16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:19
Siyosat 👁 3,390

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining QARORLARI

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining QARORLARI

Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2017-yilgi asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida

Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2017-yilgi asosiy koʻrsatkichlarini muhokama qilib, xalq deputatlari tuman Kengashi QAROR QILADI:

1. Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2017-yilgi asosiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga, 2017 yilgi mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. (Ilovalar berilmaydi).

2. Amudaryo tumani hokimligi (M.Temirboyev), tuman davlat soliq inspektsiyasi (J.Oʻrazmetov) va moliya boʻlimi (B.Kamolov) tuman mahalliy byudjetining daromadlar qismini soliq turlari boʻyicha belgilangan rejalarining oshirib bajarilishini taʼminlasinlar.

3. Amudaryo tuman moliya boʻlimi (B.Kamolov)ga:

– 2017-yilda mahalliy byudjet xarajatlarini maqbullashtirish natijasida shakllanadigan manbalar hisobidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha zarur tuzatishlar kiritib borish;

– byudjetdan mablagʻ oluvchilarning byudjetdan mablagʻ bilan taʼminlanish asoslari mavjudligini muntazam tahlil qilib borish, ajratilgan byudjet mablagʻlarining natijadorligiga erishilmayotgan byudjet muassasalarini qisqartirish yuzasidan tuman hokimligiga takliflar kiritib borish;

– tuman gʻaznachilik boʻlinmasi (U.Tairov) bilan birgalikda byudjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va ularning asossiz sarflanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirilsin.

4. Tuman hokimligi tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda byudjet daromadlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlasin, hududlarning soliq solish bazasi kengaytirilishi va moliyaviy salohiyati mustahkamlanishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar koʻrsin, byudjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.

5. Amudaryo tuman moliya boʻlimi (B.Kamolov) xalq deputatlari tuman Kengashiga mahalliy byudjetning ijrosi toʻgʻrisida har chorakda axborot berib borsin.

6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi M.Kazakov zimmasiga yuklatilsin.

Sessiya raisi, tuman hokimi:                        S.Yoʻldashev

Mangʻit shahri, 29-dekabr 2016-yil. 95/26-05-son

 

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi QARORI

"Sogʻlom ona va bola yili” tuman hududiy dasturining 2016-yildagi ijrosi toʻgʻrisida

"Sogʻlom ona va bola yili” tuman hududiy dasturining 2016-yildagi ijrosi toʻgʻrisida tuman hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedovaning axborotini tinglab va muhokama qilib, xalq deputatlari tuman Kengashi QAROR QILADI:

1. "Sogʻlom ona va bola yili” tuman hududiy dasturining 2016-yildagi ijrosi toʻgʻrisida tuman hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedovaning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. "Sogʻlom ona va bola yili” tuman hududiy dasturining ijrosi taʼminlanganligi, dastur doirasida 41 mlrd. 759 mln. 300 ming soʻm va 233,5 ming AQSh dollari miqdorida, shundan, byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar 6286,6 mln. soʻm, 0,5 ming AQSh dollari, bajaruvchilar va homiylar oʻz mablagʻlari hisobidan 22005,1 mln. soʻm, 149,8 ming AQSh dollari, tijorat banklari kreditlari hisobidan 13467,6 mln. soʻm, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari va grantlar hisobidan 83,2 ming AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar sarflanib, tumanda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilganligi qayd etib oʻtilsin.

3. Tuman hokimligiga tegishli muassasa, korxona va tashkilotlar bilan birgalikda ayollar va onalar salomatligini mustahkamlash, sogʻlom avlod tugʻilishi hamda uni barkamol etib tarbiyalash ishlarini izchil davom ettirish maqsadida kelgusida ham quyidagi:

– olis va chekka hududlarda yashayotgan aholi, ayniqsa ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma obʼektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, xizmatlar koʻrsatish va servis darajasini yuksaltirish;

– aholining tibbiy madaniyatini oshirish, homilador ayollarning sogʻligʻini saqlash va psixofiziologik ahvolini yaxshilash;

– yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, yangi sport obʼektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

– mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni yanada mustahkamlashning muhim sharti sifatida oilalarda sogʻlom maʼnaviy muhitni, xususan, oʻzaro hurmat-ehtirom, er-xotin oʻrtasida, ota-onalar bilan farzandlar, qaynona-kelin oʻrtasida, qoʻni-qoʻshnilar oʻrtasida mehr-oqibat ruhini yaratish;

– qiz bolalarni – boʻlajak onalarni jismonan sogʻlom va intellektual rivojlangan tarzda voyaga yetkazish, ularning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olishini, zamonaviy bilimlar va kasb-hunarlarga ega boʻlishlarini taʼminlash, hayotda munosib oʻrnini egallashlarida, kelajakda sogʻlom va mustahkam oila qurishlarida asosiy shart hisoblanmish mustahkam hayotiy nuqtai nazarni va mustaqil fikrlashni shakllantirish;

– sogʻlom bolani voyaga yetkazishda taʼlim tizimining rolini kuchaytirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini yanada rivojlantirish, boshlangʻich taʼlimning yuqori sifatini taʼminlab, ilgʻor pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish tadbirlarini amalga oshirish;

– kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, avvalo qizlarni ishga joylashtirish, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish ishtiyoqidagi yoshlarga imtiyozli kreditlar, yosh oilalarga uy-joy sotib olish va qurish uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun isteʼmol kreditlari ajratish chora-tadbirlarini taʼminlash kabi masalalarga ustuvor ahamiyat qaratish topshirilsin.

4. "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi, "Amudaryo televideniyesi” tahririyati (Gʻ.Yeshniyozov)ga "Sogʻlom ona va bola yili” tuman dasturining ijrosi va dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni gazeta va televideniye orqali yoritish tavsiya etilsin.

5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish hamda yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Sh.Yangiboyeva zimmasiga yuklatilsin.

Sessiya raisi, tuman hokimi:         S.Yoʻldashev

 

Mangʻit shahri, 29-dekabr 2016-yil. 96/26-05-son

 

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi QARORI

Amudaryo tumanida 2016-yil ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijrosi va 2017-yilgi Dasturi loyihasi toʻgʻrisida

Amudaryo tumanida 2016-yilda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijrosi hamda 2017-yilgi Dasturi loyihasini muhokama qilib, xalq deputatlari tuman Kengashi QAROR QILADI:

1. Tuman hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat koʻrsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari M.Temirboyevning Amudaryo tumanida 2016 yilda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash Dasturining ijrosi haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Amudaryo tumanida 2017-yilda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash Dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. (Ilovalar berilmaydi).

3. Amudaryo tumani hokimligi (U.Polvonov, M.Temirboyev):

– tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash, islohotlarni yanada chuqurlashtirish, bandlik koʻrsatkichlari oʻsishining muhim manbalari hisoblangan kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan yangilash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilasin;

– Dasturda belgilangan koʻrsatkichlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini, jumladan yangidan ishlab chiqarish obʼektlarini ishga tushirish va uy mehnatining barcha turlarini rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini tashkil etishni amalga oshirsin;

– Dasturda belgilangan prognoz parametrlarining bajarilishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish, shuningdek tegishli miqdorda imtiyozli kreditlar ajratish, fermer va dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirish hisobidan ish oʻrinlari sonini koʻpaytirishga alohida eʼtibor qaratsin;

– prognoz parametrlarini chuqur tahlil qilib, bandlik koʻrsatkichlarini koʻtarish choralarini belgilasin va natijalari haqida xalq deputatlari tuman Kengashiga 2017-yilning olti oyi yakuni boʻyicha hisobot taqdim qilsin.

4. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari oʻz saylov okrugi hududlarida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obʼektlarini tashkil etish, yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha oʻz hissalarini qoʻshsinlar.

5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq de-putatlari tuman Kengashining mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi M.Kazakov zimmasiga yuklatilsin.

Sessiya raisi, tuman hokimi:         S.Yoʻldashev

Mangʻit shahri, 29-dekabr 2016-yil. 97/26-05-son

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019