16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:35
Siyosat 👁 1,199

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining qirq ikkinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining qirq ikkinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

2018-yil 8-yanvar kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining qirq ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquqni muhofaza qilish organlari, hokimlik boʻlimlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibida “Amudaryo tumanidagi “Yangiobod” va “Daryoboʻyi” mahallalarini boʻlish, chegaralarini belgilash, yangidan tashkil qilinadigan mahalla va shaharchaga nom berish hamda “Bosuv” mahallasi, “Choykoʻl” va “Oʻrta qalʼa” ovullari chegaralariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Amudaryo tumanidagi “Farovon”, “Doʻstlik”, Oybek mahallalaridagi ayrim koʻchalarga nom berish toʻgʻrisida”gi hamda “Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi va Kengash doimiy komissiyalarining 2018-yilga moʻljallangan ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi masalalar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan tuman hokimi S.Yoʻldashev soʻzga chiqib, hozirgi kunda tumanda 1 ta shaharcha, 16 ta ovul, 30 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari faoliyat koʻrsatib, ular tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy sohada samarali jamoatchilik nazoratini taʼminlashda, aholi keng qatlamlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda mahallaning roli oshib, oilaviy biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda fuqarolar yigʻinlarining hokimlik va boshqaruv organlari bilan hamkorligi kuchayib borayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Amudaryo tumanidagi “Boʻz yop” ovuli, “Yangiobod” va “Daryoboʻyi” mahallalarini boʻlish, chegaralarini belgilash va yangidan tashkil qilinadigan ovul va mahallalarga nom berish hamda “Bosuv” mahallasi, “Choykoʻl” va “Oʻrta qalʼa” ovullari chegaralariga oʻzgartishlar kiritish boʻyicha fuqarolar yigʻinlarining iltimosnomalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining         6-moddasi va Joʻqorgʻi Kenges Prezidiumining 2014-yil 14-martdagi 271-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shaharlar, posyolkalar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq tuman hokimining 2017-yil 29-maydagi 351-sonli qarori qabul qilinib, ularning iltimosnomalari maʼqullangan edi.

Yuqoridagi Nizomga asosan tuman hokimligi tomonidan barcha hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi huzuridagi geografik obʼektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga tegishli tartibda taqdim qilindi.  

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Joʻqorgʻi Kengesida ushbu takliflar tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan oʻrganib chiqilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 2017-yil 30-dekabrdagi 02-1094-sonli xati bilan tumandagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan yangidan “Farovon” mahalla fuqarolar yigʻini hamda “Daryoboʻyi” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan yangidan “Qipchoq” shaharcha fuqarolar yigʻinini tashkil etish hamda yangidan tashkil qilinayotgan fuqarolar yigʻinlariga tegishli shtat birliklarini ajratish, davlat byujdeti hisobidan mablagʻ manbalari bilan taʼminlashni 2018-yil byudjetiga kiritish, shuningdek, “Bosuv” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi “Noʻgʻoy Eshon” aholi punktidagi 109 oila va “Qassob qalʼa” aholi punktidagi 56 oila “Choykoʻl” ovul fuqarolar yigʻini hududiga oʻtkazilib, chegaralarini oʻzgartirishga kelishim berildi.

Deputatlar mazkur masala yuzasidan tayyorlangan tuman Kengashi qarori loyihasini muhokama qilib, bir ovozdan maʼqulladilar.

Kun tartibidagi xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi va Kengash doimiy komissiyalarining 2018-yilga moʻljallangan ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala yuzasidan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish hamda yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi, 6-“Olmazor” saylov okrugidan deputat Sh.Yangibayeva chiqib, tuman Kengashi va Kengash doimiy komissiyalarining joriy yilga moʻljallangan ish rejalari loyihasini oʻqib eshittirdi hamda deputatlardan ushbu ish rejani tasdiqlashni soʻradi.

Soʻzga 17-“Boʻzyop” saylov okrugidan deputat G.Matyakubova, 18-Xitoy saylov okrugidan deputat G.Babajanov, 24-“Oq oltin” saylov okrugidan deputat R.Urazbayevlar chiqib ish rejalar loyihasini tuman Kengashi Reglamenti, Kengash doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizom hamda Senat tavsiyalariga asosan siyosiy partiyalarning deputatlik guruhlari va nodavlat notijorat tashkilotlari takliflari inobatga olingan holda ishlab chiqilganligini aytib tuman Kengashi va Kengash doimiy komissiyalarining 2018-yilga moʻljallangan ish reja loyihasini maʼqulladilar.

Kun tartibidagi masalalar boʻyicha tegishli soha mutasaddilari, deputatlar soʻzga chiqib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Bildirilgan taklif, fikr va mulohazalar inobatga olingan holda tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019