16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:55
Jamiyat 👁 2,123

MUROJAATNI QOʻLLAB-QUVVATLAYMIZ

MUROJAATNI QOʻLLAB-QUVVATLAYMIZ

Barchamiz ham el farzandlarimiz. Shunday ekan, shu el uchun, shu Vatan uchun xizmat qilib uning ravnaqi, farovon va obod boʻlishi yoʻlida mehnat qilmoqdamiz, taʼlim-tarbiya ishlarini davr talablari darajasida olib borib, yoshlarimizning barkamol avlod boʻlib yetishishlari uchun jon kuydirmoqdamiz. Qolaversa oʻquvchi-yoshlarning maʼnaviy-axloqiy jihatdan yuksak, chuqur bilimli va intellektual salohiyatli, jismonan esa sogʻlom hamda chiniqqan boʻlishlari yoʻlida butun kuch-gʻayratimizni, bilimimiz va pedagogik mahoratimizni sarflamoqdamiz. Zotan, bugungi yosh avlod kelajagimiz egalari boʻlib yetishib, bizning ezgu ishlarimizni davom ettiradilar.

Maktabimiz "Boʻzyop” ovuli markazida joylashgan yetakchi bilim maskanlaridan biridir. 402 nafar oʻquvchilarga 70 nafar bilimdon va malakali oʻqituvchilar taʼlim-tarbiya bermoqdalar. Sinfxonalarda har bir dars mashgʻulotlari yangi pedtexnologiya usullari asosida qiziqarli va mazmunli oʻtkazilmoqda. Natijada oʻquvchilarimizning fanlardan oʻzlashtirishlari talab darajasida boʻlmoqda. Ularning "Fanlar olimpiadasi” va "Bilimlar bellashuvi” kabi intellektual koʻriklardagi ishtiroklari yildan yilga faollashmoqda. Mana 2012-2013 oʻquv yili ham yakunlanish arafasida turibdi. Fikrimcha, oʻquv yili maktabimizda yaxshi yakunlanmoqda. Ikkita bitiruvchi sinf – "9A” va "9B” sinflaridagi 51 nafar oʻquvchilarning kasb tanlash boʻyicha oʻz fikr-mulohazalari, qiziqqan kasb-hunarlari bor. Ularni navbatdagi bilim olish bosqichiga tayyorlash yuzasidan amaliy ishlar qilindi va kasb-hunar kollejlarida  hamda Mangʻit shahridagi Akademik litseyda oʻqishni davom ettirish imkoniyatlari yaratildi.

Bizning maktabimiz oʻquvchilari va oʻqituvchilari ahil jamoa hisoblanadi. Oʻquvchi-yoshlarimiz oʻz oʻqituvchilarini jonkuyar, fidoyi ustoz deb bilishadi. Har kuni maktab boʻsagʻasida va sinfxonalarda "Assalomu alaykum” degan muborak kalom bilan kutib olishadi va dars mashgʻulotlarida ustoz-oʻqituvchilarning har bir soʻzini jon quloqlari bilan tinglashadi. Mana shunday ahillik va hamjihatlik maktabni, har bir sinfxonani va maktab tevarak atroflarini ozoda hamda saranjom-sarishta tutishda, sinfxonalarni tabiiy gullar bilan bezatishda, maktab atrofini koʻkalamzor qilishda-yam yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Bu yil erta bahordan maktab atrofidagi dov-daraxtlarga shakl berish, tublarini ohaklash, yangidan 550 tup manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini oʻtqazish ishlari amalga oshirildi. Maktabning old qismidagi maydonchani kichik gulzorga aylantirdik. Anvoyi gullarni koʻrib bahri dilingiz ochilib yayraydi, charchogʻingiz chiqadi.

Oʻqituvchilarimiz va oʻquvchilarimiz faqat maktabni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish bilangina cheklanib qolmay, oʻz uylari va xonadonlarini, koʻchalari va mahallalarini yanada soʻlim va yanada koʻrkam qilishga oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar. Tomorqa yerlarida sabzavot, poliz, dukkakli va boshoqli ekinlar ekib parvarishlashga yordam bermoqdalar.

"Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasining oldingi sonida  eʼlon qilingan murojaatni oʻqib, barchamiz shu erkin va obod Vatanning gullab-yashnashiga hissa qoʻshishimiz lozimligini yana bir bor chuqur his qildik va yurtimizning yanada ravnaq topishiga oʻz hissamizni qoʻshishga axd qildik. Negaki, el-yurt farzandi sifatida uni yanada obod va farovon qilishga har birimiz masʼulmiz. Biz oʻqituvchilar va oʻquvchilar Murojaatni qoʻllab-quvvatlab, barchani yanada unumli mehnat qilishga, koʻlamdor bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishga va tobora yaqinlashayotgan mustaqilligimizning 22 yillik bayramini munosib kutib olishga chaqiramiz. Zero, toʻyga toʻyona bilan borish bizning qadimiy eng yaxshi udumlarimizdir.

   

Gulasal MATYoQUBOVA.

10-sonli umumtaʼlim maktabi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019