16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:51
Jamiyat 👁 2,578

BARChAMIZ BIR OILAMIZ

BARChAMIZ BIR OILAMIZ

Biz - oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman va boshqa millat vakillari bir yagona Vatan – Oʻzbekiston farzandlarimiz. Ota-bobolarimiz shu zaminda oʻsib-ulgʻayishdi va bu muqaddas zaminni bizlarga bebaho meros qilib qoldirishdi. Bizlar ham shu zaminni oʻz uyim-oʻlan toʻshagim, deya ardoqlab, unib-oʻsib, tubimiz bir, shoxlarimiz ming boʻlib koʻpaymoqdamiz.

Bu yil bahorda sakson yoshni toʻldirib, sakson birga qadam qoʻydim. Olma - Ota zooveterinariya institutida oʻqib, 1958-yili zootexnik mutaxassisligi boʻyicha diplomga ega boʻlib, oʻzimizning Amudaryo tumaniga qaytdim. Uzoq yillar tumanimiz chorvachilik sohasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritdim.

Oilaviy hayotimga toʻxtaladigan boʻlsam, rafiqam Guljonoy Yesimbet qizi bilan 55-yildan buyon katta va ahil oilani boshqarib kelmoqdamiz. Biz besh nafar oʻgʻil, toʻrt nafar qizlarni tarbiyalab voyaga yetkazdik va ularning barchasini uyli-joyli qilib, mustaqil hayotga yoʻlladik. Ulardan oʻttiz nafardan ziyod nevara va evara koʻrib, baxtli-saodatli hayot kechirmoqdamiz.

Maʼlumki, mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari bir oilaning aʼzolaridek ahil va inoq hayot kechirishmoqda hamda ular jamiyatimizning yanada rivojlanib, gullab-yashnashi yoʻlida xizmat qilishmoqda. Eng quvonchlisi shundaki, yurtimiz tinch-osoyishtaligidan koʻnglimiz toʻq, eng muhimi, milliy va irqiy kamsitishlar bizning mentalitetimizga mutlaqo yot narsa. Barcha millat vakillari teng huquqli. Hamma birdek munosib hayot kechirishga, mehnat qilishga, oʻqib, bilim olishga, oʻzi tanlagan kasb-hunar va mutaxassislikni egallashga, qobiliyatiga yarasha barcha darajadagi rahbarlik lavozimlarini yoki  ilm-fan darajalarini egallashga, oʻz vaqtida dam olib, sogʻligini yaxshilashga va nafaqaga chiqishga haqli. Bunga ota-bobolarim va mening oʻzim hamda farzandlarim hayoti,  umuman barcha millat vakillari, xususan bizning qozoq millatiga mansub kishilar hayoti guvoh. Shu davrgacha biron kishining sening millating qozoq, bizda bosh zootexnik yoki xoʻjalik rahbari boʻlib ishlashga haqqing yoʻq, deganini eshitmadim. Qaytanga  bir-birovni qoʻllab-quvvatlab, umum ishi uchun bir yoqadan bosh chiqarib jon kuydirib, vijdonan ishlash, fidoyilik koʻrsatish xalqimizga xos xususiyatdir. Umuman, barcha sohalarda hammamizning haq-huquqlarimiz bir xil teng. Bizda qaysi millat vakili boʻlishimizdan qatʼiy nazar, chinakam insonlarcha yashash uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Toʻy-maʼrakalarimiz bir, oʻzbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va boshqa millat vakillari bir-birlari bilan qiz olib, qiz berishib, quda-anda boʻlib umrguzaronlik qilmoqdamiz. Bizning mamlakatimizda barcha millat vakillari ham huquqiy, ham moddiy, ham maʼnaviy jihatdan teng hayot kechirishmoqda. Turmushimiz yildan-yilga yuksalib, farovon va obod boʻlmoqda. Barchamiz uchun qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berayotgan davlatimizdan, davlatimiz rahbari – muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovdan cheksiz minnatdormiz. Shunday betakror goʻzal, jannatmakon yurtda yashayotganimizdan benihoya baxtiyormiz. Ozod va obod Oʻzbekistonimiz hamisha bor boʻlsin!

Jonuzoq JAGʻALOV,

mehnat faxriysi, "Olmazor”mahallasi faoli.

(Foto - http://icc.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019