16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:56
Siyosat 👁 3,045

Oʻzbekiston gʻallakorlariga

Oʻzbekiston gʻallakorlariga

Qadrli doʻstlar!

Siz, aziz dehqon va fermerlarimizni, barcha dala mehnatkashlarini rizq-roʻzimiz va boyligimiz manbai, dasturxonlarimizning toʻkinligi, toʻqchilik belgisi boʻlmish gʻalladan 7 million 610 ming tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod etib, ulkan mehnat gʻalabasini qoʻlga kiritganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Bugun Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi tarixida birinchi bor mana shunday misli koʻrilmagan natijaga erishib, koʻpchilik viloyat va tumanlarda, fermer xoʻjaliklarida hosildorlikni yuksak darajaga yetkazganimiz fidoyi dehqon va fermerlarimiz qanday buyuk ishlarga qodir ekanini namoyon etib, butun xalqimizning kayfiyati va ruhini koʻtardi, desak, hech qanday mubolagʻa boʻlmaydi.

Xalqimizga mansub boʻlgan azaliy qadriyatga koʻra, nonni aziz va tabarruk neʼmat sifatida qadrlab, eʼzozlab, uni doimo koʻziga toʻtiyo qilib yashaydigan el-yurtimiz bu yutuq qanday ogʻir va mashaqqatli mehnatingiz, azmu shijoatingiz evaziga qoʻlga kiritilganini yaxshi biladi va yuksak baholaydi.

Haqiqatan ham, bu yilgi mavsumda oʻrtacha hosildorlikni 55 tsentnerga yetkazganingiz, oʻtgan yilga nisbatan qariyb 500 ming tonna koʻp gʻalla olishga erishganingiz har qancha tahsin va tasannolarga munosibdir.

Aziz doʻstlarim, qadrdonlarim!

Joriy yilda barpo etilgan ulkan gʻalla xirmonini 90-yillarda mamlakatimizda shu borada mavjud boʻlgan holat bilan qiyoslab, solishtiradigan boʻlsak, bizning tarixan qisqa davrda tasavvur qilishning oʻzi ham qiyin boʻlgan buyuk yoʻlni bosib oʻtganimiz, bu gʻalabaning naqadar yuksak, yurtimiz uchun naqadar qadrli ekani yana va yana bir bor ayon boʻladi.

1991-yilda, Oʻzbekiston endi mustaqillikka erishgan kunlarda oʻlkamizda jami 940 ming tonna gʻalla yetishtirilib, oʻrtacha hosildorlik bor-yoʻgʻi 17 tsentnerni tashkil etganini, respublikamiz don va un taʼminoti boʻyicha butunlay Markazga qaram boʻlib kun kechirganini oʻzimizga faraz qilsak, oʻtgan yillar mobaynida gʻalla mustaqilligini qoʻlga kiritganimiz, hosildorlik 3 karradan koʻproq oshgani, umumiy hosil 7 barobardan ziyod koʻpaygani, hozirgi vaqtda nafaqat oʻz ehtiyojimizni taʼminlash, ayni paytda xorijiy davlatlarga don eksport qilishga erishganimiz bizning qanday yuksak marralarni zabt etganimizdan yaqqol dalolat beradi va oʻzgalarning hayratini tortadi.

Albatta, qoʻlga kiritilgan bunday ulkan natijalarning asosiy omil va mezonlari nimalardan iborat, degan tabiiy savol tugʻiladi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bizning bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilgan, rivojlanishning "oʻzbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot yoʻlini, demokratlashtirish va yangilanish yoʻlini tanlaganimiz, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirish maqsadida chuqur oʻylangan, keng koʻlamli islohot va oʻzgarishlarni avvalo iqtisodiyotning yetakchi tarmogʻi boʻlmish qishloq xoʻjaligidan boshlaganimiz mana shunday yutuqlarimizning negizini tashkil etmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.

Oʻzini oqlamagan eski tizimning oʻzagi boʻlgan mulkchilik shakllaridan voz kechib, bozor munosabatlari va xususiy mulkchilikni joriy etganimiz qishloq xoʻjaligida mutlaqo yangi ishlab chiqarish munosabatlarini rivoj toptirishda, eng muhimi, qishloq ahlining butunlay yangicha fikrlash, oʻz mehnatiga yangicha qarashini shakllantirishda eng asosiy va muhim omil boʻldi.

Shu borada fermerlik harakatiga keng yoʻl ochib berganimiz, uni mustahkamlash va taraqqiy ettirish uchun huquqiy, tashkiliy va moliyaviy zamin yaratib berganimiz, bu harakatni har tomonlama ragʻbatlantirib, qoʻllab-quvvatlaganimiz bugungi kunda uning qishloq xoʻjaligida chindan ham hal qiluvchi kuch boʻlib maydonga chiqishida, dehqon oʻzini haqiqiy yer egasi, mulk sohibi deb his qilishida, fermerlarni, taʼbir joiz boʻlsa, jamiyatimizning tayanchiga aylantirishda beqiyos ahamiyat kasb etdi.

Shu maʼnoda, barchamizni boqadigan, jamiki noz-neʼmat va boyliklarning bunyodkori boʻlmish dehqon va fermerlarimizning dunyoqarashi, ongu tafakkuri, hayotga munosabati, siyosiy saviyasi va ijtimoiy faolligi yuksalib borayotgani bugun qoʻlga kiritayotgan ulkan marralarimizning asosiy sharti va garovi boʻlmoqda, desak, hech qanday xato boʻlmaydi.

