16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:15
👁 3,374

OILANING USTUNI

OILANING USTUNI

"Toʻlqin" ovuli markazidagi fayzli bir xonadonga kirib borar ekanmiz, "mehnatdan kelsa boylik – turmush boʻlar chiroylik”, degan maqol bejiz emasligiga amin boʻldim.

Xonadon sohibasi - yuzlaridan nur yogʻilib turgan Karima hoji ona bizni ochiq chehra bilan qarshi oldi. Farzandlar kamolini koʻrib, pir-u badavlat keksalik gashtini surayotgan onaxon 1947-yil "Toʻlqin” ovulida tugʻildi. Suyagi mehnatda qotgan Karima ona esini taniganidan buyon dehqonchilik uning hayoti mazmuniga aylangan.

1966-yilda oʻzi kabi mehnatkash ovul yigiti Ahmad aka bilan turmush qurdi. Ahmad aka bir umr ovulda mexanik boʻlib xizmat qildi. Bu davrda tugʻilgan farzandlar ham ota-onasi kabi mehnatsevar boʻlib voyaga yetishdi. Ular 8 nafar farzandlarining barchasi oʻqimishli boʻlishini orzu qildi va bunga erishdilar.

Katta farzandi Koʻklan Kudenov Odessa Farmatsevtika Institutining farmatsevtika fakultetini bitirdi va malakali dorishunos boʻlib yetishdi. Shu oʻrinda bir narsani aytib oʻtishni istar edimki, "Koʻklan aptekachi” degan nomni bugungi kunda tumanda bilmaydigan odam boʻlmasa kerak. Dardiga darmon izlovchi xasta kishilar uchun uning dorixonasi najot eshigi boʻlib koʻrinadi. Xushmuomala, bilimdon bu dorishunos-shifokor qanchadan-qancha xasta koʻngillarga malham boʻlmagan deysiz.

Oʻgʻli Rustam "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman boʻlimida hisobchi boʻlib xizmat qilmoqda. Hurliqo va Gulnora ham uning izidan borib, hisobchi boʻlib yetishdilar. Rashid Samarqand davlat Universitetining kimyo-biologiya fakultetini bitirib, hozirgi kunda dorishunos boʻlib ishlayapti.

Oilaning keyingi farzandlari Xurshid, Jamshid, Bahodir ham tumanimizda farmatsevtika sohasida faoliyat yuritishmoqda. Ular ham Koʻklan akasining kasbiga mehr qoʻyishgan.

Oiladagi 6 oʻgʻil, 2 qizning barchasi oʻqimishli, el koriga yaragan, oʻzlariga yetarli obroʻga ega boʻlib yetishdilar. Bunday barkamollikning orqasida Ahmad ota va Karima hoji onalarning fidoyiliklari mujassam.

Karima ona paxta dalasida mehnat qilish bilan birga xonadon tomorqasida dehqonchilik qilar, Ahmad ota ertadan kechgacha el xizmatida, qishloqda mexanik boʻlib ishlar edi. Bu orada boʻy koʻrsatgan farzandlar ham ota-onaga eng yaqin koʻmakdosh boʻla boshladilar. Farzand tarbiyasini muhim deb bilgan ota-ona ularni odamiylikka oshno, mehnatsevar qilib oʻstirdi, har bir ishni pishiq-puxta bajarishga oʻrgatdi.

Yillar shu tarzda oʻtaverdi, farzandlar birin-ketin oliy oʻquv yurtini tamomlab, mustaqil faoliyat yurita boshladi, ota-ona ularni oilali, uyli-joyli qilishdi. Endi bu xonadon faqat mehnatsevar, ochiq koʻngilligi bilan emas qoʻni-qoʻshni, ovul oʻrtasida oʻqimishli farzandlari bilan ham obroʻ-eʼtiborga ega boʻla boshladi.

Toʻsatdan oila boshligʻining vafoti ona va farzandlarini esankiratib qoʻydi, ona oʻzini qoʻlga oldi, farzandlariga ibrat boʻlib, oilani boshqara boshladi, endi u ham ota, ham ona, katta oilaning ustuni edi.

- Taqdir ekan, endi paygʻambar yoshiga yetgan edi, - deya xoʻrsinadi onaxon.

Ayol xonadon fayzi, obodonligi ramzi. Karima ona koʻp yillar paxta dalasida, keyinchalik 10-yil davomida bolalar bogʻchasida ishladi. Oila sarmoyasi  birmuncha toʻplanganidan keyin farzandlari bilan bamaslahat Mangʻit shahrida goʻzallik salonini ishga tushirib, toʻrt nafar qizni ish bilan taʼminladi.

Ovul markazida hashamatli toʻyxona qurdirib, unga "Ahmedova Diana” deb nom berdi, endi ovuldagi toʻy va quvonchli marosimlar shu toʻyxonada oʻtkazila boshladi.

Toʻyxonada 8 nafar ovul yoshlari ish bilan taʼminlandi.

Makkai Mukarrama, Madinai Munavvarani ziyorat qilish har bir musulmonning orzusi, bu orzuga erishish ham baxt. Karima onaga ham shunday baxt nasib yetdi. 2011-yilda Muborak Haj ziyoratiga borib, hoji ona boʻldi.

Tinib-tinchimagan onaxon oʻgʻillariga bosh boʻlib toʻyxona yonida tikuvchilik tsexini ishga tushirdi, 7 nafar qishloq qizlarini ish bilan taʼminlashdi. Hozirgi kunda katta farzandi Koʻklan aka Mangʻit shahrida hashamatli 2 qavatli dorixona binosi qurdirib, ishga tushirish arafasida, dorixonaning shundoqqina yonboshida goʻzallik saloni faoliyat yuritmoqda.

8 nafar farzand, 6 ta kelin, 2 nafar kuyov, 23 nafar nevara ardogʻida, toʻkin-sochinlikda, baxtiyor yashayotgan bu onaxonga uzoq umr, yaxshi niyatlar bildirib xayrlashar ekanmiz, Muborak Ramazon oyida boʻlgan bu ziyoratdan mening ham koʻnglim koʻtarildi: bu oyda qilingan barcha yaxshi ishlar savobga aylanishidan, qilingan barcha ezgu tilaklar ijobat boʻlishidan, kamtarin, shirin soʻzligi, obroʻsi bilan el hurmatini qozonib yashayotgan, qalbi ezgulikka oshno Karima hoji ona va uning farzandlari kabi hamyurtlarim borligidan suyundim.

Feruza RAZZOQOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019