16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:57
👁 3,904

MEHNATDAN KELSA BOYLIK…

MEHNATDAN KELSA BOYLIK…

2013 yil – Obod turmush yili

Obod hayot degan tushuncha muhtaram Yurtboshimizning taʼbiri bilan aytganda azal-azaldan xalqimizning ongu tafakkurida avvalambor farovonlik, toʻkinchilik, moʻl-koʻlchilik, qut-baraka, bozorlarda arzonchilik maʼnosini oʻzida mujassam etib keladi.

Qishloq ahli mana shu toʻkinchilik va moʻl-koʻlchilikni xazina hisoblanish bir parcha yeri – tomorqasi orqali yaratadi. Bugungi kunda yurtimizda oʻz tomorqasida oqilona mehnat qilib, katta daromad topayotgan, roʻzgʻoriga baraka kiritayotgan, oilasidan ortganidan bozorni obod qilayotgan kishilar koʻplab topiladi.

Quyida biz shaxsiy tomorqa xoʻjaligini rivojlantirib, oilasining toʻkin yashashiga, obod turmush kechirishiga sharoit yaratgan mehnatkash va ishbilarmon bir inson haqida hikoya qilamiz.

«Choykoʻl» ovulida Oʻrinboy Bozorboyevni faxriy oʻqituvchigina emas, balki ishning koʻzini biladigan dehqon sifatida ham yaxshi bilishadi.

Uzoq yillar tumanimizdagi 38-umumtaʼlim maktabida, keyinchalik tuman xalq taʼlimi boʻlimida ishlab, yosh­larga ustozlik qilgan Oʻrinboy aka keksalik nafaqasiga chiqqach, uyiga sigʻmay qoldi. Ishsiz qolish unga toʻgʻri kelmadi. Bolalari, kelinlari ishga ketishgach, hamma yoq huvillab qolganday, oʻzini yomon his qildi. Umr yoʻl­doshi Bibixadicha opa kuymalanib goh tomorqaga, goh mol-holga yuguradi. Ayoliga qarashib yurib miyasiga bir fikr keldi: «bozordan bir-ikkita mayda qoʻzi-uloq olib boqsam, ham ermak, ham yaxshigina daromad boʻlardi», - deb oʻyladi u.

Kechqurun bu fikrini oʻgʻillariga aytdi:

-Odamlar olib-sotarlik qilayapti, deyishmaydimi? - Oʻrtancha oʻgʻli Ikromjon ikkilanibroq otasiga yuzlandi.

-Shunday qilsak olib-sotarlik boʻlmaydi, bolalarim, - tushuntirdi u farzandlariga. - Axir biz kichik yoshdagi qoʻzi-uloqlarni sotib olib, boqamiz, semirtirib, keyin sotamiz, qolaversa, mehnat qilamiz-ku! Buni ishbilarmonlik deyishadi, ham oʻzimizga, ham xalqqa fo­y­da boʻladi.

Shu kuniyoq oilaning bor daromadi hisob-kitob qi­linib, bozor kuniga tayyorlab qoʻyildi. Lekin...

-Odam hamma vaqt ham oʻylagan rejasini amalga oshirishi qiyin boʻlar ekan, Allohning sinovimi, oilamiz ketma-ket dard va tashvish girdobida qoldi, - qiynalgan damlarini xoʻr­sinib eslaydi Oʻrinboy aka. - Avval kelin, keyin ayolim, oʻzim, birin-ketin oʻgʻillarim kasallanib bir oyogʻimiz shifoxonada boʻ­lib qoldi. Yetar-yetmaslik sababidan hatto hovli-joyimni sotmoqchi ham boʻlganman. Agar eshigim oldidagi 5-6 sotix yerimiz boʻlmaganida, bilmadim, hayotimiz hozir qanday kechardi...

