16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:38
Siyosat 👁 6,153

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi QARORI

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi QARORI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanida hududni rivojlantirishning eng muhim vazifalarini hal etish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganish natijalari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanida hududni rivojlantirishning eng muhim vazifalarini hal etish hamda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan oʻrganish natijalarini atroflicha muhokama qilib, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi taʼkidlaydiki, tumanda oxirgi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini yanada oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktyabrdagi "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlar dasturining mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamlariga yetkazish ishlariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Tumanda 2016-yilda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 179,5 mlrd. soʻmni tashkil qilib, 2015-yilga nisbatan 116,5 foizga, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 83,3 mlrd. soʻmni tashkil qilib, 107,0 foizga oshgan.

Hududdagi korxonalar tomonidan 8 mln. 174 ming AQSh dollari miqdorida meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan.

Tumanda 2016-yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 46 mlrd. 85 mln. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilgan.

Shu bilan birga, oʻrganish natijalari tumanda hali oʻz yechimini kutayotgan bir qator masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.

Xususan, aholi bandligini taʼminlash borasida tuman mutasaddi idoralarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, ular tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyilmoqda. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining 99,8 foizi ishga joylashtirilganligi haqidagi hisobotning haqqoniyligi tanlov asosida oʻrganilganda, 2 nafar bitiruvchining koʻrsatilgan korxona va tashkilotlarda ishlamayotganligi aniqlandi.

Tumanda maktabgacha yoshdagi bolalar soni 18155 nafarni tashkil etib, shundan 3389 nafari (18,7 foizi) maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan qamrab olingan. Bundan tashqari, ayrim maktabgacha taʼlim muassasalari taʼmirga muhtoj hamda ularning moddiy-texnika bazasi talab darajasida emas.

Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida mavjud qishloq vrachlik punktlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kerak. Xususan, tumandagi "Xalimbeg” qishloq vrachlik punkti taʼmirtalab ahvolda. Bu esa, oʻz navbatida, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Shuningdek, QVPlarni malakali tibbiyot xodimlari hamda zarur dori-darmonlar bilan taʼminlashga ehtiyoj mavjud.

Tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashda jiddiy kamchiliklar mavjud. Jumladan, hududdagi 117,1 ming aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga ehtiyoj boʻlib, biroq bugungi kunda bu koʻrsatkich 38 foizni tashkil etmoqda.

Hududda aholini elektr energiyasi bilan taʼminlashda qator muammolar mavjud. Jumladan, elektr energiyasini uzatish liniyalari taʼmirtalab holatda hamda mavjud transformatorlarning aksariyati ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda.

Tumandagi mahalliy ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi 269 km. avtomobil yoʻllarining 46,3 km. taʼmirga muhtoj.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi faoliyatini takomillashtirish, deputatlarning saylovchilar bilan ishlash hamda ular oldidagi masʼuliyatini oshirish, Kengashdagi partiya guruhlari va doimiy komissiyalarning tashabbuskorligini kuchaytirish lozim. Tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida partiya guruhlari, doimiy komissiyalar yigʻilishlarida hamda sessiyada tizimli ravishda muhokama qilib borish, shuningdek, deputatlik nazoratini kuchaytirish zarur.

Har bir sohada qonuniylikni taʼminlash, huquqbuzarlikning oldini olish, inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimini joriy etishni hayotning oʻzi taqozo qilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanida hududni rivojlantirishning eng muhim vazifalarini hal etishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlashga doir oʻtkazilgan oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni atroflicha muhokama qilib, "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi QAROR QILADI:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanida hududni rivojlantirishning eng muhim vazifalarini hal etish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan 2017-yil 1–6-mart kunlari oʻtkazgan oʻrganish natijalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Amudaryo tumani hokimining (S.Yoʻldashev) tumanda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish natijalariga doir axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

3. Amudaryo tumani hokimligi (S.Yoʻldashev) oʻrganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq kompleks chora-tadbirlar dasturini 10 kun muddatda ishlab chiqib, uning oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishini taʼminlash, tegishliligi boʻyicha masʼul ijrochilarning shaxsiy javobgarligini oshirish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan dasturda belgilangan muddatlarda xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga axborot taqdim etilishini taʼminlasin.

