16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:00
Adabiyot 👁 3,073

KOʻNGIL TUGʻYoNLARI

KOʻNGIL TUGʻYoNLARI

FAXR

Qoraqalpoq yurtida yashayotgan oʻzbekman,

Ikkita xalq baxtini kuylayotgan oʻzbekman,

Navoiy avlodidan, Berdaq shoir yurtidan,

Shoir boʻlib xalqini kuylayotgan oʻzbekman.

 

Mehmon otangdek ulugʻ, degan dono  xalqim bor,

Ikki xalq farzandiman, demak, mening baxtim bor.

Qoraqalpoq yurtining mangu jamoli, koʻrki,

Dongʻi ketgan chor taraf, Nukus degan shahrim  bor.

 

Xush kelibsiz azizlar, goʻzal Nukus shahriga,

Sizni kutar butun xalq, mard yigit, barno qizlar.

Taqdirlari tutashdir ikki xalqning azaldan,

Shul sabab yoʻlingizda intizor qaro koʻzlar.

 

Mehmon boʻlgan azizlar, sheʼrim qabul aylangiz,

Sizlar uchun qoʻlda gul, dilda ashʼor oʻzbekman.

Ismim qoraqalpoqning mard qiziga havasdan,

Guloyim sardorining izdoshi – bir oʻzbekman.

 

Oʻzbek xalqi xulqimga jo qilsa hayo, iffat,

Xushchaqchaqlik, shoʻxlikni oldim qoraqalpoqdan.

Sheʼr oʻqiyman, boshimni egib ona xalqimga,

Kelsa Nukus shahrimga mehmon yaqin-yiroqdan.

 

Oʻzbek, qoraqalpoqning udumlari muqaddas,

Dasturlarin muhtaram sanayotgan oʻzbekman.

Ona Jayxun toʻlqini boʻylarimga toshqinlab,

Elim deya, yurt, deya yashayotgan oʻzbekman.

Guloyim

BEGJANOVA,

11-sonli maktabning ona tili va

adabiyot fani oʻqituvchisi.

 

TALABALIKDA

Salqin bahor oqshomi,

Choʻkayapti atrofga.

Biz oʻqish-la bandmiz,

Kichikkina xonada.

Eh, bayram ham bir kunda

Oʻtdi-ketdi-ya, tavba.

Yana boshlanadi dars,

Seminar-u lektsiya.

Har kun yettidan turib,

Shoshilamiz oʻqishga

Toʻrt para yozib-oʻqib,

Qaytamiz yana izga.

Dasturxon atrofida

Oʻtiramiz yengil, shod.

Lektsiya, amaliyot,

Baridan boʻlib ozod.

Soat tinmay chiqillar,

Choʻkar qorongʻulik ham,

Saylab boshlaymiz ovqat.

Nima pishirsak ekan?

Qoʻyib ovozga uni

Boshlaymiz bahs, muloqot.

Dars qolar bir yoqda,

Deymiz: "Avval, iqtisod”.

Ovqat ham yeyiladi,

Soat koʻrsatar oʻnni.

Oldimizda kitoblar,

Oʻylab ketamiz uyni.

Radioda boshlangan,

"Oqshom toʻlqinlari”ni

Eshitamiz oʻzimizni

Tashlab karavotlarga.

Soʻngra, uxlab qolamiz.

Tinchib xonadonimiz.

Tushimizga kirib chiqar,

Qishloq – onajonimiz.

Manzura SULTONOVA.

TOʻRTLIKLAR

Inson koʻngli azal-abad bir gulzor,

Payhon aylab, dil gulzorin etmang xor.

Baxil bogʻi koʻkarmagan, topgay zavol,

Sharqda gap bor, dilozordan hamma bezor.

***

Olam-olam emasdir, tiniq osmon boʻlmasa,

Qulab tushardi dunyo, halol inson boʻlmasa.

Sel-u, doʻl-u, oʻt bir yon, boʻhton balosi yomon,

Balo qanday daf boʻlur, balogardon boʻlmasa.