Ogʻir xastalikdan oyoqqa turgan Oʻrinboy akaningshunday qarorga kelgani ayni ha­qiqat edi. Axir yeyman-ichaman, deb turgan 10-15 jon, buning ustiga oʻzi bilan ayolining nafaqa pulidan boshqa kirim boʻlmasa. Qora qozon qaynatishning oʻzi muammo boʻlib turganida hov­li-joyini sotib, kichikroq uy olishni reja qilishgandi oʻshanda. Oʻgʻillari hovli-joyni sotishdan koʻra tavakkal qi­lishni afzal koʻrishdi. Oʻr­tancha oʻgʻli Ikromjon tanish-bilishlaridan pul qarz oldi. Bu pulga ikki yil avvalgi tuzilgan reja boʻyicha bozordan bir-ikkita qoʻzi-yu uloq sotib olishdi. Oʻrinboy aka nevaralari bilan ularni oʻtloqqa olib chiqib boqdi. Bir oydan soʻng sal et boylagan qoʻzilarni sotib, koʻp­roq qoʻzi olishdi, oʻn-oʻn beshta tovuq olib kelishib, parrandalar sonini ham koʻp­aytirishdi. Qoʻy-qoʻzi, parranda soni oshgan sari oila dasturxoniga qut-baraka kirdi. Avvallari 4-5 tagina qoʻzi-uloq boqishgan boʻlsa, endilikda 50-60 ta qoʻy-qoʻzili, 5-6 ta qoramolli, bir gala parrandali kichik dehqon xoʻjaligi sohibiga aylangan sobiq muallim Oʻr­inboy Bozorboyevning bugungi turmush tarzi havas qilsa arzigulik. 25 sotix tomorqa xoʻjaligida mahalladoshlarining taʼbiri bilan aytganda «joningga ne kerak boʻlsa, hamma narsa bor».

Ertagi piyozdan tortib sabzavot va poliz ekinlarining barchasi gurkirab oʻsib yotadigan bu xonadondan odam oyogʻi uzilmaydi. Bibixadicha opa boshchiligidagi kelinlar avvallari qoʻshnilardan sut-qatiq, tuxum sotib olishgan boʻlsa, endi oʻzlaridan ortganini qoʻsh­nilarga, shaharga olib chiqib sotib kelishadi. Oʻsimlik yogʻi bilan shirinlikdan boshqa ham­ma narsa tomorqada yetishtiriladi. Bu yogʻini soʻrsangiz, parranda goʻshti-yu tuxum, sa­riyogʻ moʻl-koʻl. Har ikki oyda bir marta qoʻy soʻyilib, kelinlari har xil lazzatli taomlarni pishirib, dasturxonga tortishadi.

-Shu tomorqa xoʻjaligimizdan keladigan daromad oʻzimizga yetib, ortadi, - deydi shukronalik bilan Oʻrinboy Bozorboyev. - Ertagi piyoz, kartoshka, pomidordan har yili yaxshigina daromad olamiz, ayniqsa, ertagi kartoshkamiz xaridorgir boʻladi. Kartoshkaning birinchi chopigʻidan keyin egatlariga qovoq, kuzgi bodring ekamiz. Har biri bir quchoq shirin qovoq, chelak-chelak bodring terib olamiz. Kuzgi bugʻdoy oʻrniga esa mol oʻti yoki mosh ekib tashlaymiz. Parvarishidan qoʻ­lingizni uzmasangiz yozning oʻrtasida sepgan makkajoʻxori urugʻi kuzda mingta boʻlib xirmoningizni toʻldiradi. Bugʻdoy oʻrimidan keyingi ekkan makkajoʻxorining oʻzidan kamida 1 tonna makka doni, arava-arava yashil oʻt yigʻib olamiz. Faqat ishni oʻz vaqtida qilishni bilsangiz boʻldi.

Oʻrinboy akaning farzandlari biri-biridan mehnatkash, kelinlari uyim-joyim, roʻzgʻorim, deydiganlardan. Katta oʻgʻli Bahromjon ikkinchi guruh nogironi boʻlishiga qaramay, mehnat qilishdan aslo charchamaydi, oʻz oilasi tashvishlaridan ortib, otasiga koʻmak berib turadi. Oʻrtancha oʻgʻli Ikromjon bilan kenja oʻgʻil Azamatjonlar "Choykoʻl” ovulidagi fermer xoʻjaliklarida hisobchi boʻ­lib ishlash bilan birga oiladagi masʼuliyatlarini ham yaxshi his etadilar. Mol-hol, qoʻy-qoʻzilar parvarishi ularning asosiy ishiga aylangan. Kichkina Dostonbek ertalab va kechqurun qoʻy-qoʻzilarini qishloq chekkasidagi yaylovga yoyib, oʻtlatib qaytadi.

