi holatlar hamon uchrab turibdi.

Bundan tashqari, tumandagi ayrim nazorat organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va tekshirish holatlari aniqlandi.

Jumladan, tuman Veterinariya laboratoriyasiga qarashli "Amudaryo dehqon bozori” Veterinariya-sanitariya epidemiologiya laboratoriyasi boʻlimi mudiri N.Abduraimova Oʻzbekiston Respublikasining "Xoʻjalik yurituvchi subʼektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejadan tashqari tekshirishlar oʻtkazish tartibi va asoslari belgilab berilgan 12-moddasi talablarini buzgan holda yakka tartibdagi tadbirkor N.Allaniyazovga qarashli savdo oʻrinlarida noqonuniy tarzda rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirish oʻtkazgan. Ushbu holat boʻyicha tuman veterinariya laboratoriyasi xodimasi N.Abduraimovaga intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatildi.

Qayd etish kerakki, tumandagi barcha mutasaddi organlar xodimlari bilan oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va toʻsqinlik qilish, xususiy mulkdorlar va tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan boshqa huquqbuzarliklar, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subʼektlar moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishning tartibini buzganlik, davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini buzganlik, tadbirkorlik faoliyati subʼektidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilganlik, xoʻjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatini va bank hisob varaq operatsiyalarini noqonuniy toʻxtatganlik, xoʻjalik yurituvchi subʼektlar hisob raqamlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni asossiz talab qilganlik, xoʻjalik yurituvchi subʼektlarni pul mablagʻlarini ajratish bilan bogʻliq xayriya va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etganlik, ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻlishi muntazam ravishda tushuntirib kelinmoqda.

Tadbirkorlik subʼektlarining erkin faoliyat yuritishiga qarshi har qanday toʻsiqlarni tezkorlik bilan bartaraf etishda «ishonch telefoni»ning ham ahamiyati katta boʻlmoqda.

Tuman prokuraturasida 515-34-08 raqamli "Ishonch telefoni” tashkil qilingan boʻlib, tadbirkorlar tegishli tashkilotlarga yoʻllagan murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilmaganligi, ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan asossiz ravishda uzib qoʻyilishi, faoliyatiga noqonuniy aralashish, noqonuniy tekshiruv oʻtkazish, tadbirkorlar manfaatini poymol qiluvchi qarorlar chiqarish, noqonuniy topshiriq va majburiyatlar yuklash yoki ortiqcha maʼlumotlar talab qilish kabi holatlar boʻyicha "Ishonch telefoni”ga kunu-tun murojaat qilishlari mumkin.

Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish borasida tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida 2015-yilda 11 ta huquqiy hujjatlar tadbirkorlar manfaatlariga va amaldagi qonunchilikka zidligi sababli protestlar kiritildi. Oʻtgan yili 19 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklanib, ularning 211 mln. soʻmlik mablagʻlari undirib berildi. Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashgan 1 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 1 ta taqdimnoma kiritilgan.

2016-yil davomida 1 ta holatda 2 nafar mansabdor shaxslar, jumladan, 1 nafari intizomiy va 1 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortilib, tadbirkorga 3,5 mln. soʻmlik kredit mablagʻi ajratilishiga amaliy yordam berildi.

Bundan tashqari, tuman prokuraturasi tomonidan Bosh prokurorimizning sohaviy buyruq talablaridan kelib chiqqan holda muntazam ravishda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, ularning faoliyatidagi muammoli masalalarni yechishga koʻmaklashib kelinmoqda.

Tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha faoliyatning izchil olib borilayotgani tadbirkorlik subʼektlarining bexavotir biznes yuritishiga, pirovardida mamlakatimiz iqtisodiyoti yanada rivojlanib, xalqimiz turmush farovonligining yanada yaxshilanishiga asos boʻlib xizmat qiladi.

Farhod ALLAMBERGENOV,

tuman prokurori, adliya maslahatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019