16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:15
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,581

OBOD TURMUSh MEZONLARI

Tomorqa fenomeni

 Mamlakatimizda yakka dehqon xoʻjaliklarini, ayniqsa, tomorqa xoʻjaligini rivojlantirishning huquqiy asoslari yaratib berilganligi bois, mustaqillik yillarida qishloqlarimizda dehqonchilik madaniyati yuksalib, bu rivojlanish oilalar farovonligida oʻz aksini topmoqda. Oʻz tomorqasida, 15-20 sotix yerda dehqonchilik qilib, bogʻ yaratib, oʻz rizqini halol mehnati bilan topib, elda obroʻ-eʼtiborga erishgan oilalar tumanimizda juda koʻp.

- Bir parcha yering – davlating, - deydi "Choykoʻl” ovulida yashovchi mehnat faxriysi Qodirbergan ota Kamolov. – Qishloqda yashadingmi, ana shu davlatingni asra, avayla, deb oʻrgatishgan bizga ota-bobolarimiz.

Darvoqe, Qodirbergan ota salkam 40-yil kolxozda haydovchilik qildi, turli rusumdagi mashinalarni boshqardi. Hozirgi "Choykoʻl” ovuli hududida oʻzi boshqargan mashinalar bilan xoʻjalik, qolaversa, tumanimiz taraqqiyotiga munosib hissa  qoʻshdi. Nafaqaga chiqqach esa farzandlarini yoniga olib, tomorqa xoʻjaligidagi yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga kirishdi. Hovlisi yaqinidagi chim bosib yotgan tutzorni ajriq tomirlaridan yaxshilab tozalashdi, tekislab, qondirib sugʻorishdi. Tutzorning bir tomonidan zovur qazishgani yanada yaxshi boʻldi. Kallaklangan tutzor hosili shu yili yaxshi boʻldi. Ayoli Malika momo Kamolova shu yili ipak qurti boqishda umuman qiynalmadi. 25- 30 gramm ipak qurti urugʻini parvarishlash uchun oʻz tomorqasidagi tutzorlar hosili bemalol yetadigan boʻldi. Kuzda esa tutzor orasini yaxshilab haydab, bugʻdoy ekishdi. Oʻrim mavsumida Qodirbergan ota bilan Malika momoning xirmoni donga toʻldi. Hosil choʻgʻidan koʻngli toʻlgan Qodirbergan ota 6 nafar oʻgʻlini yoniga olib, otasidan qolgan eski olmazor bogʻni yangilash rejasini tuzdi. Yana mashaqqatlidek tuyulgan mehnat butun oila jamligida inson aql-zakovati bois oʻz samarasini berdi: hovli oldi, atrofi bir-ikki yil ichida uzumzor, mevazor boqqa aylandi. Ertagi sabzavot, poliz ekinlari, qoramollar uchun xashakbop dukkakli ekinlardan moʻl-koʻl hosil olish evaziga oila iqtisodi yil sayin yuksaldi. Tomorqa xoʻjaligi uchun qoʻlda boshqariladigan "Motopola" traktorini sotib olishgani yaxshi boʻldi. Birin-ketin Qodirbergan ota oʻgʻillari uchun yangi imoratlar tikladi. Oilaga fayz-baraka kirdi. Eng muhimi, roʻzgʻorga zarur narsalarning deyarli barchasi oʻz tomorqa xoʻjaligida bisyor: parranda goʻshti, tuxumi, don-dun, bugʻdoy, meva-cheva, kartoshka-piyoz deganday.

Xalqimizda "qoʻshni-qoʻshnidan erta turmoqni oʻrganadi”, - degan  hikmatli ibora bor. Tomorqani daromad manbaiga aylantirgan Qodirbergan otaning oʻziga oʻxshagan qoʻni-qoʻshnilari anchagina.

- Yangiboy Shomurodov degan joʻram mendan ham oʻzib ketgan, - deydi Qodirbergan ota.- Bogʻ-bogʻchasini koʻrsangiz aqlingiz hayron qoladi. Nashvatining oʻzidan oʻn xil navi bor-a!

