16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:56
Siyosat 👁 2,744

Asriy orzular roʻyobi

Asriy orzular roʻyobi

Tarixdan maʼlumki, qaysi mamlakat biron-bir bosqinchilar tomonidan bosib olinsa, albatta, oʻsha mamlakatda ozodlik va istiqlol uchun kurash harakati boshlanadi. Chunki ozod tugʻilgan inson birovlarga qaram boʻlishni, boshqalarning zulmi ostida yashashni istamaydi. Bizning ajdodlarimiz, ota bobolarimiz qadim tariximiz davomida necha bor yovuz bosqinchilar hujumiga duch kelib, Vatanimiz ozodligi uchun kurash olib borganlar.

Oʻtgan asrning 80-yillari ikkinchi yarmidan boshlab Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida yurtimizda adolat, mustaqillik, tinch-osuda hayot uchun olib borilgan mardona harakatlar milliy ozodlik yoʻlidagi kurashlarning yorqin sahifasini tashkil etadi. Millat va xalq manfaatlarini oʻz diliga jo etgan respublikaning I.A.Karimov boshchiligidagi yangi rahbariyati mavjud ijtimoiy-siyosiy muammolarning mohiyatini anglab, ularning oqilona yechimini topish yoʻlida barcha kuch va imkoniyatlarini safarbar etdi. Avvalo aholining oʻtkir ijtimoiy masalalari hal etildi.

1989-yil 21-oktyabrda "Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Bu  Qonun qabul qilinishi mustaqillik yoʻlidagi salmoqli qadam boʻldi.

Oʻzbekistonda davlat mustaqilligini qoʻlga kiritish uchun haqiqiy kurash 1989-yildan boshlandi. Chunki bu davrda, sobiq tuzumning hamma xududlaridagi kabi Oʻzbekistonda ham ijtimoiy hayotning barcha sohalarida oʻta ogʻir vaziyat xukmron boʻlib, uni bartaraf etishga mustabid tuzum ojiz edi. Shu davrdan boshlab Oʻzbekistonda maʼnaviy hayotni rivojlantirish, madaniy merosdan foydalanish borasida ham dastlabki amaliy qadamlar qoʻyildi. Yurtimizning fidoyi farzandlari – Choʻlpon, Fitrat, Usmon Nosir, Abdulla Avloniy kabi adiblarning ijodiy merosini odilona oʻrganish olimlar oldiga muhim vazifa etib qoʻyildi.

1990-yilning 24-martida oʻzbek xalqi hayotida yana bir muhim voqea, mustaqillik yoʻlidagi tarixiy hodisa roʻy berdi. I.A.Karimov Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. Respublikada sobiq markaz tazyiqiga qaramay, ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi boʻlib prezidentlik boshqaruvi joriy etildi. Oʻzbekiston mustaqilligi yoʻlidagi yana bir muhim qadam 1990-yil 20-iyunda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik  Deklaratsiyasi qabul qilinishi boʻldi.  Mustaqillik  Deklaratsiyasida yurtimizdagi har bir millat oʻz taqdirini oʻzi belgilashi kafolatlanishi taʼkidlandi.

1991-yil 31-avgustda I.A.Karimov tashabbusi bilan Respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi chaqirilib, unda Prezidentimiz tomonidan Oʻzbekistonning Davlat mustaqilligi eʼlon qilindi. Sessiyada "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi toʻgʻrisida”gi Oliy Kengash Bayonoti qabul qilindi. Mazkur sessiyada "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilinib, 1-sentyabr Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi va 1991-yildan boshlab bu kun umumxalq bayrami va dam olish kuni sifatida mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda. Shuningdek, Oliy Kengashning oʻsha sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi haqidagi bu xujjatlar oʻzbek xalqining asriy orzusi roʻyobga chiqqanligining  huquqiy ifodasi edi.

Tarixiy orzu ushaldi. Xalqimiz siyosiy mutelik va mustabidlik asoratidan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat - Oʻzbekiston Respublikasi paydo boʻldi. Oʻzbekiston Davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan ogʻir, mashaqqatli kurashining qonuniy natijasi boʻldi. Oʻzbekiston xalqi oʻz mustaqilligini quvonch bilan kutib oldi. Xalqimizni yanada jipslashtirgan ana shu shodlik, oʻz elida oʻziga beklik tuygʻusi mamlakatimizni juda qisqa, 22-yil ichida taraqqiyotning zafarli yoʻllariga olib chiqdi.

Otabek XIDIRBOYeV,

NDPI qoshidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyi oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026