Xullas, bu xonadonda hammaning oʻz yumushi bor, hamma oʻz zimmasidagi ishni vaqtida, ixlos bilan bajarishga odatlanishgan. Oiladagi mana shu tartib va intizom bois, bundan 5-6 yil avval yetar-yetmaslik oqibatida hovli-joyini sotishga qa­ror qilgan Oʻrinboy muallim bugun mahallaning oʻziga toʻq, boy xonadon sohiblaridan biriga aylandi.

-Shu 25 sotix yerda dehqonchilik qilib, suruvli qoʻy-qoʻziga, qoʻra toʻla mol-holga, gala-gala parrandaga ega boʻldim, - deydi u mamnuniyat bilan. - Ikki oʻgʻlimga ikki joyda saroyday imorat tiklab berdim, qoʻsha-qoʻsha toʻylar qildim. Har yili hech boʻlmaganda bir marta oʻzim, ayolim, farzandlarim ham Oʻzbekistonning eng yaxshi dam olish maskanlarida dam olib, sogʻligimizni mustahkamlab qaytamiz. Ma­na, bir-ikki kun boʻldi, soʻlim Fargʻonaning «Chimyon» sanotoriysida yayrab dam olib keldim. Mustaqillikning sharofatidan bu! Mehnat qilib pul topdingmi, qandingni ur! Chiroyli kiy, yeb-ich, dam ol, mashina min! Bundan ortiq erkinlik, bundan or­tiq hurlik yoʻq. Daromadimizni chamalab koʻr­sam, bemalol mashina olishga qurbimiz yetarkan. Yaqinda oilamizga oʻzimizning Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan mashinalardan eng zoʻrini olishni reja qilayapmiz. Tomorqa xoʻjaligimiz orqasidan oilamizga buromaddan koʻra daromad kirishi koʻproq-da! Bugʻdoydan olgan hosilimiz ikki oʻgʻlimning oilasi bilan oʻzi­m­ning oilamga bir yilga yetib ortadi. Poliz va sabzavot ekinlari, meva-chevani-ku aytmasak ham boʻladi.

Oʻrinboy muallimning bogʻida ham oʻtgan kuzda hosil moʻl boʻldi. Uzumning oʻzidan bir dunyo meva yigʻib olib, omborxona shiftiga osib qoʻyishdi. Xalqimiz «bogʻni boqsang bor boʻladi, botmon dahsar yogʻ boʻladi» degan iborani bejiz aytmagan.

-Ming-ming shukur, yerni boqib boy boʻldim, ha­qiqiy Oʻrinboy, Oʻr­in­boy qoʻy­li degan nom oldim, - deydi faxriy muallim iftixor bilan. - Ayrimlar mehnatdan boshim chiqmaydi, shunda ham kosam oqarmaydi, deb nolishadi. Bunday deguvchilarga bir ogʻiz nordon gapim bor:

-Mehnatni vaqtida, bilib qil. Yerga urugʻni sochib, kuzda hosilini yigʻib olaman, deb bemalol yurmay, suviga, chopigʻiga, oʻgʻitiga qara. Shu­n­da yer ham, ekin ham, oʻzing ham yayraysan. Mehnat senga bayramday tuyuladi.

Kuyunchaklik bilan aytilgan ushbu gap Oʻrinboy muallimning mehnatga oddiygina munosabati. Agar chuqurroq oʻylab koʻradigan boʻlsak, bu uning oʻzini hurmat qilishni bilgan odam qachon va qanday mehnat qilib, uning rohatini koʻrishni ham biladi, degani. Bunday yashash esa oilaga nafaqat boylik, moʻl-koʻl daromad, balki xotirjamlik ham olib kelishi tabiiy. "Mehnatdan kelsa boylik, turmush boʻlar chiroylik” deganlari shu-da!

Suratlarda: 1. Oʻrinboy Bozorboyev farzandlari bilan birgalikda oʻz tomorqasidagi mevali daraxtlarga shakl bermoqda. 2. Oʻrinboy akaning nevaralari ham qoʻy-qoʻzilarni boqishga yaqindan yordam berishadi.

Robiya YOʻLDOShEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

www.amunews.uz muxbirlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019