17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 00:28
Jamiyat 👁 2,378

9-may tongi oʻylari

9-may tongi oʻylari

Hur, ozod Vatanda qancha yayrasak

Dildan shukronalar aytishib takror.

Bugungi hayotga poydevor qoʻygan,

Ota, bobolarga tashakkur ming bor.

 

Yashasalar hamki dillarda mangu,

Yod etib tursak ham ularni har dam.

Bugun bizlar uchun alohida kun,

Ruhlarin shod etmoq uchun boʻlib jam.

 

Qirgʻinbarot qilgan basharni dahshat,

Yetmish bir yil oldin topsa-da yakun.

Insonlar qalbiga yetgan jarohat,

Azob berar hamon, hattoki bugun.

 

Avval esa surib zafar nashʼasin,

Oldda muammolar boʻlsa-da hali,

Qaytganlar diydori yuvib hammasin,

Koʻp ayro koʻngillar topdi tasalli.

 

Toʻldirgan  edilar bizni gʻururga,

Ulugʻ jangda zafar quchishib qaytib.

Xuddi ular bilan boʻlganday birga,

Yurdik gʻalabaning qoʻshigʻin aytib.

 

Mudhish fashizmning tomirin qirqib,

Poydevor qoʻyganlar dunyo erkiga.

Vayron mamlakatni obod etish ham,

Tushgan edi yana ular chekiga.

 

Koʻksida qoʻrgʻoshin boʻlagi bilan,

Yana kim odimlab qoʻltiqtayoqda.

Ishlagani bois qisqa muddatda,

Vayrona mamlakat turdi oyoqqa.

 

Bir gʻisht qoʻysa biri yangi binoga,

Bitta ketmon ursa kechagi askar.

Yana bir gʻisht – shahid doʻstim uchun deb,

Mehnat qildilar to tongdan tun qadar.

 

Doʻstlik-birodarlik vositasida

Bizlarga yaratib turmush osuda.

Hayotga tashrifning maqsadin oqlab,

Koʻp inson yotibdi mangu uyquda.

 

Oldin imkoniyat beruvchi fursat,

Umrga chegara qoʻyar beshafqat.

Oʻtganlar ruhini shod etibgina,

Insoniylik qarzin uzarmiz faqat.

 

Hayot boʻlganlari hurmatda doim,

Ularni qoʻyarmiz davra toʻrida.

Chunki har lahzani gʻanimat bilib

Lozim eʼzozlamoq imkon borida.

 

Lekin, esiz, sigʻmas oʻtmish "aypad”ga,

Internetga butkul joylashmas tarix.

Ajdodlar ibratin koʻrsatmoq uchun,

Avlodlarga kerak necha muarrix.

 

Chunki urushlarning solgan kulfatin,

Bilmagan yo bilib unutgan kaslar.

Turli nizolarni yana yangidan,

Boshlash niyatidan qaytgan emaslar.

 

Dolgʻali dunyoda kecharkan hayot,

Bunday sinovlar koʻp oʻtar oradan.

Bizga sezgir nigoh, oʻtkir ong lozim,

Ajratib olish-chun oqni qoradan.

 

Bobolar ming xavfdan asrashib omon,

Bizlarga qoldirgan aziz Vatanni.

Asramoq koʻzimiz qorachigʻiday,

Burchimiz, bagʻishlab jon ila tanni.

Ahmad NAFASOV.

(Foto - http://umid.zn.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026