16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:53
Sport 👁 2,813

Xotira turniri oʻtkazildi

Xotira turniri oʻtkazildi

29-yanvar kuni 3-sonli Amudaryo akademik litseyi sport zalida Rajapboy Yoʻldashev xotirasiga bagʻishlanib, sportning karate turi boʻyicha oʻtkazilgan ochiq turnir yaxshilar yodi abadiy boʻlishini barchamizga yana bir bor eslatdi.

Rajapboy Yoʻldashev! Uning samimiylik yogʻilib turadigan nurli siymosi tumanimiz xalqi xotirasida bir umr yashaydi. Shu el tinch-osoyishtaligi, farovonligi uchun huzur-halovat bilmay mehnat qilib, tumanimizni mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va boshqa sohalarda oʻz oʻrniga, nufuziga ega hududga aylantirdi. Qatʼiyatli, oʻziga va atrofidagilarga nisbatan oʻta talabchan, izlanuvchan, xalqqa gʻamxoʻr, har qanday holatda ham odamlar bilan til topisha oladigan bagʻrikeng, sogʻligi yomon boʻlishiga qaramay, hayotining soʻnggi kunlarida ham xalq gʻami bilan yashab, Amudaryo ustiga zamonaviy temir-beton konstruktsiyali koʻprik qurish loyihasini kelgusi yillarning manzilli dasturiga kiritishga muvaffaq boʻlgan bu fidoyi inson taʼbir joiz boʻlsa, oʻz mehnatlari bilan oʻziga juda mahobatli haykal qoʻyib ketdi, desak mubolagʻa boʻlmas.

3-sonli Amudaryo akademik litseyining kirish foyesiga tumanimizning sobiq rahbari, hurmatli Rajapboy Yoʻldashev mehnat faoliyatining turli yillarida olingan suratlari joy olganstendlar oʻrnatilgan, katta ekranli televizorda xotira lavhalar namoyish etilib, tashrif buyuruvchilar uning hayoti va mehnat faoliyati bilan tanishtirilmoqda.

Ochiq xotira turniri mehmonlari – Qoraqalpogʻistonda karate sportini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston karate Federatsiyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida kelgan yaponiyalik mutaxassis, qorabelbogʻ 2-DAN sohibasi Oriso Kitamuri, Qoraqalpogʻiston karate Federatsiyasi raisi Rustam Kazakov, Federatsiya mutaxassislari, Xorazm viloyati karate Federatsiyasi raisi Sheripboy Sapoyev va tuman hokimligi vakillari litsey ostonasida non-tuz bilan qarshi olindi.

Ochiq xotira turnirini tuman hokimi oʻrinbosari M.Temirboyev ochdi.

Tumanimiz karate sporti bilan shugʻullanuvchi turli yoshdagi, vazndagi oʻquvchi-yoshlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasining turli tumanlaridan, Nukusdan va Xorazm viloyatidan tashrif buyurgan karatechilar ishtirokidagi musobaqalar nihoyatda keskin va qiziqarli boʻldi.

– Bizni musobaqaga tayyorlash jarayonida murabbiylarimiz Amudaryo tumani hokimi Rajapboy Yoʻldashev oʻquvchi-yoshlarga juda gʻamxoʻr va oqil rahbar boʻlganligini taʼkidlab, uning hayot yoʻli bilan tanishtirishdi. Shuning uchun turnirga zimmamizga ulkan masʼuliyatni his qilgan holda keldik va birinchi, ikkinchi oʻrinlarni egalladik, – deydi nukuslik mohir karatechilar Dilnoza Karamaddinova, Durdona Oymurzayeva, Asal Davletovalar.

– Mening Mangʻitga ikkinchi marta kelishim. Aslida Oʻzbekiston Respublikasi karate Federatsiyasi taklifiga binoan karate boʻyicha Tokioda boʻladigan olimpiadaga qoraqalpogʻistonlik ishtirokchilarni tayyorlash uchun kelganman. Bugungi ochiq xotira turnirining ilk lahzalaridayoq Qoraqalpogʻistonda karate ommalashib, bolalarning mahorati ancha oshib qolganligiga guvoh boʻlib, quvondim, - deydi yaponiyalik mutaxassis Oriso Kitamuri.

Tumanimizda sportning karate turi rivojlanishiga ulkan xizmat qilgan murabbiy, xotira turniri tashkilotchilaridan biri Ilhom Erimmetov:

– Bugungi xotira turnirida tumanimiz yoshlarining gʻoliblik uchun intilishida ulkan maʼno bor. Chunki tumanimizning sobiq hokimi Rajapboy Yoʻldashev shu eldagi katta-yu kichikning birday hurmat-ehtiromiga sazovor inson edi, – deydi faxr bilan.

Bellashuvlar tobora qizgʻin tus oldi.

Xotira turniri gʻoliblariga medallar, turnir tashkilotchilarining Faxriy yorliqlari, esdalik sovgʻalari topshirildi.

Taqdirlash marosimida tuman hokimi S.Yoʻldashev ishtirok etdi va gʻoliblarni qizgʻin qutladi.

Oygul RAJABOVA.

M.ShOMURODOV olgan surat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019