16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:18
Adabiyot 👁 4,272

NAVOIY VA BOBUR: HAR SATRIDA HIKMAT YaShIRIN

NAVOIY VA BOBUR: HAR SATRIDA HIKMAT YaShIRIN

Ajdodlarimizning tafakkur qudrati mahsuli boʻlgan, maʼnaviy qadriyatlarimiz asosini tashkil qiluvchi asarlar boqiylikka daxldordir. Vaqt oʻtishi bilan avval mangulikka mansub koʻrilgan koʻp narsalar tanazzulga uchraydi, lekin boqiy asarlar asrlar osha yogʻdularini taratib, insoniyatning maʼnaviy-aqliy, axloqiy kamolotiga xizmat qilib kelaveradi.

Maʼlumki, eʼtiqod tuygʻulari, yaxshi xulq yoki yaxshi odat malakalari inson bilan birga tugʻilmaydi. Ularni jamiyat va odamlar tarbiya jarayonida kamolga yetkazadilar.

Ana shu yoʻlda bizga rahnamolik qiluvchilar, oʻzlarining oʻlmas asarlari bilan avlodlarning hayot yoʻlida mayoq vazifalarini bajaruvchi buyuk ustozlarimiz, shubhasiz, A.Navoiy va Z.M.Bobur hisoblanadi. Bu mutafakkirlar dahosi faqat aql-idrok, tafakkur kuchi bilan anglab yetiladigan maʼnaviyat oftoblaridir. Har qaysi ijodkor Navoiy va Bobur zakosining millatparvarlik, vatanparvarlik mohiyatini anglab yetganidan keyingina oʻz badiiy kashfiyotlari uchun yoʻl ocha oladi. Chunki, bu daholarni anglash – hayotni, jamiyat voqea-hodisalarini, inson qalbini idrok va ifoda etishning yuksak choʻqqisidir, sanʼatning asl xalqchilligini taʼkidlash demakdir.

Adabiyot, soʻz sanʼati xalq dard-tashvishlarini, quvonchlarini badiiy haqiqatga aylantirish bilan birga millat didini yuksaltirishga, estetik saviyasini kamol toptirishga xizmat qiladi. Navoiy va Bobur oʻz ijodlarida ana shu vazifani bekamu koʻst bajarish baxtiga muyassar boʻlganlar. Navoiy inson avlodini umrni bir maqsadga intilmasdan, oʻz iqtidori va imkoniyatlari doirasida kamolot bosqichini koʻzlamasdan kechirishning alamli oqibatlari toʻgʻrisida:

Birovkim – jahondin kerak kom anga,

Emas yaxshi – bir yerda orom anga.

satrlari bilan ogoh etib, ularni umr bogʻidan mumkin qadar sara mevalar undirishga, maqsad yoʻlida sobitqadam boʻlishga, tinimsiz izlanish va intilishga daʼvat qildi.

U "Badoyeʼ ul-bidoya” devoni debochasida insonning bunyodkorlik dahosi, tafakkur zakovati va fidoyi tabiatiga quyidagi satrlarida ayrim talablarini qoʻygan edi:

Ranj koʻrmay kishi toparmu farogʻ,

Koʻngli oʻrtanmayin yonarmu charogʻ?

Tuxm yerga kirib – chechak boʻldi,

Qurt jondan kechib – ipak boʻldi.

Lola tuxmicha gʻayrating yoʻqmu,

Pilla qurticha himmating yoʻqmu?

Inson zotidan boʻlmagan ongsiz-idroksiz mavjudot bilan oʻz kuch-qudratini taqqoslab koʻrishga daʼvat qilmoqda buyuk shoir. Insonning ongli mehnati, aniq, ulugʻ maqsadni koʻzlagan faoliyati zaminidagi moʻʼjizakor imkoniyatlari haqida, undan foydalanmaslik oqibatlari haqida kuyinib soʻzlamoqda: "Axir sen, ilohiy qudratning eng aziz va mukarram, ulugʻ va qudratli, eng goʻzal va benazir ehsonisan – inson degan noming bor, to tirik ekansan, insonlik nomiga munosib gʻayrat va himmat koʻrsat!”