4. Amudaryo tumani prokurorining (F.Allaberganov) va tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining (Q.Ismailov) qonuniylik va huquq-tartibot, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari taʼminlanganligi holati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin. Ular mazkur masala yuzasidan, xususan, tumanda jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha 10 kun muddat ichida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqsin va ularning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrsin.

5. Amudaryo tumani hokimi (S.Yoʻldashev), tuman prokurori (F.Allaberganov) va tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining (Q.Ismailov) 2017-yil 6 oylik yakunlari boʻyicha hisobotlari xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashida muhokama etilsin.

6. Amudaryo tumani prokuraturasi (F.Allaberganov)ga tumanda qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini fuqarolarga tushuntirish, ular ijrosini aniq va bir xilda bajarilishi yuzasidan nazorat samaradorligini oshirish topshirilsin.

7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasidan (A.Ayapov) Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji direktorining (M.Yuldashev) ish faoliyatida yoʻl qoʻygan xato-kamchiliklari uchun uni egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish soʻralsin.

8. "Amudaryotumangaz” filiali (Sh.Tajibayev)ga aholini tabiiy gaz bilan taʼminlash hamda ularga suyultirilgan gaz ballonlarini oʻz vaqtida yetkazib berilishini doimiy nazoratga olish va mavjud qarzdorlikni bartaraf etish choralarini koʻrish topshirilsin.

9. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi (Sh.Turayev) tuman hududidagi maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqish choralarini koʻrishdagi xato-kamchiliklari uchun ogohlantirilsin.

10. "Tuyamoʻyin-Nukus” suv-quvurlaridan foydalanish boshqarmasi "Amudaryo tuman suv tarmoqlari” filiali (A.Rajapov)ga aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, suv quvurlarini qurish va mavjudlarini taʼmirlash borasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish hamda uch oy muddatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga axborot taqdim etish topshirilsin.

11. Tuman tibbiyot birlashmasi (O.Xalimov) aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatilishi darajasi va sifatini, qishloq vrachlik punktlari (QVP) faoliyati samaradorligini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilishini yanada yaxshilash, tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratish topshirilsin hamda 2017-yil 6 oylik yakunlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyasi majlisida koʻrib chiqilsin.

12. Tuman bandlikka koʻmaklashish markazi (A.Xujamuratov)ga tumanda 2017-yilga aholi bandligi Dasturi parametrlarining oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishini monitoring qilib borish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish topshirilsin.

2017 yil 6 oylik yakunlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyasida hisobotini eshitish belgilab qoʻyilsin.

13. Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi, uning doimiy komissiyalari raislari va partiya guruhlari aʼzolari oʻz vakolatlari doirasida Kengash va uning doimiy komissiyalari faoliyatini yanada takomillashtirsin, qonunda belgilangan vakolatlaridan samarali foydalanishini doimiy tahlil va muhokama qilib borsin.

14. Tuman hokimi, prokurori va ichki ishlar boʻlimi boshligʻi hamda boshqa masʼul tashkilotlar, muassasalar rahbarlari xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining mazkur Qarori ijro etilishi yuzasidan joriy yilning 1-iyul va 1-dekabr holatiga koʻra axborot bersin.

15. Ushbu qaror "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida va tuman hokimligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.

17. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Sessiya raisi: 24-sonli "Oq oltin” saylov okrugidan deputat R.Urazbayev.

Sessiya kotibi: 17-sonli "Boʻzyop” saylov okrugidan deputat G.Matyakubova.

2017-yil 6-mart. 111/30-05-son.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019