17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 19:02
Jamiyat 👁 3,258

NAVQIRON AVLOD – KATTA KUCh

NAVQIRON AVLOD – KATTA KUCh

Yoshlik! Umrning joʻshqin fasli. Yoshlik gʻayrat-shijoati va intilishi tufayli yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshayotgan yoshlar tumanimizning barcha  hududida ham uchraydi. Ammo shunday toifa yoshlar ham borki, vaqtinchalik ishsiz boʻlsalar-da, eldoshlarimizning tashvishiga yelka tutadilar, qiyin-qistovli kunlarda yeng shimarib, ishga kirishadilar, umum manfaatiga xizmat qilishga doimo tayyor turadilar.

Tumanimizda ana shunday olovqalb yoshlardan paxta yigʻim-terimida  paxtakorlarga koʻmakdosh boʻlish niyatida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan 17 ta "Fidoyi yoshlar otryadlari” tuzildi. Otryadlarga 840 nafar uyushmagan yoshlar qamrab olindi.

Yigʻim-terim surʼati kun sayin avj oldirilayotgan shu gʻanimat kunlarda uyushmagan yoshlar ham dehqonlar bilan bir safda mehnat qilib, tumanimizning yuksak paxta xirmoni bunyod etilishiga munosib hissa qoʻshmoqdalar.

Boʻyniga etak bogʻlab, dalalarda yaratilgan xalqimizning milliy boyligi – paxta terimida faol ishtirok etib, bugun kechagidan ham unumli ishlashga intilayotgan uyushmagan yoshlar uchun dala boshida barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan, issiq ovqat, qaynagan suv bilan taʼminlanib, terim pullari oʻz vaqtida hisob-kitob qilib borilayotir.

Qayerdaki, munosib mehnat sharoiti yaratilsa, unumli ishlashga ragʻbat uygʻotilsa, shu yerda muvaffaqiyatlarga erishiladi.

"Fidoyi yoshlar otryadlari” aʼzolarining mehnatini baholab, ragʻbatlantirib borish niyatida Kengashimiz tomonidan "Eng ilgʻor terimchi”, "Eng yaxshi otryad rahbari”, "Eng faol hamkor”, "Eng faol tashkilotchi” nominatsiyalari boʻyicha  gʻoliblar har 10 kunda aniqlanib, taqdirlanmoqda. Soʻnggi 10 kunlik yakunlariga koʻra, 7-otryad aʼzosi Marhabo Oʻrinboyeva "Eng ilgʻor terimchi”, deb topildi va unga qimmatbaho sovgʻa topshirildi.

Shuningdek, Shahlo Shomurodova, Marhabo Eshmanova, Dilnoza Qodirova, Shohida Jumamurodova, Gulzira Habiyeva kabi yoshlar boshqalarga oʻrnak boʻlib, 120-130 kilogrammdan  paxta terishayapti.

Uyushmagan yoshlarni "Fidoyi yoshlar otryadlari” safida paxta yigʻim-terimiga jalb qilish tufayli ularning ham qalbida oʻz mehnati bilan yurt ravnaqiga hissa qoʻshish ishtiyoqi juda kuchli ekanligini angladik.

Kelgusida ular bilan hamkorlikni yanada mustahkamlab, imkon qadar biror faoliyat turi bilan shugʻullanishlariga harakat qilamiz. Chunki navqiron avlod – katta kuch.

 

Mahmud ShERMETOV,

Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi.

(Foto - http://xayriddin.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026