17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 20:52
Jamiyat 👁 1,803

MAʼNAVIYaTLI VA MASʼULIYaTLI AYoL – JAMIYaT KOʻPKI

MAʼNAVIYaTLI VA MASʼULIYaTLI AYoL – JAMIYaT KOʻPKI

Oila – jamiyat tayanchidir. Oilalar farovon boʻlsagina, jamiyat rivoji taraqqiyot sari yuz tutadi. Ha, bu asrlar davomida sinalgan haqiqat. Ayol – oilaga baxt-saodat keltiruvchi farishta. U avvalo sadoqatli yor, sarishtali beka, mehribon ona, chidam va bardosh, sabr va toqat, zakovat, maʼnaviyat hamda goʻzallik va nafosat timsolidir. Ayolning oʻrni oilada ham, jamiyatda ham beqiyos.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ayolga, onaga shunday taʼrif beradilar: “Yer yuzida muqaddas degan soʻzga eng munosib zot bu – avvalo, Onadir. Xalqimiz ona siymosini doimo ulugʻlab, ardoqlab yashaydi, ayolni eʼzozlash, ayolga ehtirom koʻrsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi”.

Mamlakatimizda ayolga – onaga yuksak ehtirom koʻrsatish, qadrlash, ogʻirini yengil qilish, munosib turmush sharoitini yaratish, oila, onalik va bolalikni himoya qilish eng ustuvor vazifa sifatida  qarab kelinadi.  Chunki, ayol birinchi navbatda  u – ona, buyuk murabbiy, millat tarbiyachisi. Yurtimizda ayollarning huquqlari, erkinliklari va imtiyozlari qonunlar bilan mustahkamlangan.

Asosiy Qonunimiz boʻlgan Konstitutsiyamizda milliy xususiyatlarimiz eʼtibori va ramzi sifatida XIV-bobning “Oila” deb nomlanishi bejiz emas. 63-moddadan 66-moddagacha qamrab olingan ushbu bobda oila, onalik va bolalik huquqlari kafolatlangan. Jumladan, 63-moddada “Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega” deb koʻrsatilgan.

Jamiyatni ayol bunyod etadi. Shuning uchun, hatto, islom  taʼlimoti ham ayolni jamiyatning yetuk aʼzosi hisoblab, uning huquqlarini qaror toptirdi. Muqaddas dinimiz taʼlimoti ayolni hayotning barcha jabhalarida: ilm olishda, mehnat qilishda, meros olishda, jamiyat taraqqiyotida faol qatnashishda erkak bilan teng huquqli qildi. Muslima ayol jamiyat, siyosat sohalarida ham oʻz fikriga ega boʻldi. Bugungi kunda oʻzbek ayoli har sohada peshqadam. Oʻzining ezgu ishlari bilan jasorat koʻrsatayotgan ayollarimizdan har qancha oʻrnak olsa arziydi.

Ammo bugungi kunda ayrim ayollar sababli salbiy holatlarning kelib  chiqayotgani juda achinarlidir. Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ishtirokida  2017-yil 15-noyabr kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida mamlakatimizda joriy yilda roʻy bergan huquqbuzarliklar va jinoyatchilik holati tahlil qilinganda, ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Tumanimizda ham 2017-yilda xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda oilalarni oʻrganish, mavjud muammolarni bartaraf etishga koʻmaklashish, ayollarning, ayniqsa  ota-onalarning  huquqiy bilimini, oiladagi masʼuliyat hissini yanada oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.  Tibbiy-psixologik tarzidagi davra va yakka tartibdagi suhbatlar oʻtkazishga, notinch, farzand tarbiyasidagi noqobil oilalarni alohida nazoratga olib, individual ish olib borishga, eng muhimi, ayollarning ish bilan bandligini taʼminlash, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, voyaga yetmagan farzandlarining taʼlim-tarbiyasi boʻyicha ota-ona, mahalla, taʼlim muassasasi masʼuliyatini yanada oshirish masalalariga ham katta eʼtibor qaratildi. Shu maqsadda  tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshida “Ishonch telefoni” tashkil etildi.

Xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik va jinoyatni shu kunning oʻzida, yoki ertasiga voqea sodir boʻlgan mahallada keng jamoatchilikni jalb etgan holda muhokama etilayotganligi, “Payshanba – profilaktika kuni”da joylarda targʻibot tadbirlari  oʻtkazilayotganligi oʻz natijasini bermoqda. 2016-yilning 10 oyida tumanda xotin-qizlar tomonidan 34 ta jinoyat sodir etilgan boʻlsa, 2017-yilning 10 oyida 15 ta jinoyat boʻlib, 56 foizga kamayishga erishildi. Lekin bu  yetarli samara emas. Chunki jinoyat sodir etgan ayollarning oilalarida ham farzandlar voyaga yetayotir. Aslida bironta ham ayol jinoyatga qoʻl urmasligi lozim emasmi?!.

Xotin-qizlar qoʻmitasi, ichki ishlar boʻlimi, “Mahalla” fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimlari, “Yusuf eshon bobo” jomʼe masjidi imom-xatiblari bilan birgalikda jinoyatga moyilligi bor boʻlgan oilalarda, qoʻni-qoʻshnilar oʻrtasida tezkorlik bilan individual tarzda  tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilishi natijasida oʻnlab jinoyatlarning, oilaviy ajrashishlarning oldi olindi.

Oilalarda va mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, turli xil salbiy holatlarning oldini olish, xususan, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, oʻz joniga qasd etish, ish izlab chet davlatlarga noqonuniy chiqib ketish  natijasida odam savdosi qurboniga aylanish, farzandlar tarbiyasiga yetarli eʼtibor qaratmaslik, oilaviy ajrashishlar kabi holatlarning oldini olish birgina xotin-qizlar qoʻmitasining yoki ichki ishlar organlarining, yo boʻlmasa mahallaninggina ishi emas, balki barcha tegishli tashkilotlar, idoralar, jamoat tashkilotlarining oʻrtasida oʻzaro tezkor axborot almashish,  tizimli hamkorlik boʻlishini talab etadigan jarayondir.

Mehnatga layoqatli aholi, ayniqsa ayollar va yoshlar oʻzlariga munosib ish topa olmasligi, oilasiga yetarli daromad keltira olmasligi ham  oilaviy nizolarga, turli huquqbuzarliklarga olib keluvchi sabablardan biri hisoblanadi.

Bu borada aholi oʻrtasida olib borilayotgan turli xil tushuntirish, targʻibot tadbirlarining saviyasi, sifati, mazmuni ham juda katta oʻrin tutadi.

Qayerda eʼtiborsizlik, befarqlik, loqaydlik, muammo yoki masalaning chuqur ichiga kirmasdan yuzaki yondashish kabi holatlar boʻlsa, oʻsha yerda xatolar koʻpayadi. Olib borilayotgan ijobiy ishlar bilan birga kamchiliklar ham borligi ishimizni sifat va mazmun, samara va natija yuzasidan qayta koʻrib chiqishimizni, masʼuliyat, javobgarlikni  yanada oshirishimizni, eng muhimi, fidoyilikni talab etadi.

 Oilalar farovon boʻlsagina, jamiyat rivoji taraqqiyot sari yuz tutishi asrlar davomida sinalgan haqiqat. Oilada esa ayolning oʻrni beqiyos. Ha, ayol oʻz masʼuliyatini unutmasagina hayot farovon, turmush barakali va ziynatli boʻladi.

Maryam AHMEDOVA, tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026