16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:18
Adabiyot 👁 2,508

AZOB-UQUBAT... VA YoRUGʻLIK

AZOB-UQUBAT... VA YoRUGʻLIK

(Tarixiy, hujjatli hikoya)

Qilichboy arnaning chap qirgʻoq tarafi keng yaylov edi. Qutlimurod har kuni otasi bilan ana shu yerlarda otlari, tuya va qoʻylarini yoyib boqar, oʻzi tengi  bolalar bilan har xil oʻyinlar oʻynab, zavqlanardi. U bugun ham oq yolli saman otiga minib, qoʻylarini yaylovga haydadi. Qoʻy-qoʻzilarini oʻtloqqa yoyib, har kuni doʻstlari bilan birga soyasida hordiq chiqarib, kitob oʻqib oʻtirishadigan qoramon daraxti tomon yoʻnaldi. Shu dam orqasidan kimdir chaqirganday boʻldi. Qutlimurod ilkis orqasiga burildi. Burildi-yu, turgan joyida toshday qotdi. Dala yoʻlini changitib kelayotgan ikki nafar otliq, otliqlar oldida changga belangan, deyarli yugurib kelayotganidan harsillab qolgan otasini koʻrdi.

– Ha, boyning bolasi, nega anqayib qolding! – otliqlardan biri, hamqishlogʻi Sobir shoʻro (u shoʻro idorasida ishlardi) mensimay oʻshqirdi. Unga munosib javob qaytarishga shaylangan Qutlimuroddan oldin hamon harsillab nafas olayotgan otasi Doʻstmurod ota:

– Qutlimurod, bolam, qoʻylaringni, otlaringni birma-bir sanab, haydab kel, - dedi yigʻlaguday boʻlib.

Nimalar yuz berayotganiga aqli yetmay turgan Qutlimurod ota buyrugʻiga qarshi gap aytmadi-yu, "Nega?” deganday hayron boʻlib turib qoldi.

– Hov, garang! Senga otang suruvni haydab kel, birma-bir sana, dedimi? Nimaga anqayasan? – Oʻshqirdi ikkinchi otliq.

– Qoʻylarimiz bilan sening nima ishing bor! – Bu Qutlimurodning oʻzidan ikki yosh katta akasi Nurmurodning ovozi edi.

Otasining oldiga chiqib, qulochini kerib turgan Nurmurodga koʻzi tushgan Qutlimurod dadillashdi.

– Qoʻy-qoʻzi, otlar, tuyalar bizniki, ularni sening yeringda boqayotganim yoʻq, sanamayman ham, haydab ham kelmayman! – dedi otliqlarga tik boqib.

– Sanamaysanmi? Haydab kelmaysanmi? – Otdan tushib, qoʻlidagi qamchisini oʻynatib, oʻziga yaqinlashayotgan Sobir shoʻro birdaniga jazava bilan Qutlimurodni savalay ketdi. – Mana, senga! Mana, boyning bolasi...

Sobir shoʻro uni ayovsiz savaladi, oraga tushgan otasi bilan akasi ham anchagina qamchi zarbini totishdi.ogʻriqdan ingrab, tuproqqa belanib yotgan Qutlimurod hushidan ketdi. U koʻzini ochganida onasi uning tepasida yigʻlab oʻtirar, oʻzidan kichik ukalari burchakka tiqilganlaricha bir-birlariga suyanishib, uxlab qolishgandi.

– Otam bilan akam.., – dedi zoʻrgʻa Qutlimurod tilga kirib.

– Xudoga shukur bolam-yey, koʻzingni ochding, xudoga shukur, – onasi uni yelpiy boshladi. – Otang bilan akangni shoʻro idorasiga olib ketishdi, mol-hollarimizning hisobini olisharkan.

Qutlimurod "nega?” demadi. Boʻlayotgan ishlarga aqli yetmay, uzoq yotdi. Momataloq boʻlib ketgan yuz-koʻzi, badani tuz sepganday achishar, ogʻriq azobidan issigʻi koʻtarilib, goh hush, goh behush boʻlardi.

***

Oʻshanda 1937-yilning yozi edi. Sobir shoʻro tomonidan ayovsiz kaltaklangan Qutlimurod shu kundan boshlab yaylovga chiqmadi. Doʻstmurod otaning  qoʻrasidan 13 ta tuya, 40 qoramol, 14 ot va 2200 ta qoʻy-qoʻzi, ularga qoʻshimcha ot arava, chigʻir, gilam-palos va kigizlar ham xatlanib, Qilichboy qishlogʻida tuzilgan Stalin nomli kolxoz hisobiga oʻtkazildi.

