17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:36
Siyosat 👁 1,638

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining boʻshab qolgan oʻrinlarga 2017-yil 17-dekabrda boʻlib oʻtgan saylov natijalari toʻgʻrisida AXBOPOT

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining boʻshab qolgan oʻrinlarga 2017-yil 17-dekabrda boʻlib oʻtgan saylov natijalari toʻgʻrisida AXBOPOT

Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov boʻyicha tuman saylov komissiyasi tomonidan 2017-yil 16-noyabr kuni “Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashida boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovini oʻtkazish kunini belgilash toʻgʻrisida” qaror qabul qilinib, qarorga muvofiq 2017-yil  17-dekabr kuni 1-Navoiy, 10-Toshyop saylov okruglarida deputatlar saylovi boʻlib oʻtdi.

Tuman saylov komissiyasining qaroriga muvofiq saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi 2 ta  okrug saylov komissiyasi va 2 ta uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlandi.

Uchastka saylov komissiyalari joylashgan xonalar “Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalari ishini tashkil qilishga oid Oʻzbekiston Pespublikasi Markaziy saylov komissiyasining eslatmasi”ga asosan toʻliq jihozlandi.

Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora amalga oshirildi. Saylovlar umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri, yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan jami 4 nafar, jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasidan 1 nafar, “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan 1 nafar, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 1 nafar, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan 1 nafar nomzod koʻrsatildi. Koʻrsatilgan nomzodlarning barchasi tuman saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olindi.

Saylovga doir barcha materiallar “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida eʼlon qilindi. Saylovga tayyorgarlik jarayoni Amudaryo televideniyesi, “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari hamda amunews.uz veb-saytida, shuningdek, tuman hokimligi va xalq deputatlari tuman Kengashining rasmiy saytlarida yoritib borildi.

Oʻrni boʻshab qolgan saylov okruglari boʻyicha 4554 nafar fuqaro saylovchilar roʻyxatiga kiritilib,  2017-yil 17-dekabr kungi saylovda ularning 3870 nafari, yaʼni 84,9 foizi ishtirok etdilar.

Okrug saylov komissiyalarining xalq deputatlari tuman Kengashiga saylovlar boʻyicha saylov natijalari haqida taqdim qilgan yigʻilish bayonlarini tekshirib chiqib, tuman saylov komissiyasi barcha saylov okruglarida saylovlar Oʻzbekiston Pespublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ravishda oʻtkazilganligini qayd qiladi.

Saylov natijalariga koʻra, xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan quyidagi deputatlar tuman saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olindi:

1. Kushayev Ashirbay Baltabayevich, 1961-yilda tugʻilgan, partiyasiz, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Amudaryo tuman Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, “Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman boʻlinmasi raisi. Amudaryo tumani Navbahor koʻchasi, 12 uyda yashaydi, 1-Navoiy saylov okrugi;

2. Beknazarova Muqaddas Norim qizi, 1978-yilda tugʻilgan, OʻzLiDeP aʼzosi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Amudaryo tuman Kengashi raisining diniy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari. Amudaryo tumani Kimyogarlar koʻchasi, 26-uyda yashaydi, 10-Toshyop saylov okrugi.

Yuqoridagilarga asosan, tuman saylov komissiyasi 2017-yil 17-dekabrda saylangan ikki nafar deputatning vakolatlarini qonuniy deb eʼtirof qiladi.

Oʻzbekiston Pespublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq 2017-yil 29-dekabr kuni boʻlib oʻtgan xalq deputatlari tuman Kengashining 40-sessiyasi qarori bilan yangi saylangan deputatlarning deputatlik vakolatlari eʼtirof etildi.

Anvar KAMOLOV, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylov boʻyicha tuman saylov komissiyasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026