16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:00
Adabiyot 👁 3,389

Tanlovlar iqtidorlilarni aniqladi

Tanlovlar iqtidorlilarni aniqladi

Mustaqillik sharofati bilan oʻz erki, dini, tili va ajdodlari yaratgan boy maʼnaviy merosga qayta ega boʻlgan xalqimiz oʻtgan 25-yil mobaynida yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga ulkan eʼtibor qaratdi. Kadrlar tayyorlash va maktab taʼlimini rivojlantirish umummilliy dasturlarining qabul qilinib, taʼlim-tarbiya sohasida eski, qotib qolgan uslublardan xoli boʻlgan yangi tizimning hayotga tatbiq etilganligi bugun yangicha fikrlaydigan, Vatanimizning kelajagini oʻz qoʻllariga olishga qodir boʻlgan yigit-qizlar kamolga yetishishiga asos boʻldi.

Atrofidagi voqea-hodisalarga aniq, xolis munosabatda boʻlaoladigan, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashaydigan, siyosiy  faol va mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan yoshlarning erishayotgan yutuqlari, intilishlari bu ulkan  maqsad yoʻlida amalga  oshirilgan ishlar nechogʻlik samarali boʻlganligini koʻrsatib turibdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ana shunday ulugʻvor ishlarga hissa qoʻshish maqsadida "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi taʼsis etgan grant tanlovida "Yuksak maʼnaviyatli avlod – yurt kelajagi” nomli loyihasi bilan qatnashib, gʻolib boʻlgan edi. Loyihaning maqsadi yurtimiz yoshlarini har tomonlama barkamol, maʼnaviy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalashga hissa qoʻshishdan iborat. Oʻtgan oʻn oy davomida NNT aʼzolari loyiha rejasida koʻzda tutilgan tadbirlarni oʻz muddatlarida amalga oshirib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda maktablarda, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida uchrashuvlar, davra suhbatlari, badiiy kechalar, kontsert  dasturlari, koʻrgazmalar tashkil qilib, kitob sayllari uyushtirishdi, yoshlar uchun koʻchma kutubxona tashkil qilishdi va loyiha doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlarni ragʻbatlantirib, ularning ijod namunalarini matbuotda yoritib borishdi hamda toʻplam koʻrinishida nashr qilishga hozirlik koʻrilmoqda.

Oʻtgan 10 oy mobaynida tumanimiz maktablari va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yoshlar oʻrtasida milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat targʻibotiga bagʻishlangan "Maʼnaviyat kunlari”da 35 ta uchrashuvlar, ovul va mahalla yoshlari  uchun "Koʻchma kutubxona” xizmatini yoʻlga qoʻyish maqsadida  30 ta "Koʻchma kutubxona – yoshlar uchun” uchrashuvlari, yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, NNT qoshida tashkil qilingan kutubxona kitoblarini taʼlim muassasalari yoshlari orasida targʻib qilish maqsadida "Kitobxonlik – maʼnaviyat kaliti” deb nomlangan 30 ta uchrashuvlar oʻtkazildi. Milliy istiqlol gʻoyasi targʻiboti va globallashuv davrida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlarni "ommaviy madaniyat”ning zararli taʼsiridan himoya qilish maqsadida tumanimizda yashab, ijod qilayotgan yozuvchi va shoirlar, ijodkorlar va NNT aʼzolarining aholi, xususan yoshlar, olis qishloqlar aholisi bilan 5 ta davra suhbatlari tashkil qilindi.

Shuningdek "Jayxun ilhomlari” NNTning turli loyihalari va tanlovlari ishtirokchilarining ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, yanada samarali ijod qilishlariga sharoit yaratish, ularni katta sahnalarga olib chiqish maqsadida ikki marta kontsert dasturi, ikki marta badiiy kecha va bir koʻrgazma tashkil etildi. Maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bilimdon oʻquvchilaridan iborat "Yosh maʼnaviyat targʻibotchilari” guruhi tuzilib, ushbu guruh aʼzolari ishtirokida 3 ta davra suhbatlari oʻtkazildi. Yurtimizning boy madaniy merosi, shonli oʻtmishini yoshlarga tushuntirish, ularda tariximizga hurmat, kelajakka ishonch tuygʻularini mustahkamlash maqsadida NNT loyihalarida faol ishtirok etgan yoshlarning Xiva shahriga, "Chilpiq” va "Gaur qalʼa” tarixiy yodgorliklariga sayohatlari uyushtirildi. Yoshlar, ayniqsa chekka qishloqlar yoshlarining madaniy hordiq chiqarishiga koʻmaklashish, maqsadida 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida, "Barkamol avlod” bolalar markazida ijodkor-yoshlarning kontsertlari tashkil qilindi. Oʻtkazilgan tadbirlarning koʻpchiligi, kontsert dasturlari toʻlaligicha "Amudaryo televideniyesi”da  namoyish etildi.

Bulardan tashqari, "Yuksak maʼnaviyatli avlod – yurt kelajagi” loyihasi doirasida iqtidorli yoshlarni tarbiyalash, ragʻbatlantirish va ularning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish maqsadida badiiy sanʼat yoʻnalishida "Ranglarda Vatan manzaralari”, adabiy ijod yoʻnalishida "Biz – barkamol avlod, porloq kelajak bunyodkorlarimiz”,  musiqa yoʻnalishida "Qoʻshigʻimda Vatan madhi” nomli tanlovlar eʼlon qilingan edi. Ularga tumanimizdagi umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchi-yoshlari oʻz ijod namunalari bilan qatnashdilar va eng sara namunalar "Amudaryo televideniyesi” va "Taraqqiyot koʻzgusi”, "Mening oilam” gazetalarida, amunews.uz veb-saytida yoritib borildi.

Hakamlar hayʼati mazkur tanlovlarga kelgan materiallarni koʻrib chiqib, gʻoliblarni aniqladi.

Shunday qilib, badiiy sanʼat yoʻnalishida:

1-oʻrin – Shamsiddin Bekishboyevga,

2-oʻrin – Sardor Xudoyberganovga,

3-oʻrin – Diyorbek Adilboyevga,

adabiy ijod yoʻnalishida:

1-oʻrin – Sveta Shomurodovaga,

2-oʻrin – Ozoda Toʻliboyevaga,

3-oʻrin – Sevara Sidabullayevalarga,

musiqa yoʻnalishida:

1-oʻrin – 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tarbiyalanuvchisi Temur Kamolov va "Barkamol avlod”  bolalar markazining "Shoʻx bolalar” jamoasiga,

2-oʻrin – 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tarbiyalanuvchisi Doston Tilovmurodov va "Barkamol avlod”  bolalar markazining "Yosh doirachilar” guruhiga,

3-oʻrin – 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tarbiyalanuvchisi Maʼruf Jumaniyozov hamda "Barkamol avlod” bolalar markazining "Yosh jurnalist va notiq” toʻgaragi aʼzosi Umida Yerdoshevalarga nasib etdi.

Gʻoliblar moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirildi.

"Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti yuksak maʼnaviyatli avlodni kamol toptirishdek ulugʻ ishga kelgusida ham oʻz hissasini qoʻshaveradi.

 

Oygul RAJABOVA,

"Jayxun ilhomlari”

NNT aʼzosi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019