16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:15
Adabiyot 👁 4,744

BAXTDAN MASRUR KASBDOShLAR

BAXTDAN MASRUR KASBDOShLAR

Hayratga loyiqdir yuksak togʻlari,

Boldek meva koni erur bogʻlari,

Yetib keldi xushnud, ajib chogʻlari,

Beminnat bergusi osh bilan nonni,

Sevmasdan boʻlarmi Oʻzbekistonni?

Albatta, hammamiz  ham oʻz tugʻilib oʻsgan yurtimizni, yashayotgan makonimizni yaxshi koʻramiz. Umrimizning kechgan jamiki sururli onlari, erishgan  yutuqlarimiz shu yurt hayotiga chambarchas bogʻliqligini sidqidildan his qilamiz. Biroq yuqoridagi satrlarda ifodalanganiday, koʻngil kechinmalarini oddiygina soʻzlar orqali hammaga tushunarli, sodda, samimiy tarzda yuksak mahorat bilan ifodalay olish hamma ijodkorga ham nasib qilavermaydi, "Beminnat bergusi osh bilan nonni” kabi yurak-yuragimizning nozik torlarini cherta olish, koʻngilda bir ajib hislarni uygʻota olishdek baxt kamdan-kam insonlarga nasib etadi.

Qariyb 42 yildan ziyod matbuot sohasida mehnat qilgan taniqli ijodkor, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozov ana shunday ulugʻ saodatga erishgan inson.

U 1942-yil 20 aprelda "Doʻrman” ovulida dunyoga keldi. Oʻrta maktabni tugatib, harbiy xizmat burchini oʻtab qaytdi. Oʻquvchilik davrlarida ham, qisqa muddatli traktorchilar tayyorlash kursida oʻqib, oʻz ovulida traktorchi boʻlib ishlash barobarida ham tuman gazetasida oʻz sheʼrlari, maqolalari bilan qatnashib turdi.

Askarlik chogʻlarida oʻzi xizmat qilgan qoʻmondonlik nashri – "Na boyevom postu” gazetasida maqolalari, sheʼrlari muntazam yoritilib turdi.

Uning ilk ijod namunalari tahririyat xodimlariga maʼqul kelganligi uchun bir kuni gazetaning oʻsha vaqtdagi muharriri Sobir Yusupov (Xudo rahmatiga olgan boʻlsin!) uni ishga taklif qilib, chaqiradi.

Gazeta ishiga, ijodga boʻlgan qiziqish yosh, gʻayratli yigitning taqdirini matbuot bilan bogʻladi, 1966-yilning boshidan "Amudaryo haqiqati” gazetasining maxsus muxbiri boʻlib ishlay boshladi. Ishdan ajralmagan holda hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini sirtdan oʻqib tugatdi. 1970-1979-yillarda tuman radiosining muharriri, 1979-yildan "Amudaryo haqiqati” gazetasi boʻlim mudiri, masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari lavozimlarida xizmat vazifasini sidqidildan ado etish bilan bir qatorda tahririyat qoshida "Gulshan”, tuman radiosida ishlagan vaqtlarida "Toʻlqin” adabiy toʻgaraklarini tashkil etdi va rahbarlik qildi. Mazkur toʻgaraklar oʻsha vaqtlarda koʻplab yosh iqtidorli ijodkorlarni birlashtirib,  ularning ijodini yuksaltirishga begʻaraz koʻmak berdi, tumanda sogʻlom maʼnaviy muhitning barqaror boʻlishiga sezilarli taʼsir etdi. Toʻgarak mashgʻulotlari taʼsirida gazeta ishiga mehri uygʻonib, tajriba oʻrganib, oʻzi bilan bir safda mehnat qilgan toʻgarak aʼzolari Allambergan Jumaniyozov, Qobul Shomurodov, Madraim Qurbonov, Gulnora Yusupova, Safarboy Davlatboyev, Zebo Rajabova, Norboy Toʻraboyevlar Saʼdulla Xoʻjaniyozov nomini oʻzgacha mehr bilan tilga oladilar.

Shuningdek, toʻgarakning faol qatnashchilari orasidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti oʻqituvchisi Tursunboy Sultonov, pedagogika fanlari doktori, professor Safo Matchonovlarning ham ilk isteʼdodi  "Amudaryo haqiqati” gazetasida ishlash jarayonida shakllangan va ulkan adabiy muhitga parvoz maydonchasi vazifasini oʻtagan.

Saʼdulla  aka oʻzining maqolalari bilan tumanimiz hayotiga oid koʻplab muammo va kamchiliklarga umum eʼtiborini qaratdi, ijobiy hal etilishiga fidoyilik qildi, tumanimiz hayotida oʻz oʻrniga ega boʻldi.

