18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 05:57
Jamiyat 👁 1,563

Sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlash maqsadida sud ishiga aralashish holatlariga yoʻl qoʻymaslikni tartibga solish masalasi

Sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlash maqsadida sud ishiga aralashish holatlariga yoʻl qoʻymaslikni tartibga solish masalasi

Mustaqillik yillarida yurtimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Islohotlarning samaradorligi, jamiyatda adolat barqarorligi va qonun ustuvorligiga erishish koʻp omillarga bogʻliq.

Shu bois, avvalo, sudyalar mustaqilligini taʼminlash maqsadida sudyalar maqomining huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi. Yaʼni sudyalik lavozimiga tayinlanayotgan nomzod boʻyicha tuman va shahar jamoatchiligi fikrini oʻrganish tartibi joriy qilinadi.

Sud tizimida ishni toʻgʻri tashkil etish mexanizmini yaratish muhim masala boʻlib kelmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazkur sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladigan tarixiy ahamiyatga ega hujjat boʻldi.

Unda sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar, vazifalar belgilab berildi. Xususan, Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasini tashkil qilish taklifi ilgari surildi.

Ushbu komissiyaning asosiy vazifalari etib odamlardan kelib tushayotgan murojaatlar, xalq bilan bevosita uchrashuv va muloqot jarayonida koʻtarilayotgan masalalarni umumlashtirish, parlament soʻrovi orqali haqqoniy vaziyatni tahlil qilish, Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi bilan birga muammolarni hal etish kabilar belgilandi.

Mazkur Komissiyaning tashkil etilishi sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlashga, birinchi navbatda, sudyalarni odil sudlovga taʼsir oʻtkazadigan omillardan himoya qilish, sudlarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, sudyalar korpusi faoliyatini shakllantirishda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish, sud hokimiyatining faoliyatini tubdan yaxshilab, nufuzini yanada koʻtarish, sudlar tuzilishini takomillashtirish hamda sudyalarni tanlash va lavozimlarga tayinlash tizimini demokratlashtirish, mamlakatda qonun ustuvorligini, qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari tugrisida» 21.10.2016-yilgi PF-4850-sonli Farmoni bilan mamlakatimizda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi.

Va sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari sifatida sud hokimiyatining mustaqilligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipiga ogʻishmay amal qilinishini taʼminlash vazifasi quyldi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishda yangi bosqichni boshlab berdi.

Yana sudlarning mustaqilligini taʼminlashda muhim choralarning biri sud ishlarini hal qilishga aralashganlik holatlarini aniqlash, bu haqda xabar bergan sudyalarning daxlsizligini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2017-yil 7-avgustdagi 239-sonli qarori bilan “Sud ishlarini hal qilishga aralashganlik holatlarini aniqlash, bu haqda xabar bergan sudyalarning daxlsizligini taʼminlash toʻgʻrisida” Tartibi tasdiqlangan.

Sudyalarning sud qarorlarini biron-bir tashqi taʼsirsiz, faqat qonunga asosan qabul qilishi:

– Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi;

– sudyalarning mustaqilligi, faqat qonunga boʻysunishi; – sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi;

– sudyadan koʻrilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati boʻyicha biron-bir tushuntirishlar berishni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanganligi;

– ommaviy axborot vositalari oʻz xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan oʻzicha hal qilib qoʻyishga yoki sudga boshqacha tarzda taʼsir etishga haqli emasligi kabinormalari bilan kafolatlangan.

Sud ishlarini hal qilishga aralashish deganda fuqaro yoki mansabdor shaxs tomonidan muayyan ishni har tomonlama, toʻla va xolisona koʻrishga toʻsqinlik qilish yoki gʻayriqonuniy sud qarori chiqarilishiga erishish maqsadida qonunga xilof tarzda sudyaga qanday boʻlmasin biron-bir tarzda taʼsir etish tushuniladi.

Sudyaga qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish orqali sud ishlarini hal qilishga aralashish:

– sud binosi yoki boshqa joyda muayyan ishni hal qilishga qaratilgan talablar bayon qilingan plakatlar, lozunglarni namoyish qilish orqali noqonuniy piketlar, miting va namoyishlar uyushtirish va oʻtkazish;

– muayyan ishni hal qilishga qaratilgan talablar bayon qilingan holda ommaviy-axborot vositalari orqali kompaniyalar tashkil qilish;

– sudyaga yoki xalq maslahatchisiga muayyan ishni koʻrilishida hal qilish haqida talab qoʻyish, iltimos qilish;

– sudyaga yoki xalq maslahatchisiga yoxud ularning yaqinqarindoshlariga tahdid qilish;

– sudyaga yoki xalq maslahatchisiga taʼsir oʻtkazish maqsadida ularning yaqin qarindoshlari bilan oʻzaro munosabatga kirishish;

– sudyaga yoki xalq maslahatchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga va boshqa shaxslarga muayyan moddiy manfaatdorlikni taklif qilish;

– sud tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlarni, shuningdek hal qilinadigan shikoyat va arizalarni davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa muassasalar tomonidan “nazoratga olinganligi”ni maʼlum qilish va boshqa usullar bilan tayziq oʻtkazish;

– mansabdor shaxslar tomonidan muayyan ishlarni koʻrilishda mazmunan hal qilish yuzasidan topshiriqlar, yoʻllanmalar berish va boshqa harakatlar orqali sodir etilishi mumkin.

Sud raislari va rais oʻrinbosarlari mazkur sudning sudyalariga, shuningdek yuqori turuvchi sudlar raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari quyi sudlar raislari va sudyalariga ularning ish yurituvida boʻlgan muayyan ishlar va boshqa materiallarni mazmunan hal qilish yuzasidan topshiriqlar, yoʻllanmalar berishga haqli emaslar.

Sud ishlarini hal qilishga aralashganlik holatlari yuzasidan aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi shart ekanligi belgilangan.

Harakatlar strategiyasini faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi doirasida sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Yurtimizda sud-huquq tizimidagi islohotlarni izchil davom ettirish bundan keyin ham davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan boʻlib qoladi.

B.Keunimjayeva, Nukus tumanlararo

iqtisodiy sudi sudyasi:

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026