16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:43
Salomatlik 👁 4,067

XALQ SOGʻLOM BOʻLSA, VATAN OBOD VA OSOYIShTA BOʻLADI, –

XALQ SOGʻLOM BOʻLSA, VATAN OBOD VA OSOYIShTA BOʻLADI, –

deydi tuman DSENM bosh shifokori Durbek Bobojonov

Tumanimiz markazida xush-manzara va bahavo bir maskan bor. Atrofi mevazor bogʻlar, uzumzor-u gulzorlar bilan burkangan shinamgina bu maskanda tuman davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi (DSENM) joylashgan. 122 nafar salomatlik va ozodalik posbonlari faoliyat olib boruvchi muassasa xodimlarining  25 nafari oliy maʼlumotli shifokorlar boʻlib ulardan 11 nafari oliy, 2 nafari birinchi, 2 nafari ikkinchi toifaga ega malakali mutaxassislardir. 71 nafar oʻrta  maxsus tibbiyot xodimlarining yarmidan koʻpi maxsus  toifalarga ega boʻlib, ularning barchasi tumanimiz aholisi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, sanitariya madaniyatini  yuksaltirish, yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining oldini olishdek umummilliy ahamiyatga molik vazifalarni ado etishda fidoyilik koʻrsatib kelmoqdalar.

Shuni alohida mamnuniyat bilan qayd etish joizki, bundan 25-yil avvalgi DSENM shifokori ishlagan muassasa bilan bugungi davr mutaxassisi faoliyat olib boruvchi muassasa oʻrtasida osmon bilan yercha farq bor. Birinchidan, mustaqillik yillarida muassasa xodimlarining ish sharoitlari tubdan oʻzgardi, kasbiy faoliyatlari bilan bogʻliq tibbiy uskunalar yangilandi. Xususan, sanitariya-gigiyena laboratoriyasi, oziq-ovqatlarni tekshirish laboratoriyasi, kommunal gigiyenasi laboratoriyasi, mehnat gigiyenasi laboratoriyasi, pestitsid laboratoriyasi, bakteriologiya laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib, zamonaviy asbob-anjomlar bilan jihozlandi. Bu esa aniqlangan yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishnigina emas, balki uning oldini olish imkonini yaratdi.

Yil sayin sanitariya va tibbiy madaniyati yuksalib borayotgan xalqimiz sanitariya qonunbuzilishlari nafaqat oʻzi, balki oilasi, agar tadbirkor boʻlsa, tadbirkorlik faoliyati yoki oʻzi mehnat qilayotgan tashkilot faoliyatiga iqtisodiy zarar keltirishini juda yaxshi bilishadi.

Keyingi yillarda DSENM sanitariya-gigiyena laboratoriyasining doimiy harakatda boʻlgan 4 ta asosiy laboratoriyasi - oziq-ovqatlarni tekshirish, kommunal gigiyena, mehnat gigiyenasi, pestitsid boʻlimi laboratoriyalari xodimlarining saʼy-harakatlari bilan  koʻpdan-koʻp holatlarda sanitariya-gigiyena talablari buzilishining oldi olindi. Sanitariya talablariga javob bermaydigan holatlarda huquqiy-maʼmuriy organlar xodimlari ishtirokida aybdorlar jarima jazolariga tortildi.

Koʻcha va mahalla guzarlari, bozorlarimizning toza hamda obod boʻlishi – xalqimiz salomatligini mustahkamlashning muhim asosidir. Bu borada kommunal gigiyena va mehnat gigiyenasi boʻlimlari laboratoriyalari bilan pestitsid hamda bakteriologiya laboratoriyalarida olib borilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki tuproq ekologiyasi, atrof-muhit muhofazasi, korxona va tashkilotlar ishchi-xizmatchilari mehnat sharoitlarining talablar darajasida boʻlishi - nafaqat inson sogʻligi, balki tom maʼnoda ona Vatan osoyishtaligi va obodligi mezonidir.

- Barcha saʼy-harakatlarimiz xalqimiz sogʻligi, barkamol avlodni voyaga yetkazish, mamlakatimizni yanada obod va osoyishta, farovon goʻshaga aylantirishga xizmat qiladi, - deydi tuman DSENM bosh shifokori Durbek Bobojonov. – Buning uchun markazimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan.



Darvoqe, tuman DSENM mustaqillik yillarida tamoman  yangilangan ish sharoitiga ega muassasaga aylandi. To 2007-yilgacha muassasada atigi 2 tagina kompyuter boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda barcha laboratoriya va ish xonalari kompyuterlashtirilib, kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. DSENM ixtiyoridagi 3 ta avtomashinaning mavjudligi markaz xodimlarining tezkor va epidemiologik xizmat hamda dizenfektsiya ishlarini joylarga chiqib, oʻz vaqtida oʻtkazish imkoniyatini bermoqda.

Atrofimizni qurshab turgan tabiiy olam goʻzalligi, biz nafas olayotgan havoning musaffoligi, oyogʻimiz ostidagi ona zaminning obodligi, mahalla va koʻchalarimizning tozaligi hamda tanovul qilayotgan neʼmatlarimizning har qanday zararli moddalardan xoli, xushtaʼmligi – bizga qanchalar huzur bagʻishlasa, hayot koʻzimizga shunchalar goʻzal koʻrinadi. Ana shu toʻkislikni yaratishda ozodalik va salomatlik posbonlari – tuman DSENM shifokorlarining  hissasi katta. El-yurtni yanada farovon etish, fayziyob goʻshaga aylantirish, xalqimizning tibbiy madaniyati bundan-da yuksak boʻlishi uchun fidoyilik koʻrsatish – DSENM har bir xodimining burchidir. Zero, burch masʼuliyati – har bir insonni ezguliklar sari yoʻllab turadi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026