16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:17
Adabiyot 👁 2,278

BIR BUYuK FARZANDIN KUZATDI VATAN...

BIR BUYuK FARZANDIN KUZATDI VATAN...

Butun turkiy xalqlar adabiyoti oʻzining sevimli va sermahsul shoir farzandidan ayrildi: Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning vafoti butun oʻzbekistonliklarni chuqur qaygʻuga soldi. Barcha Allohdan xalq shoirining oxirati obod boʻlishini tiladi.

Shoirning amalga oshirgan buyuk xizmatlarini sanab, adogʻiga yetish qiyin. Birgina oʻzbek tilimizga Davlat tili maqomini olishdagi hissasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi muallifi ekanligi uchun barchamiz shoirning ruhi oldida bosh egib, ehtirom bajo keltirsak arziydi.

Men ilk bor 1998-yilda ustoz Abdulla Oripovni koʻrganman. Oʻshanda beshinchi sinfni tugatib, Respublika Nafis sanʼat litseyiga oʻqishga Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi Vazirligining yoʻllanmasi bilan  borgan edik. Onam litseyga hujjat topshirtirmadi. Uning oʻrniga matbuot uylariga, radio-televideniyega, Mustaqillik maydonidagi (oldingi binosi) Yozuvchilar uyushmasiga olib bordi.

Shundan keyin, 2002-yilda Oʻzbekiston yosh yozuvchi va shoirlarining anʼanaviy Zomin seminarida ishtirok etdim. Seminar yakunida, Abdulla Oripov Respublikamizning birinchi Prezidenti oʻz qoʻli bilan kitobini berib: «Mening shoir farzandlarimga mendan sovgʻa deb olib boring», deganligini aytib, Islom Karimovning «Maʼnaviy yuksalish yoʻlida» nomli kitobini topshirdi, pul mukofoti bilan taqdirlandim va Oliy Adabiyot kursida oʻqishga yoʻllanma berishdi.

Oliy Adabiyot kursiga kirish uchun bosqichma-bosqich imtihonlardan oʻtdik. Oxirida ogʻzaki imtihon boʻldi. Yozuvchilar uyushmasiga bordik. Imtihon boshlangach, navbatim kelganida kirdim. Taniqli adabiyotshunos olimlar, atoqli shoir va yozuvchilar hayʼati jam edi. Men savollarga endi javob bera boshlaganimda xonaga A.Oripov kirib keldi.

Oʻzbek romanchiligi, mumtoz adabiyot, jahon adabiyoti haqida savollarni yogʻdirib tashlashdi. Bilganimcha javob beraverdim. Oxiri, boʻldi, yetarli, deyishganida boshimni xiyol koʻtarib, A.Oripovga boqdim. Ustoz jilmayib turardi.

- Chiqavering, yetarli, - deyishgach, tashqariga chiqib, erkin nafas oldim. Salkam yarim soat Abdulla aka jim turib meni tinglagani, bironta savol bermagani meni juda hayron qoldirdi va men imtihonlardan oʻtdim. Oʻqishimiz davomida kurs rahbarimiz Abdulla Oripov bizga koʻplab maʼruzalar qilgan. Yigʻilish va tadbirlarda biz kursdoshlar 9 kishi alohida oʻringa ega edik. Bizga akademiklar, professor olimlar, xalq shoirlari, xalq yozuvchilari maʼruzalar oʻqirdi.

Adabiyotning sir-asrorlarini toʻlaligicha kashf qilib borardik. Ustoz Abdulla Oripov olami, ijod dunyosi, tarjimonlik mahorati, rahbarlik qobiliyati, zamonlardan ilgari yurgan tafakkur kengliklari bizni hamisha lol etgan.

U kishini oʻtgan davrlardagi adabiyot vakillariga boʻlgan jaholat, adolatsiz qatagʻon, mustabid tuzumning shoir va yozuvchilarni qiyratgani, oʻz hayot yoʻlida koʻp bora duch kelgani – hasad hamisha iztirobga solar edi.

Bizga, "siz baxtli avlodsiz – soʻz erkinligi, adabiyot erkinligi, fikr erkinligi zamonida yashayapsiz”, - deb doim taʼkidlar edilar.

… 2011-yil Navroʻz bayrami kuni Doʻrmandagi uyiga borib, ustozni yetmish yillik yubileyi bilan tabrikladim. Hovlisidagi mehmonlar safiga qoʻshib, mezbonlik qildi. Shu kun yuzlari sevinchdan porlab yurganlari xotiramga muhrlanib qoldi.

2013-yilda «Isteʼdod maktabi» IV Respublika yosh ijodkorlar seminarida maʼruzalarini tingladik. Umr yoʻllarini, hayot tajribalarini, adabiy xulosalarini biz bilan oʻrtoqlashdi.

Oliy Adabiyot kursida oʻqigan, Abdulla Oripovdek ustoz shoirning imzosi qoʻyilgan diplom olgan inson sifatida shuni aytishni joiz deb bilamanki, Abdulla Oripov XX asr oʻzbek adabiyotining buyuk vakili, adabiyot va soʻz ilmining yetuk dargʻasi boʻlib yashab oʻtdi.

Koʻpchilikni bu ulugʻ odamning oilasi, shaxsiy hayoti, kamchiliklari qiziqtiradi. Bu borada mayda savollar berishadi. Ularga qarata, shoirning ijodini oʻqisangiz, shoirning oʻzini topasiz, degim keladi.

Ijod olamiga doxilman degan odam borki, shoir Abdulla Oripovni maʼnaviy ustozim, deb ayta oladi.

Ustozning maʼnaviy merosi millatimizning ong-tafakkur salohiyatini, yosh ijodkorlarning dunyoqarashini shakllantirib, hali koʻp yillar koʻngil tarbiyasiga xizmat qilishi bilan abadiyatga, mangulikka daxldordir.

Oʻlmasbek Xoʻjayev.

(Foto - OʻzA)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019