17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:34
Siyosat 👁 3,860

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 35-sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 35-sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

2017-yil 29-iyul kuni xalq deputatlari tuman Kengashining oʻttiz beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquqni muhofaza qilish organlari, hokimlik boʻlimlari, tijorat banklari, kasb-hunar kollejlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Sessiyani tuman Kengashi raisi, tuman hokimi S.Yoʻldashev ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 21-Oʻzbekiston saylov okrugidan deputat R.Yerlapasov saylandi.

Sessiya kun tartibiga "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” tuman hududiy dasturining 2017-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida”gi, "Amudaryo tumanida 2017-yil ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijrosi toʻgʻrisida”gi, "Tumandagi tijorat banklari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish va ish oʻrinlarini tashkil qilish maqsadida kredit mablagʻlarining ajratilishi toʻgʻrisida tuman hokimi birinchi oʻrinbosarining hisoboti toʻgʻrisida”gi, "Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2017-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida”gi hamda "Xalq deputatlari tuman Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal xoʻjaligi masalalari va aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha doimiy komissiyasi faoliyati yuzasidan komissiya raisining hisoboti toʻgʻrisida”gi va boshqa masalalar havola qilindi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova axborot berdi. Axborotda2017 — 2021-yillardaOʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid tuman dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritildi.

Jumladan, birgina hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari va Aholi bandligini taʼminlash dasturi doirasida sanoat sohasida 39 ta loyiha amalga oshirilib, 526 ta ish oʻrni yaratilishi, qishloq xoʻjaligi sohasida 105 ta loyiha amalga oshirilib, 291 ta ish oʻrni yaratilishi, xizmat koʻrsatish sohasida esa 107 ta loyiha amalga oshirilib, 268 ta ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan va bu boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Kun tartibidagi ikkinchi va uchinchi masalalar yuzasidan tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari M.Temirboyev soʻzga chiqib, tumanida 2017-yil ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijrosi hamda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish va ish oʻrinlarini tashkil qilish maqsadida kredit mablagʻlarining ajratilishi toʻgʻrisida axborot berdi.

Axborotda qayd qilinganidek, 2017-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash Dasturi boʻyicha 3030 ta yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan boʻlib, joriy yilning 6 oyi davomida amalda 1186 ta yangi ish oʻrinlari yaratilib, yarim yillik rejasi 101,7 foizga bajarilgan. Hisobot davrida tadbirkorlik subʼektlariga tijorat banklari tomonidan umumiy qiymati 44 mlrd. 404,4 mln. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilgan.

Kun tartibidagi toʻrtinchi masala boʻyicha tuman moliya boʻlimi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi B.Kamolov axborot berdi. Axborotda 2017-yilning birinchi yarmi uchun tuman mahalliy byudjetining daromadlar qismi rejasi 16 mlrd 997 mln 548 ming soʻmga belgilangan boʻlib, haqiqatda 18 mlrd 491 mln 904 ming soʻmga, yaʼni 108,8 foizga bajarilgani, xarajatlar qismi rejasi esa 52 mlrd 652 mln 441 ming soʻmga belgilangan boʻlib, ushbu mablagʻlar asosan ijtimoiy-madaniy va aholini qoʻllab-quvvatlash xarajatlariga, iqtisodiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar talablarini amalga oshirish tadbirlariga sarflangani qayd etildi.

Kun tartibidagi beshinchi masala boʻyicha Kengashning Sanoat, transport, qurilish, kommunal xoʻjaligi masalalari va aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha doimiy komissiyasi raisi M.Sadullayev soʻzga chiqib, doimiy komissiya faoliyati yuzasidan hisobot berdi. Hisobotda doimiy komissiya majlislari, doimiy komissiya aʼzolari tomonidan saylovchilar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar, deputatlar tomonidan tashkil qilingan fuqarolar qabuli, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlariga, mansabdor shaxslarga yuborilgan deputat soʻrovlari boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.

Sessiyada Amudaryo akademik litseyi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Yoʻldoshov Otabek Yoʻldosh oʻgʻli tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi mudiri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq O.Yoʻldoshovni ushbu lavozimga tasdiqlash masalasi muhokama qilinib, bu masala boʻyicha qaror loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Shuningdek, sessiyada tuman Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi va shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026