Aytish kerakki, bu yilgi mavsum oʻtgan mavsumlarga nisbatan oson boʻlgani yoʻq. Gʻallakorlarimiz tabiat va iqlim qiyinchiliklari bilan bogʻliq turli sinovlarni yengib oʻtishlariga toʻgʻri keldi. Qish faslida havoning sovuqlik darajasi meʼyoridan ortiq boʻlgani, mart oyida esa haroratning odatdagidan koʻra pasayib ketgani, doʻl va jalalar yogʻishi dehqonlarimiz uchun jiddiy tashvish va muammolar tugʻdirdi.

Ayni shunday murakkab sharoitda dala mehnatkashlari avvalo ishni toʻgʻri tashkil qilish, zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanish hisobidan hosilni saqlab qolishga va belgilangan marralarni egallashga muvaffaq boʻldilar.

Bu haqda gapirganda, mavsum davomida gʻallazorlarga jami 12 million tonna, har gektar maydonga oʻrtacha 10 tonnadan ortiq mahalliy oʻgʻit berilgani, dehqonlarimizning har tup koʻchat ustida parvona boʻlib, oʻzini ayamasdan mehnat qilganini minnatdorlik bilan taʼkidlash lozim.

Albatta, mana shunday yuksak xirmon yaratishga erishganimizning omillari haqida soʻz yuritganda, oxirgi yillarda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, selektsiya ishlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, gʻalla navlarini har bir hududning iqlim va tuproq sharoitini, suv bilan taʼminlanish darajasini inobatga olgan holda joylashtirish, zamonaviy texnika, yangi kombaynlar, mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash materiallarini oʻz vaqtida yetkazib berish, hashorat va zararkunandalarga qarshi kurashish – albatta, bularning barchasi amaliy samarasini berganini unutmasligimiz kerak.

Ishning koʻzini bilib amalga oshirilgan ana shunday muhim chora-tadbirlar tufayli barcha viloyat, jumladan, nisbatan ogʻir sharoitda boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati gʻallakorlari ham davlatga don sotish shartnoma majburiyatini bajarishga erishdilar. Ayniqsa, Qashqadaryo, Andijon, Samarqand, Namangan, Fargʻona, Buxoro va Toshkent viloyatlarida sugʻoriladigan yerlarda hosildorlik oʻrtacha 57-63 tsentnerni tashkil qilganini bu yilgi mavsumning eng muhim natijasi sifatida baholash oʻrinlidir.

Boshqalarga ibrat va namuna boʻlgan Uchqoʻrgʻon, Norin, Uychi, Sariosiyo, Vobkent, Yakkabogʻ, Qarshi, Oltinkoʻl, Ishtixon, Paxtaobod, Izboskan, Baliqchi, Oqdaryo, Uchkoʻprik, Koson, Doʻstlik, Romitan, Toshloq, Furqat, Piskent, Yuqorichirchiq, Xatirchi tumanlarida hosildorlik 60-75 tsentnerdan oshganini alohida qayd etish joiz.

Kattaqoʻrgʻon tumanidagi "Hosil”, "Shakar ota”, Uchkoʻprik tumanidagi "Farovon hayot sari”, Norin tumanidagi "Ahmadjon Alijon ota oʻgʻli”, Uchqoʻrgʻon tumanidagi "Gulxumor”, Buvayda tumanidagi "Yoqubjon ota”, Oltinkoʻl tumanidagi "Namuna serhosil yeri”, Jondor tumanidagi "Baxtiyor Yarash oʻgʻli”, Doʻstlik tumanidagi "Omonturdi ota”, Xatirchi tumanidagi "Tasmachi iqboli”, Oʻrtachirchiq tumanidagi "Ibrohim Abdurahmonov” kabi oʻnlab fermer xoʻjaliklarida gektaridan 100 tsentner va undan oshirib hosil olingani yurtimiz dehqonlarining haqiqiy omilkorlik fazilatlari va mehnat jasoratining yana bir amaliy ifodasi boʻldi.

Eng asosiysi, yetishtirilgan jami hosilning qariyb 50 foizi yoki 3 million 524 ming tonnasi fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qoldirilganini dehqonlarning omborlari donga, roʻzgʻorlari qut-barakaga toʻlib borayotgani, ular oʻz mehnatidan katta manfaat koʻrayotganining yorqin dalili sifatida qabul qilamiz.
Qadrli va muhtaram doʻstlarim!

Ishonchim komil – bugungi quvonchli ayyomda siz, aziz gʻallakorlarimiz, dehqon va fermerlarimiz erishgan bu ulkan gʻalaba Oʻzbekistonimizda kattayu kichik barchani, kasbu kori, vazifasidan qatʼi nazar, hech kimni befarq qoldirmaydi.

Bugun el-yurtimizning tilida va dilida sizlarning shaʼningizga bagʻishlab, "Barakalla, barchamizni qoyil qoldirdingiz, hech qachon kam boʻlmang!” deb aytiladigan his-tuygʻular, ezgu tilaklar mujassam, desam, oʻylaymanki, yanglishmagan boʻlaman.

Mana shunday xursandchilik kunda siz, mirishkor dehqon va fermerlarni, mexanizator va kombaynchilarni, qishloq xoʻjaligi mutaxassislarini, yuksak xirmonga munosib hissa qoʻshgan barcha-barcha yurtdoshlarimizni bagʻrimga bosib, yana bir bor samimiy tabriklayman.

Fidokorona va halol mehnatingiz uchun oʻz nomimdan, butun xalqimiz nomidan taʼzim qilaman.

Doimo sogʻ-omon boʻling, azizlarim, qadrdonlarim!

Goʻzal va betakror, muqaddas Vatanimizni, zahmatkash va olijanob xalqimizni Yaratganimiz doimo oʻz panohida asrasin!

Islom Karimov,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Manba: http://uza.uz

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019