***

Xilvatda nimalar boʻlmaydi deysiz,

Bu oddiy haqiqat, ertakmas, tushmas.

Ayrim amalparast kimsalar borki,

Otdan tushsa tushar, egardan tushmas.

***

Kimki ojiz, boʻlsa nochor gar,

Kuch berajak oʻtkir tiliga.

Dono kishi boshqa yoʻl tutar,

Suyanadi aql-u diliga.

Chinoroy Oʻrinboyeva.

DADAJONIM

Bizni boqib katta qilgan,

Suyanchimiz, togʻimizsiz.

Goh adashsak yoʻl koʻrsatgan,

Oilamiz sarbonisiz.

Goh bizni deb gʻam chekdingiz,

Gʻururimsiz dadajonim.

Hech kimdan kam qilmagan,

Mehribonim dadajonim.

Odam boʻling, deb doimo,

Pand-nasihat uqtirasiz.

Uzoq elda yurib hatto,

Kun-u tun tinim bilmaysiz.

Har narsaning sarasini,

Ilinasiz qizimga deb.

Barchasidan aʼlosini,

Yaxshisini oʻgʻlimga deb.

Oilamiz quyoshisiz,

Saxovatli ham mehribon.

Uyimizning chirogʻisiz,

Qadrlaymiz sizni har on.

Barchinoy QURBONBOYeVA.

MUNOSIB IZDOSh BOʻLAY

Yurt koʻksida ungan gul gʻunchasiga,

Oʻxshagim keladi momolarimga.

Asta ochib ijod uyin darchasini,

Voris boʻlgim kelar bobolarimga.

 

Vatanning iqboli hur, gul yuziman,

Nodira-yu Uvaysiyning iziman.

Ular yozgan sheʼr-u gʻazal chistonlari,

Shijoatga kuch -gʻayratga chorlab turar...

 

Necha zamon oʻtsa hamki meroslari,

Jahon aro, minbarlardan yangrab turar.

Kelajakning soʻnmas, yorugʻ yulduziman,

Uvaysiy va Zulfiyaning izdoshiman.

 

Yurtim, senga korim tegsin, qalqon boʻlay,

Sen ne desang, xizmatingga tayyor turay.

Aytar soʻzing, koʻrar koʻzing oʻzim boʻlay,

Bogʻ yaratib, har goʻshangni obod qilay.

 

Oʻzbegimning andishasi, hayosiman,

Barchinoy-u Kumushlarning izdoshiman.

Inobatxon ODILBOYeVA, Mangʻit iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi.

MENING YuRTIM

Vatanim – Oʻzbekiston –

Goʻzal ota makonim.

Dunyoga boʻlgan doston,

Onajonim, jonajon.

Sen Vatanlar ichida,

Yagonasan Vatanim.

Asragayman hamisha,

Fido aylab jon-tanim.

Sen meni ulgʻaytirding,

Mehr-la quchogʻingda.

Erk nuri-la chulgʻading,

Obodlik har yogʻimda.

Ey, ona yurt! Ona Yer!

Bagʻring toʻla nur, ifor.

Yurakdan berib mehr,

Madhing aytar Nilufar

Nilufar YOʻLDOShEVA,

8-sonli ixtisoslashtirilgan Davlat umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi.

ONAM TILAGI

Mehringizga chulgʻanib oʻsdim,

Ne istasam, boʻldi muhayyo.

Mehringizga mehrimni qoʻshdim,

Sizdan oldim muhabbat, hayo.

Sizdan oldim hayot ilmini,

Oʻrgatdingiz oqibatni ham.

Xushnud etib doim koʻnglimni,

Oʻrgatdingiz diyonatni ham.

Yaxshi oʻqi, zehnli boʻl, deb,

Ajdodlardan aytdingiz qiyos.

El-u yurtga manzur qiz boʻl, deb,

Orzular qildingiz beqiyos.

