18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 02:33
Jamiyat 👁 981

MIBning Amudaryo tumani boʻlimi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda

MIBning Amudaryo tumani boʻlimi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohada tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Islohotlar aholi turmush darajasini yaxshilash, iqtisodiyotni yuksaltirish, yurtimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bugungi davr har birimizdan mana shu islohotlarni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshishimiz uchun faol boʻlishni talab qiladi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yoʻnalishlari koʻrsatib berildi. Mamlakatimizning yanada taraqqiy etishi uchun Murojaatnomada koʻrsatilgan bu ustuvor yoʻnalishlar barcha sohalar uchun dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.

Murojaatnomada Yurtboshimiz mamlakatimizdagi asosiy energiya resurslari narxlari haqida soʻz yuritib, bizda energiya va tabiiy gaz resurslari rivojlangan davlatlarga nisbatan bir necha barobar arzonligini aytib oʻtdi. Lekin shunga qaramasdan, energiya resurslaridan oqilona foydalanilmayotgani haqida davlatimiz rahbari jon kuydirib soʻzladi.

Aholi va boshqa obʼektlarning elektr energiya va tabiiy gaz resurslari boʻyicha toʻlov intizomini mustahkamlashda ijro ishi yuritish maqsadida Majburiy ijro byurosi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi tomonidan 113 ta holatda noqonuniy energiya resurslaridan foydalanganlik boʻyicha dalillar qayd etilib, shundan elektr energiyadan 91 ta, tabiiy gazdan 22 ta holat aniqlandi.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati boʻyicha 74 nafar shaxslarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik ishi qoʻzgʻatildi. Surishtiruv davrida 42 mln. 688,4 ming soʻm zarar aniqlanib, shundan 24 mln. 895,8 ming soʻm undirildi.

Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan 63 mln. 467,1 ming soʻm maʼmuriy jarima qoʻllanilib, shundan 45 mln. 86,1 ming soʻm undirildi.

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganlik holati uchun 17 nafar shaxslarga maʼmuriy huquqbuzarlik ishi qoʻzgʻatildi. Surishtiruv davrida 10 mln. 969,2 ming soʻmlik zarar aniqlandi, shundan 10,9 mln. soʻm undirildi.

Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan 15,6 mln. soʻm maʼmuriy jarima qoʻllanilib, jarimalar toʻliq undirildi.

Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi tomonidan elektr energiya boʻyicha 760 mln. 686 ming soʻmlik qarzdorlik uchun yuridik shaxslarning hisob raqamlariga inkassa topshiriqnomalari qoʻyildi va shundan 258 mln. soʻm undirildi.

Yurtimizda iqtisodiy rivojlanishga erishish uchun elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi manbalaridan oqilona foydalanishimiz hamda har biri uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirib borishimiz lozim. Bu borada loqaydlikka yoʻl qoʻymasdan, toʻlovlarni amalga oshirishga eʼtiborli boʻlishimiz kerak.

Z.Saidmamudov, Majburiy ijro byurosi

tuman boʻlimi boshligʻi, 1-darajali yurist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026