16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:49
Qishloq xoʻjaligi 👁 8,095

MEHNAT ZAFARINGIZ MUBORAK, AZIZ PAXTAKORLAR!

Dehqonning har bir kuni ish mashaqqati va mehnat zavqi bilan oʻtadi. Ammo, yilda ikki kun borki, uning quvonchi va hayajoni oʻzgacha. Biri – yerga urugʻ qadagan kuni boʻlsa, yana biri – mehnatining mevasi xirmonga toʻplangan palla. Bugun – 2017-yilning 4-oktyabr kuni tumanimiz fermerlari uchun ana shunday quvonchli kun. Paxtakorlarimiz 27 ish kunida davlatga paxta sotish boʻyicha shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan bajardilar. Omilkor fermerlarimizning ishbilarmonligi, koʻp yillik boy tajribaga ega dehqonlarimizning peshona teri, mehnatsevar pudratchilar va qiyin-qistovli kunlarda ularga yordamga kelgan fidoyi hasharchilarning hamjihatlikdagi harakatlari natijasida 32715 tonnalik yuksak "oq oltin” xirmoni boʻy tikladi. Yetishtirilgan paxta hosili yuqori navlarga sotildi.

Albatta, hech bir zafar oʻz-oʻzidan yoki tasodifiy kelmaydi. Paxtachilikdagi bu mehnat gʻalabasi davlatimiz tomonidan yer egalari uchun yaratib berilayotgan sharoitlarning mevasidir. Bundan ancha yillar oldin Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda fermerlik faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi ana shu sharoitlarning eng asosiysi boʻldi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida bank-moliya sohasi, tabiiy va moddiy resurslar, texnika taʼminoti borasida oʻziga xos tizim yaratilgani fermerlarimizni yanada samarali ishlashga undamoqda.

Joriy yil erta bahordan 15850 gektarmaydonga S-47-27, "Buxoro-102”"Sulton”, "Buxoro-8 kabi navlardagi chigit qadagan dehqonlarimiz qulay ob-havo sharoiti hamda ekish ishlarining oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi natijasida dalalardan toʻliq nihol olishga erishdilar. Yer bilan tillashadigan dehqonlarimiz gʻoʻza nihollarini yaganalash, begona oʻtlardan tozalash, qator oralariga ishlov berish, sugʻorish va sespenziya, oziqlantirish, chilpish, defoliyatsiya kabi agrotexnik tadbirlarni ham aʼlo darajada amalga oshirdilar. Natijada dalalarimizda koʻzni quvontirgulik moʻl hosil toʻplandi.

Bu yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrildi. Mehnat unumdorligi va ish sifati birinchi navbatda ishchilar uchun yaratilgan qulay ish sharoiti va ularning salomatligi, moddiy va maʼnaviy manfaatdorligiga bogʻliq. Shu sababli ham joriy yilgi terim mavsumida terimchilarning ijtimoiy muhofazasi, ularga munosib mehnat sharoiti yaratish masalalari katta eʼtibor qaratildi.

Hasharchilar uchun dala boshida issiq ovqat tashkil qilinib, tuman madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari ularning dam olish paytida madaniy hordiq chiqarishlari uchun xizmatda boʻldi. Terilgan paxtalar kuniga 2 mahal oʻlchab olinib, terimchilarga mavsum boshidan beri jami 14,8 mlrd soʻmdan ortiq naqd pullar bank xodimlari tomonidan dala boshida tarqatildi. Shu kungacha topshirilgan paxta hisobidan fermerlarimizning 60,2 milliard soʻmdan ortiq daromad koʻrishi ularning oʻz mehnatidan moddiy manfaatdorligini oshirdi.

Tuman boʻyicha 306 ta terim otryadlariga birlashgan fermer xoʻjaligi ishchilari va pudratchilar, ularga yordam berish maqsadida hasharga chiqqan xoʻjalik hisobidagi korxona, muassasa va tashkilotlarning ishchi-xizmatchilari, ovul va mahallalarning uyushmagan aholisi, "Fidoyi yoshlar otryadi” aʼzolaridan iborat jami 28 715 nafar terimchilarning ogʻzibirchilikda qilgan mehnati samarasi sifatida bugungi yuksak xirmon yaratildi.

Terilgan paxtani tayyorlov punktlariga oʻz vaqtida yetkazib berishni taʼminlash maqsadida zarur texnika vositalari jalb etildi. Terimda yonilgʻi mahsulotlari taʼminotida uzilish boʻlmasligi uchun kerakli darajada zaxira yaratildi. Shuningdek, yonilgʻi-moylash mahsulotlarini bevosita dalaning oʻziga yetkazib berish uchun yonilgʻi tarqatish agregatlari ishga toʻliq shay qilib qoʻyildi. Baxtsiz xodisalar sodir boʻlishining oldini olish maqsadida yongʻin va texnika xavfsizligi boʻyicha zarur choralar koʻrildi.

Albatta, yetishtirilgan va yigʻib-terib olingan paxta xomashyosini qabul qilish va saqlash jarayonida tezkorlik va aniqlik muhim ahamiyatga ega. "Amudaryo paxta tozalash” aktsiyadorlik jamiyati va joylardagi tayyorlov maskanlarida paxtani qabul qilishdan tortib uni saqlash, qayta ishlash va sotishgacha boʻlgan barcha jarayonlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida elektron hisobot va nazorat tizimi joriy qilingani bu borada muhim ahamiyat kasb etdi. Paxtaning elektron tarozilarda tortilgani uni oʻlchash vaqtining kamayishiga, aniqligining oshishiga va bu borada ochiqlik taʼminlanishiga xizmat qildi. Paxta tozalash korxonasi huzurida monitoring markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyilgani esa fermer xoʻjaliklari, taʼminotchi, tayyorlovchi va xizmat koʻrsatuvchi korxonalar, soliq inspektsiyasi hamda paxta tozalash korxonasi oʻrtasidagi hisob-kitob va toʻlov tizimini soddalashtirish, paxta va gʻalla maydonlarida belgilangan agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qilishga yordam bermoqda.

Hasharchilarni ragʻbatlantirish va ruhlantirish maqsadida mavsum davomida ilgʻor terimchilarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Vazirlar Kengashi, tuman hokimligi va qator davlat, jamoat tashkilotlarining qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

 "Oq oltin”ning har bir tolasi – boylik. U ertaga qayta ishlanib, eksport qilinsa yoki oʻzimizda undan tayyor mahsulot ishlab chiqarilsa, eng avvalo davlatimiz byudjetining yuksalishiga, qolaversa el-yurt farovonligiga hissa boʻlib qoʻshiladi. Buni yaxshi tushungan tumanimiz paxtakorlari faqat shartnomani bajarish bilan cheklanib qolmay, daladagi hosilni soʻnggi misqoligacha yigʻib-terib olishni niyat qilganlar.

Fursatdan foydalanib, halol mehnatni umrining mazmuni, vatan taraqqiyotiga hissa qoʻshishni hayotining bosh shiori deb bilgan amudaryolik barcha paxtakorlarni, dehqon va fermerlarni, hasharchi va yordamchilarni bugungi yuksak mehnat zafari bilan tabriklaymiz! Halol mehnatingizning rohatini koʻring, aziz paxtakorlar!

Sultonboy YOʻLDAShEV,

tuman hokimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019