16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:24
Jamiyat 👁 6,328

Joy nomlari – boy tariximiz koʻzgusi

Joy nomlari – boy tariximiz koʻzgusi

Serquyosh mamlakatimizning har bir hududi – shahar, qishloqlari oʻziga xos boy tarixga ega. Har bir hudud qadim-qadimdan oʻz tarixi, unda yashagan ajdodlarimiz hayoti va tafakkuri aks etuvchi nomlar bilan atalib kelingan. Biroq milliyligimiz aks etib turgan bunday atamalar oʻrniga sobiq ittifoq davrida xalqimizning mentalitetiga yot turli mavhum, rus tilidagi "Mira”, "Solnechnaya”, "Olimpiya” kabi soʻzlar yoki xorijlik shaxslar familiyalari bilan guzar, ovul, shahar yoki koʻchalar nomlanib kelingan edi.

Yurtboshimiz rahnamoligida milliy maʼnaviyatimizni tiklash, boy tarixiy merosimizni chuqur oʻrganish, anʼana va qadriyatlarimizni saqlash va yanada boyitish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda, oʻzligimizni aks ettiruvchi joy nomlari qayta tiklanmoqda. 2011-yil 12-oktyabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik obʼektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni bunda muhim dasturilamal boʻlayotir. Qonunga muvofiq nomlar geografik obʼektga xos boʻlgan belgilarni aks ettirishi, mazkur obʼekt joylashgan mavjud tizimga mos tushishi, mahalliy aholining fikr va mulohazalari inobatga olingan holda qoida tariqasida koʻpi bilan uchta soʻzdan iborat boʻlishi zarur.

Mazkur Qonun asosida ayni kunda geografik obʼektlar nomlarining Davlat reyestri yaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrda qabul qilingan "Geografik obʼektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obʼektlarning  nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori asosida "Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi huzurida Respublika toponimika xizmati tashkil qilinib, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etayotir va har bir joy oʻziga xos, takrorlanmas nomlar bilan atalishi ustida ish olib borilayotir.

"Geografik obʼektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasida viloyatlar, tumanlar, shaharlar, qishloqlar va ovullar bir xil nom bilan atalishi taʼqiqlanadi. Shu talabdan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tahlil oʻtkazilganida, 2013-yil 1-yanvar holatiga 53 ta shaharcha, 84  qishloq fuqarolar yigʻini, mingdan ortiq aholi punktlari aynan bir xil nom bilan atalib kelinayotganligi aniqlangan.

Ayni kunda ushbu tahlillar asosida joylardagi aholining, oqsoqollarning fikr-mulohazalari inobatga olingan holda bunday takroriy nomlarni oʻzgartish, milliyligimiz, tariximizni aks ettiruvchi nomlar bilan atash boʻyicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

Tumanimizda ham geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi tuzilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi "Geografik obʼektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq "Geografik obʼektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish haqida”gi 295-sonli qarori, Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi bayoni hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi komissiyasining 01-08/9-06/407-sonli majlisi bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida amaliy ishlar qilinmoqda.

Shu maqsadda tuzilgan tuman komissiyasi mavjud hudud va geografik obʼektlarning nomlarini shu yerlik aholi va oqsoqollar, faollar fikrlarini inobatga olgan holda nomlash va qayta nomlash masalasi boʻyicha takliflarini ishlab chiqadi va respublika komissiyasiga taqdim etadi.

Bunda tarixiy shaxslardan tashqari biror bir shaxsning nomi bilan ataladigan geografik obʼekt qolmaydi.

Nomlari oʻzgargan va nomlari oʻzgarmay qolgan geografik obʼektlarga koʻrinarli qilib, oʻz davlat tilimizda zamonaviy, milliy dizaynda koʻrsatkich peshlavhalar oʻrnatiladi.

Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha qabul qilingan qarorlarga asosan joylardagi tashkilot, muassasa va idoralarning rasmiy blankalari, pochta manzili va boshqa hujjatlarga tegishli oʻzgartish kiritiladi va shunga muvofiq fuqarolar pasportlari tegishli ravishda qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Joy nomlari bizning oʻzligimiz, milliyligimiz, boy tariximiz koʻzgusidir. Shubhasiz, geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash ishlari yoshlarimiz qalbida ona yurtga muhabbat, tariximiz va milliy qadriyatlarimizga ehtirom tuygʻularini kamol toptirishga xizmat qiladi.

Oygul RAJABOVA.

(Foto - http://kun.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019