– Jonimiz omon boʻlsa, mol-hol topiladi, – dedi otasi – Janjallashib, haqiqat talashib hech narsaga erisha olmaysizlar, kolxozga kirib ishlaymiz...

Otasi bilan akasining yonida Qutlimurod ham kolxozga aʼzo boʻldi. Ertadan kechgacha dalada, qazuvda ishlab, horib-tolib uylariga qaytishardi ota-bolalar. Shunday kunlarning birida uylari ostonasida harbiy kiyimdagi uch kishi paydo boʻldi.

– Siz qamoqqa olindingiz!

Eshikni ochgan Doʻstmurod ota sababini surashtirguncha boʻlmay, qoʻllariga kishan urishdi. Ichkaridan otilib chiqib, keluvchilar bilan haqiqat talashgan Nurmurodning ham boshiga otaning kuni tushdi, kishanband qilingan ota-bola ortida izillab yigʻlashayotgan bir etak ukalari va onasi bilan Qutlimurod qoldi...

Oradan bir oy oʻtdi hamki, taqdirlariga "xalq dushmani” degan tamgʻa bosilib, Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi qamoqxonaga tashlangan ota-bola oʻz ayblarini bilolmay garang.

– Axir hamma mol-mulkimizni kolxozga topshirgan edik-ku?! - Doʻstmurod ota oʻziga-oʻzi savol beradi-yu, javobini topolmaydi.

– Ota, nega bizni "xalq dushmani” deyishayotir?

Nurmurodning bu savoli qamoqxona devorlaridan nariga oʻtmaydi.

Eri bilan oʻgʻlining begunohligini isbotlay olmay, dili xufton boʻlgan ojiza ayol yoʻldan, eshikdan koʻzini uzmaydi. Bunga chiday olmagan Qutlimurod yoʻlga tushdi. Gurlandagi qamoqxona noziriga uchrashdi. Nozir u bilan gaplashgisi kelmay, qoʻrslik bilan qoʻliga bir parcha qogʻoz tutqazdi. Qogʻozda shunday soʻzlar yozilgandi. "Qilichboylik, "xalq dushmani”, Doʻstmurodboy Matniyozov va uning isyonkor oʻgʻli Nurmurod 1937-yil ... sanasida otuvga hukm etildi va  hukm ijro qilindi...”

Qutlimuod qon yigʻladi. Jigarbandlari koʻmilgan qabristonni ming azobda aniqladi. Gurlanlik yor-doʻstlari koʻmagida otasi bilan akasi koʻmilgan qabrlarni kovlab, mayyitlarni Qilichboydagi "Boʻz” qabristoniga olib borib dafn etdi...

***

Sagʻir qolgan ukalari, yuragi zardobga toʻlgan onaizorini olib oʻzi tugʻilib oʻsgan qishlogʻini tark etganida Qutlimurod 16 yoshda edi. Uning sargardon hayotiga, chekkan azob-uqubatlariga guvoh yer-u osmon yigʻladi oʻshanda. Och-yalangʻoch, bor bisotidan, kindik qoni tomgan ota makonidan bir umrga ayrilgan Qutlimurod 70-yildan ziyod haqiqat izladi. Yuragini ezib yotgan "Nega?” degan savol zalvorini koʻtarib yashadi. Uning dardlariga istiqlol malham boʻldi. El-yurtga fidoyi xizmat qilgan, Qilichboy zaminining gullab-yashnashi uchun butun kuch-qudratini, mol-u mulkini tikkan tadbirkor otasi Doʻstmurod Matniyozov va Nurmurod akasining begunoh, vatanparvar inson ekanliklarini Mustaqil davlatimiz tan oldi.

– Endi oʻlsam, armonim yoʻq, – dedi Qilichboydan ancha olisda, Amudaryo elining "Shoir qozoq” ovulida yashab, ovul ahlining faxriga aylangan keksa paxtakor Qutlimurod bobo (Qutim Doʻsimbetov) farzandlariga. – Shu yurtga, mustaqil Vatanimizga xizmat qilishdan hech qachon charchamanglar. Bunday kunlarni koʻrmoq uchun men 70-yildan ziyod yoʻl yurdim, azob-uqubat chekdim. Istiqlolning, ozodlikning, Haqiqat yalovining qadrini bilib yashanglar.

Qutlimurod bobo vafotidan oldin farzandlariga soʻnggi soʻzini aytdi:

– Har kuni quyoshga salom beringlar, bu Vatanning quyoshi endi  hech qachon botmaydi...

Robiya YOʻLDOShEVA, jurnalist.

(Foto - http://ijod.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019