Nashvati-yu nok, olma-yu anorning eng sara navlaridan topib bogʻ yaratgan Yangiboy akaning bogʻi haqiqatan ham havasga loyiq. Oʻrikning erta pishar navlari, bozorning eng qim-mat qoqi qilinadigan novvot oʻrik daraxtlari ayni damda gullash arafasida. Oʻtgan mavsumda bugʻdoy oʻrimidan soʻng ekilgan kuzgi kartoshkadan moʻl hosil olgan Yangiboy akaning umr yoʻldoshi Bibisora opaning bozori hamisha baroridan keladi. Qoʻrasi molga, parrandaga toʻla bu xonadonning sarishtaligiga havas qilmay ilojingiz yoʻq. Oʻgʻli Baxtiyorjon sigir-u buzoq, parranda boqishga ixlos qoʻygan. Kelin-u nevaralar, Yangiboy aka boshchiligida bahorgi ekin-tikin ishlarini allaqachon boshlab yuborishgan. Axir ana shu tomorqa tufayli yaqinda "Matiz” avtomobiliga ega boʻlishdi.

Ertagi sabzavotlarni ekib, yuqori hosil olishda Yangiboy akaning qoʻshnisi Hayitgul opa va Hayitboy aka Eshmurodovlarga teng keladigani yoʻq. Hayitgul opa aslida oʻqituvchi. Ovuldagi 42-maktabda oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berish bilan birga boʻsh vaqtida oʻz tomorqa yerida ishlashni xush koʻradi.

Biz tomorqa fenomeni haqida koʻp gapiramiz, tomorqadan olingan daromad va foyda xususidagi hisob-kitoblarni qoyillatib tashlaymiz. Lekin tomorqa xoʻjaligini yuritishdagi oʻziga xos uslublar haqida koʻpam bilavermaymiz. Men oddiy oʻqituvchi ayolning oʻz kasb faoliyati bilan bogʻliq jamiyatdagi oʻrni, bajaradigan ishlari, oila bekasi, rafiqa, ona sifatidagi ayollik burchlarining ham qoyilmaqom uddasidan chiqish bilan birga tomorqa xoʻjaligini yuritishda oʻziga xos maktab yaratgani haqida toʻxtalmoqchiman. Sababi, Hayitgul opaning tomorqasiga yilning qaysi mavsumida bormang, hamisha oʻsha mavsumga xos goʻzallikning guvohi boʻlasiz. Qish oylarida uning tomorqa yeri oynaning yuziday tekis, yaltirab turadi. Undan na biron xas, na baland-pastlik topolmaysiz. Bahorda esa...

Bahor xuddi qishloqdagi shu xonadon tomorqasidan boshlanganday tuyuladi, koʻrgan odamga. Xuddi matematik hisob-kitoblarga asoslangan kabi olingan egatlar bamisli qunt bilan chizilgan geometrik shakllarga mengzaydi. Biron bir egat yoki ichki ariq olishda ogʻish boʻlmaydi. Yer tekis, egatlar toʻppa-toʻgʻri boʻlishi, ekinlar tartib bilan ekilishi Hayitgul opaning nazoratida.

- Shunda ekinni suv bosmaydi, begona oʻtlar koʻkaravermaydi, - deydi opa.

Qishloqda ertagi sabzavotlardan koʻk piyoz, kartoshka ertagi karam, bulgʻor qalampir va poliz ekinlaridan bodring, xandalak, gurvak qovunlari eng avvalo Hayitgul opaning tomorqasida yetiladi. Ekinlarni qachon sugʻorish, qaysi vaqtda har xil zararkunanda hasharotlarga qarshi ishlov berish, ertagi ekindan boʻshagan yerga ikkinchi ekinni qaysi vaqtda va nima ekish zarurligini opa xuddi tajribali agronomlarday yaxshi biladi va shunga amal qiladi. Erta bahordan kech kuzgacha tomorqa yeridan olingan hosilning oila ehtiyojidan ortganini bozorga olib chiqadigan Hayitgul opa farzandlarini oliy maʼlumotli qilib oʻqitdi, uyli-joyli qildi. Hovli-joyini kengaytirib, orzu-havaslariga yetishdi, dangʻillama toʻylar qildi. Qoʻshnilar esa ham havas, ham eʼtibor bilan:

- Hayitgul opaning tomorqasi agrotsex, bu yerdan hamma narsa topiladi, yangi uzilgan mevadan tortib konservalangan mahsulotlargacha, - deyishlarida ham jon bor. Chunki opa kelini bilan qishga atab tayyorlagan meva sharbatlari, konservalari, tuzlamalarining hisobidan uning oʻzi ham adashib ketadi baʼzan.

- Oʻzimizdan ortgani – daromad,- deydi u kamtarlik bilan.

Shuning uchun aytsalar kerak-da, mehnat qilib topganing - ketmas davlating, - deb. Binobarin, davlatmandlik – farovon hayot, obodon turmushning mezonidir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019