16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:31
Adabiyot 👁 2,118

NENIKI XOR TUTSANG...

NENIKI XOR TUTSANG...

(Voqeiy hikoya)

Fazilat kelin boʻlib tushgan xonadon unchalik katta emasdi. Qaynona-qaynotasi, eri, oʻzi va oʻzidan katta ovsinining bir oʻgʻil, bir qizi.

Fazilat bu oilaga kelin boʻlib tushganidan soʻng ikki oycha vaqt oʻtgach, qaynogʻasi va ovsini qaynonasining qistovi bilan Rossiyaga, hovli uchun pul topishga ketishdi. Ovsini Maryam avval bu gapni eshitganida "yoʻgʻ-e... men bolalarimni tashlab... qanday qilib... ” dedi yuragi dov bermay.

Keyinchalik qaynonasi bolalaringga oʻzim qarayman, ovsining qaraydi. Sizlar, ana, paxsasi tiklangan hovlingizni epaqaga keltirib olishga harakat qilinglar, – dedi qatʼiy. Bechora ayol oilaning qaroriga qarshi chiqolmay, eriga ergashib musofir yurtga ketganiga ham uch oydan oshib ketdi.

Fazilat shu haqda oʻylaganida tuppa-tuzuk muallim oʻgʻli, kelinini moʻmay pul umidida oʻzga yurtga yuborgan qaynonasiga, uning shunday qarorini maʼqullab turgan qaynotasiga hayron qoladi. Keyin "menga nima” deydi oʻzicha. Ha-da, unga nima. Moʻl-moʻl pul topib kelishsa, qaytanga unga yaxshi, tezroq hovlisini taʼmirlab olib, koʻchib ketishadi, bu hovlida keng uyning kelinchagi boʻlib oʻzi qoladi. Faqat... faqat unga biri olti, biri toʻrt yashar bolalarning osh-ovqatini berish, ust-boshini yuvishlar unchalik yoqmaydi. Qaynona, qaynota bordi-keldilar, tomorqa, mol tashvishlaridan ortmaydi, bolalarni yedirib-ichirib, qarash uning zimmasida. Fazilat shuning uchun bolalarga qattiqqoʻllik qiladi, ovqatni  toʻkmay yeyishni, uyni ivirsitib tashlamaslikni qattiq talab qiladi. Koʻnmasalar, doʻq urib qoʻrqitar, bu haqda hech kimga aytmaslikni topshirardi. Biroq, bola – bola-da, doim ham Fazilatning aytgani boʻlavermasdi. U buning ham ilojini topdi: chol, kampir yoʻq paytlarda ovqat bermay qoʻydi.

Oradan yillar oʻtdi.

Fazilatning pul topgani ketgan qaynogʻasi va ovsini uch yilcha shu yoqlarda qolib ketdi. Tez-tez qoʻngʻiroqlashib tursa-da, bolalar ularni juda sogʻinishgan, sogʻinch alamidan tobora asabiy, odamovi boʻlib borishar, ulgʻaygani sari Fazilatning jilovidan chiqib borishardi.

Butun oila jamul-jam boʻlishganida Fazilat bolalarga oʻzini juda gʻamxoʻr koʻrsatishga urinsa-da, hech kim yoʻq paytlarda ularni choʻriday ishlatib, alamini olib olardi. Uni bundan ham ortiq qiynayotgan muammo – boʻyida boʻlmayotgani edi. Nazarida bunga ham ovsinining oʻgʻil-qizi aybdorday, ularga zahrini sochib, alamini ulardan olardi.

Bugun Fazilat har kungidan ham erta turdi. Doʻxtirlarning emlashlari natija bermagach, qaynonasi qistovi bilan Toshkentga, malakali doʻxtirlar koʻrigidan oʻtib kelgani eri bilan poytaxtga joʻnayapti. U yoʻlxaltalarini tayyorlab boʻlib, odatdagicha  hovliga,  ulkan oʻrik tagidagi supada turgan xontaxta ustiga nonushta tayyorlamoqchi boʻldi. Supada aka-singil bamaylixotir uxlab yotishardi. Ularning bolalarcha begʻuborlik aks etib turgan maʼsum chehralariga qarab Fazilatning ilk bor koʻngli yumshadi, ilk bora shu bolalar oʻziniki boʻlishini juda-juda istadi. Ota-ona mehriga tashna bolalarni koyib, dagʻdagʻa qilib, oʻziga ortiqcha yuk, deb hisoblaganlariga ilk bor pushaymon boʻldi.

U hozir shu beozor uxlab yotgan norasidalarni bagʻriga bosib suyub-erkalagisi keldi. Shunda... shunda koʻnglini bir ayovsiz savol parmalab oʻtdi:

- Tortayotgan azoblaring shu begunoh norasidalarga bergan ozorlaringning jazosi emasmikan? Axir neniki xor tutsang, shunga zor boʻlasan, deyishadiku!

Fazilatning bolalarga choʻzilgan qoʻllari havoda muallaq qoldi...

Sevara ISMOILOVA,

3-sonli Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019