Navoiy yana bir shohbaytida inson mehnatining sharofat va xosiyatlarini ilohiy qismatning xohish-irodasi deb biladi.

Tengri ehsonigʻa shod oʻlgʻon – qilur,

Oʻzni shod-u mehnatidan elni ham.

Bu baytning mazmuni ommalashib yoshlarimiz oʻzlariga shior qilib olishlari lozim boʻlgan "odam farzandi faqat oʻzi uchun yashamaydi”, degan hikmatli soʻzlarga koʻchgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur sheʼriyatida ham inson kamolotidagi axloqiy va maʼnaviy masalalarga keng oʻrin berilgan. Shoir insonni ulugʻlaydi, unga hurmat nazari bilan qaraydi. Inson qadr-qimmatini yuqori koʻtaradi. U doʻstlik, birodarlik, Vatanga sadoqat kabi sifatlarni olqishlaydi. Boburning fikricha xasislik, xudbinlik, riyokorlik kabi yaramas illatlar insonni halokatga yetaklaydi. U kishining hayoti yaxshilik, muruvvat, oliyjanoblik, toʻgʻrilik kabi oliy maqsadlarga qaratilishi kerak, deb biladi. U mansab va davlatga erishib gʻururlanmaslik, kamtarin boʻlish kabi insoniy fazilatlarni kamol toptirishga undaydi. Ota-ona bilan farzand oʻrtasida mehr-muhabbat, qadr-qimmat, ehtirom kabi xislatlar barqaror boʻlishini istaydi:

Otani chunki qibla debturlar,

Qibla yangligʻ anga nazar qilgʻil.

Bobur axloqiy tarbiya masalasiga alohida eʼtibor bergan. Shoirning maʼnaviy-falsafiy qarashlarini va ijtimoiy mavzularga boʻlgan munosabatini aniqlashda, uning ayniqsa, muammolarini oʻrganish katta ahamiyatga egadir:

Xulqingni rost qilgʻil har sorigʻakim borsang,

Ahsanta der bori el gar yaxshi ot chiqorsang.

Boburning bu muammosi zamiridagi mazmun va insoniy his-tuygʻular ulugʻ soʻz sanʼatkori tomonidan yuksak mahorat bilan ifoda etilgan. Shoir haqiqiy inson nomiga ega boʻlish uchun axloqning barcha normalariga rioya qilish kerakligini, shundagina kishi el hurmati va baxtga sazovor boʻlishini uqtiradi.

Umuman, ulugʻ bobokalonlarimiz A.Navoiy va Z.Boburlarning sheʼriyati oʻzining janr xususiyatlari, mavzu doirasi, hayotiy falsafasi va badiiy jilosi bilan oʻzbek mumtoz adabiyotining nodir namunalarini tashkil qiladi. Ularda hayot va insonni qadrlash, goʻzallikdan bahramand boʻlishga intilish haqida nafaqat orif insonning, balki mualliflarning ham shaxsiy qarashlari oʻz aksini topgan. Shuning uchun ham Navoiy va Bobur sheʼriyatini u zotlar yashab oʻtgan murakkab davrning oʻziga xos badiiy koʻzgusi deyish mumkin.

Oʻzlarining sermazmun va barakali ijodlari bilan jahon madaniyatiga ulkan hissa qoʻshgan bu buyuksiymolarning asarlari hamisha hammamiz, ayniqsa oʻzlarini komil insonlar darajasiga yetkazishni istagan yoshlarimiz uchun hayot maktabi vazifasini oʻtaydi.

Ahmad NAFASOV,

"Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

(Foto - http://turkistonpress.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019