16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:56
Siyosat 👁 5,181

OʻZBEK XALQIGA TINChLIK VA OMONLIK KERAK!

OʻZBEK XALQIGA TINChLIK VA OMONLIK KERAK!

Bola edim. Onam oʻgʻil farzandlari hayotdan bevaqt koʻz yumganidan soʻng qizlar - uch opalarim va men tugʻilganimga oʻgʻil bolalarga havas qilibmi, akalarimning kiyimlari uvol boʻlmasin, debmi koʻpincha oʻgʻil bolacha kiyintirardi. Bundan ruhlanib koʻproq oʻgʻil bolalar bilan oʻynardim.

Bir kuni urush-urush oʻynayotib, qoʻlimda yogʻoch pistoletim bilan qochishga joy topolmay qolib, hovlida oʻtirgan enamning orqasiga yashiringanman. Ikki "nemis” meni topolmay qaytib ketdi. Shunda men "pistolet”imni baland koʻtarib, "Ura! Gʻalaba” deb qichqirdim. Bolalarcha bu oʻyinimizda deyarli mantiq boʻlmasa-da enam rahmatlik "Bu nimasi, hah oʻyinlaring qurib ketsin, boʻldi endi, boshqa bunday oʻyin oʻynamanglar”, dedi zorlanib.

Yillar oʻtib, ulgʻayganimda enamning uch bolani eri vafotidan soʻng yolgʻiz oʻzi voyaga yetkazib, ayni 22 yoshida oʻrtanchasi, yaʼni otamni ikkinchi jahon urushiga yuborib, besh yilni yolgʻiz oʻgʻli qaygʻusida jon hovuchlab oʻtkazganini bildim. Bizning hatto urush-urush oʻyinimizdan ham enam nega bunchalar dahshatga tushganini keyin angladim.

Men urushni koʻrmagan boʻlsam-da, otamdan, urush faxriylaridan bu haqda koʻp eshitganman.

Keyinchalik men tengi avlod endi voyaga yetganida Afgʻon urushi boshlandi. Koʻp doʻstlarim, qarindoshlarim mazkur urushga jalb etildi. Kasbim taqozosiga koʻra tumanimizning Afgʻon urushida qatnashgan yigitlari bilan koʻp hamsuhbat boʻldim. Afgʻon tuprogʻida bevaqt halok boʻlgan tumanimizning 13 nafar oʻgʻloni haqida koʻrsatuvlar tayyorladim. Va anglaganim shu boʻldiki, oradan 65 yildan ziyod vaqt oʻtsa-da ikkinchi jahon urushi, 30-yilcha oʻtib afgʻon urushi hamyurtlarimiz qalbiga solgan jarohatlar, jabr-sitamlar hali unutilgani yoʻq. Bolamlab yigʻlagan onalarni koʻrganimda iloyo urushning nomi oʻchgay, deya tilaganman, yuraklarim ezilgan.

Ha, urush ayriliq, vayronalik, jabru sitam, azob-uqubat, degani.

Istiqlol tufayli barcha jabhalarda shiddat bilan rivojlanishga erishayotgan mamlakatimizning har bir fuqarosi bugungi tinch-farovon, dorilomon kunlarga shukrona aytib yashamoqda. Ertangi kunimiz bugungi kunimizdan-da nurli, sururli boʻlishiga intilmoqda.

Afsuski, xalqaro vaziyatning tezkorlik bilan oʻzgarishi, yer yuzining turli nuqtalarida yangi nizo oʻchoqlarining paydo boʻlishi nafaqat biz, balki butunjahon jamoatchiligida katta tashvish tugʻdirmoqda.

Ayniqsa oradan 30-yildan ziyod vaqt oʻtib ham Afgʻonistonda qaltis va tahlikali vaziyatning saqlanib qolayotgani yaqin qoʻshni boʻlgan mamlakatimiz tinchlik-osoyishtaligiga xavf boʻlib qolayapti. Shu boisdan ham Yurtboshimiz afgʻon zaminida tinchlik oʻrnatish dolzarb vazifa ekanligini nufuzli minbarlarda qayta-qayta taʼkidlamoqda.

Yurtboshimiz I.Karimov Afgʻoniston mojarosini jahon hamjamiyati yordami bilan, mamlakat ichki ishlariga tashqi kuchlarning aralashuvisiz, tinch muzokaralar yoʻli bilan hal qilish taklifini ilgari surganini koʻpgina davlatlar qoʻllab-quvvatlamoqda.

Joriy yil 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Yurtboshimiz ommaviy axborot vositalari xodimlariga bergan intervyusini oʻz ichiga olgan, oʻzbek va ingliz tillarida nashr etilgan "Oʻzbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak" risolasida ham shu xususda toʻxtalib, Afgʻonistondagi mavjud ahvol naqadar jiddiyligi, uning yechimi boʻyicha tezkor harakat va chora-tadbirlar zarurligi haqida gapirdi.

Prezidentimizning bu tashabbusini, xulosa va takliflarini koʻpgina davlatlar namoyandalari va xalqaro ekspertlar qoʻllab-quvvatlashmoqda.

Yurtboshimizning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlari butun xalqimizning xohish-irodasiga hamohangdir. Ha, bizga, oʻzbek xalqiga, har bir kuni mamlakatimizni yanada ravnaq toptirish yoʻlida muhim qadam boʻlib qolayotgan yurtdoshlarimizga tinchlik kerak, oʻz oʻchoq-boshidagi omonligi kerak!

Oygul RAJABOVA.

(Foto - http://xs.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026