17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 06:02
Siyosat 👁 3,199

BOLA HUQUQLARI QONUN HIMOYaSIDA

BOLA  HUQUQLARI QONUN  HIMOYaSIDA

Inson huquqlarining uzviy va ajralmas qismi boʻlgan  bola huquqlarini himoyalash masalasi yurtimizda ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilangan. Zero, mamlakatimizda 18 yoshga toʻlmaganlar aholining taxminan 40 foizini tashkil etadi.

«Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida»gi, «Taʼlim toʻgʻrisida»gi Qonunlar hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004-2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi, «Yoshlar yili», «Sogʻlom avlod yili», «Ona va bola yili», «Sogʻlom ona va bola yili» kabi davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi orqali mamlakatimizda yosh avlodning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Maʼlumki, 1992-yil 9-dekabrda mamlakatimiz qoʻshilgan ilk halqaro huquqiy hujjat «Bola huquqlari toʻgʻrisida»gi konventsiya boʻlib, ushbu hujjatda eʼtirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha chora-tadbirlar izchillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda va uning ijrosi boʻyicha Milliy maʼruzalar muntazam ravishda BMTning  Bola huquqlari qoʻmitasiga taqdim etib kelinmoqda.

Respublikamizda bola huquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlarni taʼminlashni tartibga soluvchi qonunchilik tizimi yaratilgan. Jumladan, bu tizim Konstitutsiya, Fuqarolik, Oila, Mehnat, Jinoyat, Jinoyat Protsessual, Jinoyat ijroiya, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarni «Taʼlim toʻgʻrisida»gi, «Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida»gi, «Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi qonunlar va bola huquqlarini amalga oshirish masalalarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz ichiga oladi.   

Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 65-moddasida bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi, ushbu kodeksning 66-moddasida bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan koʻrishish huquqi, 67-moddasida esa bolaning himoyaga   boʻlgan huquqi, 68-moddasida bolaning oʻz fikrini  ifoda etish  huquqi, 69-moddasida bolaning ism, ota ismi va familiya olish huquqi, 70-moddasida bolaning ismi va familiyasini oʻzgartirish huquqlari belgilangan boʻlib, bola huquqlari haqida qonunchilikda belgilangan koʻplab misollarni keltirish mumkin.

Eʼtirof etish kerakki, hech kimdan kam boʻlmaydigan barkamol avlodni tarbiyalash masalasi nafaqat davlat organlari, jamoat tashkilotlari va muassasalarning vazifasi, balki kelajak oldidagi masʼuliyatni his qilgan holda har bir oila, ota-ona, qolaversa, har bir shaxsning asosiy va doimiy burchidir.


Sanobar  XOlbOyeva,

tuman FHDYo boʻlimi mudirasi.          

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026