Orzulari oppoq Onajon,

Tilagingiz menga yor har on.

Zeboxon DAMIROVA.

QISMAT

Sevamanmi, deb oʻzimga beraman savol,

Sevaman, deb garchi koʻp bor aytaman senga.

Endi senga otash bergan, ammo zahmdor

Qalbimdagi ilk muhabbat soʻnmoqda nega?

 

Men iqrorman butun, qalbda baridan tiniq,

Soʻnib bitdi ilk muhabbat, garchi u toza.

Kirib kelar keyingi ishq, qismatim aniq,

Bir kun kelib men unga ham ochaman aza.

Siroj OLIMOV.

Onajon tilim

Til – ilm ziyosi, tarovatidir,

Til – inson ixlosi, mahoratidir.

Til – samo nafasi, haroratidir,

Ey, qalbim gavhari – onajon tilim.

Elni ulugʻ qilgan jonajon tilim!

 

Til – millat faxridir, shijoatidir,

Til – koʻngil sharhidir, halovatidir.

Til – Vatan madhidir, jasoratidir,

Ey, qalbim gavhari – onajon tilim,

Ham qadr-u qimmatim, jonajon tilim!

 

Tengdoshim, avaylab, asra oʻzliging,

Ham ona tilingni, hamda bayrogʻing.

Shu goʻzal zaboning qudrating sening,

Mangu boshingda tut muqaddas tugʻing.

Istiqlol uygʻotgan onajon tilim,

Vatanni boyitgan jonajon tilim!

Nilufar OTAJONOVA,

Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

KOʻNGIL

Gar koʻngil izmiga yursam,

Ketarkanman botqoqlik sari.

Lek odamlardan ayrilmasman,

Yaxshilardan boʻlmasman nari.

Qayga borsam, gʻiybat-u tuhmat,

Soxta mehr va soxta hurmat.

Koʻngil, deya yashamoq uchun,

Eshitmayin kar boʻlmoq kerak.

Aqlni ham qilmasdan uzoq,

Yashash ham baxt boʻlmayin qoʻrqoq.

Irodali boʻlsang, Aʼloxon,

Baxt oʻzingdan ketmagay yiroq.

Aʼloxon RAJABOVA.

Ranjidingizmi...

Ranjidingizmi, onajon mendan,

Sizga quloq solmaganimga.

Ranjidingizmi, onajon mendan,

Maslahatingiz olmaganimga.

 

Sizni xafa qilmayin deb,

Yomonimni yashirgandim.

Soʻzlaringiz tinglayin deb,

Sizni juda shoshirgandim.

 

Oʻgitingiz doimo men

Qalb qatida olib yurdim.

Hamma vaqt soʻzlaringiz

Dilda takror aytib yurdim.

 

Qulogʻimga goʻyo doim,

Soʻzlaringiz chalinadi.

Mehribonim , munis onam,

Qizingiz sizni sogʻinadi.

Ranjidingizmi, onajon mendan.

Dinora KARIMBOYeVA,

Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

USTOZIMGA

Yosh avlodning hurdir zamoni,

Manglayida porlagan yulduz.

Maktabimiz shodlik makoni –

Oʻqiyapti barcha oʻgʻil-qiz.

 

Orzulari ochmoqda jamol,

Niyatimiz hosil boʻlajak.

Aʼlo oʻqib, topamiz kamol,

Bizni kutar buyuk kelajak.

 

Rahmat aytay ustoz nomiga,

Boʻlgan axir otamday tayanch.

Sheʼrlar bitay uning nomiga.

Onamdayin mehribon suyanch.

Oynura JIYaMURODOVA.

OPAM

Onam kabi mehribon,

Mening aziz opam bor.

Maktabdan qaytganim on,

Suyib bagʻriga bosar.

Ish oʻrgatar erkalab,

Bichish, tikish, toʻqishni.

Kuzatadi ertalab,

Tilab yaxshi oʻqishni.

Muxlisa RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019