Men 1985-yil boshidan serqirra ijodkor, kamchiliklarga isyonkor jurnalist, toʻgʻrisoʻz va  yoshlarga talabchan ustoz Saʼdulla aka Xoʻjaniyozov bilan birga ishlash, u kishining saboqlarini oʻrganish (tarbiyasini olish desam ham xato boʻlmas) nasib etgan insonlarning biriman.

Men tahririyatda ish boshlagan kezlarimda ustoz masʼul kotib vazifasida edi. Odatda adabiy xodimlarning tayyorlagan materiallari mashinkada terilib, harf xatolari tuzatilib, masʼul kotibga berilar, masʼul kotib bu materiallar talabga javob bersa, shundayligicha, zarur hollarda ayrim tahrirlar bilan bosmaxonaga matn terishga berar, noloyiq boʻlsa, qayta ishlashga ham buyurar, qoʻrgʻoshinda terilgan materiallarni  esa sahifalashga, gazeta dizayniga javobgar shaxs, aniqroq qilib aytganda, tahririyatning yuragi edi.

Saʼdulla aka maqolalarni ishlashimizdan tortib, to bir necha varaqli boʻlsa, chiroyli taxlab olib borishimizgacha, ish stolimizning qanday turishigacha eʼtibor berar, koʻnglimizga ogʻir botmaydigan tanbehlari bilan aybimizni toʻgʻrilatardi. Oʻsha vaqtlarda ertalabki boshlagan ishimiz baʼzan yarim kecha, baʼzan tonggacha ham davom etar, shunday damlarda ham ustoz hech ogʻrinmas, charchadim demas, men tengilarga "sizlar yaxshi davrlarda ishlayapsizlar, men ish boshlagan vaqtimda linotip mashinasi ham yoʻq, materiallar bir harflab qoʻlda terilardi”, deya taskin berardi.

Shundanmi, biz Robiya Yoʻldosheva, Roza Orziboyeva, Mansur Ahmedov (Xudo  rahmat qilsin!) keyinchalik Ozoda Xudoyberganovalar bir safda gazeta ishining ne bir mashaqqatlariga ham "gʻing” demay, qaytanga kasbimizdan faxrlanib ishlayverdik.

Bugun Saʼdulla aka Xoʻjaniyozov nafaqada boʻlsa-da, u ijodkorlar bilan hamon  hamnafas, hammaslak. "Jayxun ilhomlari” NNTning faol aʼzosi sifatida goh yosh ijodkorlarning uchrashuvini, goh faxriy jurnalistlarning adabiy kechalarini tashkil etish tashvishi bilan yuradi, adabiy jarayondan qoʻl uzmaydi, bugungi kunda shogirdlarining erishayotgan yutuqlari, tumanda bir yoʻla 5 ta ommaviy axborot vositalari faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilganidan faxrlanib yuradi, duo qilishdan charchamaydi.

Saʼdulla Xoʻjaniyozov oilaviy hayotda ham ibratli, baxtiyor inson. U tahririyatga ishga kelgach, shu yerda avval kotiba, keyinchalik korrektor boʻlib ishlagan Yangiljon Hamroyeva bilan turmush qurdi, uch oʻgʻil, uch qizni kamolga yetkazib, uyli-joyli qildi. Ularning biri oʻqituvchi, biri tadbirkor boʻlib, elga xizmat qilishayapti. Mehri – ardogʻida ulgʻaytirgan nevaralarining hozir 4 nafari talaba. Ularning kamolidan, eʼzozidan rohat-farogʻatda yashayotgan ustozimiz Saʼdulla  aka 75 yoshni, uning umr hamdami, kasbdoshi Yangiljon opa 70 yoshni qarshi oldi.

Hamkasblarimizni hayotidagi ana shu quvonchli  sana bilan qutlashga kelgan qarindoshlari, yor-doʻstlari, shogirdlari ularga  chindanda havas qildi. Ilohim, yetaklashib yurib, yana shuncha umr koʻring, deya duo qilishdi, hayotda topganlariga shukronalik ufurib turgan, oʻz hayotiy xulosalarini ifoda etgan "Toʻrt tomirda joʻsh urgan tugʻyon” va "Hayot hadyalari” kabi  sheʼriy toʻplamlari koʻp boʻlishini tilashdi.

Saʼdulla aka Xoʻjaniyozov  va Yangiljon opa Hamroyevalar kabi qoʻsha qarimoq, farzandlar, nevara-chevaralar ardogʻida yashamoq baxti barchaga ham nasib etsin!

Oygul RAJABOVA.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019