16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:21
Salomatlik 👁 5,457

NIKOHDAN OLDINGI TIBBIY KOʻRIK – SOGʻLOM OILANI ShAKLLANTIRISh ASOSI

NIKOHDAN OLDINGI TIBBIY KOʻRIK – SOGʻLOM OILANI ShAKLLANTIRISh ASOSI

Mustaqil taraqqiyot va rivojlanish yoʻlidan borayotgan Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish jarayonida jamiyatning yaxlitligini kafolatlovchi Oila institutini mustahkamlash uchun istiqbolli siyosat olib borilmoqda.

Davlatimizda oilaga jamiyatning asosi, muhim boʻgʻini sifatida qaraladi, oila faqat shaxsiy masala emas, ijtimoiy muhim masaladir. Chunki komil inson har tomonlama farovon, bekamu-koʻst, sogʻlom oilada tarbiya topadi, ulgʻayadi. Sogʻlom avlodni voyaga yetkazish, sogʻlom oilaviy muhitni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biridir.

Nikohning huquqiy asosini FHDYo organlarida qonuniy roʻyxatdan oʻtkazilgan nikoh tashkil etadi. Qonuniy nikoh maʼlum shartlarga rioya qilinib tuziladi va nikohlanuvchi shaxslar oʻrtasida huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi.

Oila qonunchiligida oʻziga xos yangilik - nikohdan oldingi tibbiy koʻrikdan oʻtishning nikoh tuzish uchun ahamiyati, tibbiy koʻrik holatining nikoh tuzish jarayoniga taʼsiri bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.

Oila kodeksining 13-moddasida nikoh tuzish tartibi va shartlari belgilab qoʻyilgan.

Oila kodeksiga yangi norma sifatida tibbiy koʻrikdan oʻtish toʻgʻrisida 17-modda kiritildi.

Mazkur moddaga asosan nikohlanuvchi shaxslar tegishli sogʻlikni saqlash tizimi muassasalarida tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.

Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom qabul qilingan.

Nizomga koʻra, nikohlanuvchi shaxslar belgilangan tartibda oʻz salomatliklarini tekshirtirib koʻrishlari shart.

Nizom talablariga muvofiq, nikohlanuvchi shaxslar quyidagi kasallik turlari: psixik, narkologik, tanosil, sil kasalligi va OIV/OITS boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.

Sogʻlom oilani shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, irsiyat bilan bogʻliq va tugʻma kasalliklarga chalingan bolalar tugʻilishining oldini olish nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning maqsadi hisoblanadi.

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga asos boʻlib FXDYo organlari tomonidan berilgan yoʻllanma hisoblanadi. Tekshiriluvchilarga alohida tibbiyot kartasi yuritiladi, bu kartada pasport maʼlumotlari hamda tekshirish natijalari toʻliq aks ettiriladi.

Agar tekshiriluvchilarda biror kasallik aniqlansa, bu kasallik maʼlumotnomaga yozib qoʻyiladi va bu kasallikni aniqlagan shifokor tuzilayotgan nikohning ehtimol tutilgan tibbiy-ijtimoiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish beradi.

Nikohlanuvchi shaxslar nikoh qayd etilgunga qadar ikkinchi tomonni tibbiy tekshirish natijalaridan xabardor qilishi shart. Tekshirish natijasida darhol davolash kursidan oʻtishni talab etuvchi kasalliklar aniqlangan taqdirda, bu shaxslar belgilangan tartibda tegishli davolash muassasalariga yoʻnaltiriladi.

Tekshirilish muddati – 2 hafta.

Tibbiy koʻrikdan oʻtishning ijobiy tomoni shundaki, yuqoridagi kasalliklar inson va nasl uchun xavflidir, tibbiy koʻrikdan oʻtish bilan kelajak naslning sogʻlom dunyoga kelishiga zamin yaratiladi.

2016 yilning oʻtgan toʻrt oyi mobaynida tumanimizda 926 nafar yoshlar nikoh oldi tibbiy koʻrigidan oʻtkazildi. Ularning 5 nafarida ruhiy, 16 nafarida somatik kasalliklar aniqlandi va davolanishga yoʻnaltirildi.

Kuzatishlar va amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, nikohdan oldingi tibbiy koʻrikdan ongli ravishda oʻtish, salomatlikni asrashning aynan oʻzimizga, oilamizga bogʻliq jihatlarini bilish, oilada sogʻlom yashash tarzi koʻnikmalarini shakllantirish,  naslni poklovchi, davlatimizni kuchli qiluvchi omil sifatida baholanmoqda.

Hakimboy SABIROV,

tuman tibbiyot birlashmasining nikohdan oldingi tibbiy koʻrikka masʼul xodimi.

(Foto - http://uchquduq-gazeta.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019