16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:59
Jamiyat 👁 2,957

MEHNAT TAʼTILINI QAChON UZAYTIRISh MUMKIN?

MEHNAT TAʼTILINI QAChON UZAYTIRISh MUMKIN?

Davlat korxonasida ishlayman. Mehnat taʼtiliga chiqqan vaqtimda tobim qochib, ikki-uch hafta kasalxonada davolandim.

Ayting-chi, ana shu holat eʼtiborga olinib, taʼtil kunlarim choʻzib beriladimi?

M. FAYoZOVA.
Yakkabogʻ tumani

— Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 145-moddasiga asosan, xodimlar quyidagi hollarda taʼtilni uzaytirish yoki boshqa muddatga koʻchirish huquqiga egadirlar: vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida; homiladorlik va tugʻish taʼtili muddati boshlanganda; yillik taʼtil oʻquv taʼtiliga toʻgʻri kelib qolganda; davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganda, basharti qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda bunday vazifalarni bajarish uchun xodimni ishdan ozod etish nazarda tutilgan boʻlsa.
Agar taʼtildan foydalanishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar taʼtil boshlangunga qadar kelib chiqqan boʻlsa, xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan, taʼtildan foydalanishning yangi muddati belgilanadi. Bunday sabablar taʼtil davrida kelib chiqqan hollarda esa taʼtil tegishli kunlar soniga uzaytiriladi yoki xodim bilan ish beruvchining kelishuviga koʻra taʼtilning foydalanilmay qolgan qismi boshqa muddatga koʻchiriladi. Xodim taʼtildan foydalanishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar toʻgʻrisida ish beruvchini xabardor qilishi shart.
Agar xodim belgilangan muddatda taʼtilning boshlanish vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilinmagan yoki unga taʼtil boshlangunga qadar taʼtil vaqti uchun haq toʻlanmagan boʻlsa, xodimning arizasiga muvofiq, taʼtil boshqa vaqtga koʻchirilishi belgilangan.

U. GAZIYeV,
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining yuridik boʻlimi mudiri.

BITTA KARTOChKADAN IKKINChISIGA
— Birovning nomidagi plastik kartochkada mavjud boʻlgan mablagʻni boshqa kishining plastik kartochkasiga oʻtkazish mumkinmi?

B. SOBIROV.
Urgut tumani

— Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 773-moddasida mijoz bankdagi hisobvaraqda turgan oʻz pul mablagʻlarini mustaqil tasarruf etishi belgilab qoʻyilgan.
Plastik kartochka egasining yozma arizasiga asosan, unga xizmat koʻrsatuvchi bank mijozning arizasida soʻralgan hisob raqamga plastik kartochkadagi mablagʻni koʻchirib beradi.
Shuningdek, 2005-yil 10-oktyabrda Adliya vazirligida 1518-son bilan davlat roʻyxatiga olingan "Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaning 34-bandiga muvofiq, jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan mablagʻlari ularning bank hisobvaraqlaridagi omonatiga kirim qilinishi mumkin.

U. MUSTAFOYeV,
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari.

EGASI YOʻQ MEROS
— Farzand vasiyat qilingan yerdan foydalanishni rad etsa, vasiyat qiluvchining boshqa merosxoʻri boʻlmasa, mulk qanday tasarruf qilinadi?

U. HASANOV.
Doʻstlik tumani

— Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1157-moddasiga koʻra, agar qonun boʻyicha ham, vasiyatnoma boʻyicha ham merosxoʻrlar boʻlmasa yoxud merosxoʻrlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega boʻlmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan boʻlsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi.
Meros mol-mulk meros ochilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining arizasi boʻyicha meros ochilgan kundan eʼtiboran uch yil oʻtganidan keyin sudning qarori asosida egasiz, deb topiladi. Meros mol-mulk, agar uni qoʻriqlash va boshqarish bilan bogʻliq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, koʻrsatilgan muddat oʻtishidan oldin egasiz, deb topilishi mumkin.
Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda, davlat mulkiga oʻtadi.

Q. TOFAYeV,
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari.

TELEKANALLAR UChUN MAXSUS QURILMA
— Yaqinda faoliyat boshlagan "Bolajon”, " Ma`daniyat va ma`rifat” hamda "Dunyo boylab” kanallarini negadir biz koʻrolmayapmiz. Surishtirsak, hozircha oddiy antennalarda ushbu kanallarni qabul qilib boʻlmas ekan. Xoʻsh, biz qachondan boshlab yangi kanallar koʻrsatuvlarini tomosha qila olishimiz mumkin?

I. VOHIDOV.
Bogʻdod tumani

— Hozirgi kunda "Bolajon”, "Ma`daniyat va ma`rifat” hamda "Dunyo boylab” telekanallari raqamli televideniye dasturlari paketi tarkibida uzatilmoqda. Ularni tomosha qila olish uchun "Telecom Innovations” qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan FTA, HD yoki SD turdagi raqamli qabul qilish qurilmalari(Set-top-box)ni xarid qilish lozim. Bunday qurilmalarni "Oʻzbektelekom” AKning "Yagona oyna” savdo markazlaridan sotib olish mumkin.

M. MAHMUDOV,
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.

IJARADAGI TAKSI
— Birovning nomidagi avtomobil bilan ishonchnoma asosida yoʻnalishsiz taksi xizmati koʻrsatish mumkinmi?

B. BOYDADAYeV.
Sardoba tumani

— Maʼlumki, jismoniy shaxslar yoʻnalishsiz taksi faoliyati bilan shugʻullanish uchun oʻz avtotransport vositalarini ijara shartnomasi asosida yuridik korxonaga topshiradilar. Ana shu avtoulovda ishlash huquqi uning egasiga yoki korxona rahbari tomonidan har qanday haydovchiga berilishi mumkin. Lekin ijara shartnomasi avtotransport vositasi egasi bilan tuziladi.

Sh. ShOVAHOBOV,
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi oʻrinbosari.

AVTOMOBIL VA MOBIL ALOQA
— Transport vositasini boshqarishda mobil aloqa vositasidan foydalanish taqiqlanganidan yaxshi xabardorman. Ammo mening avtoulovimda telefonning "Bluetooth” imkoniyatidan foydalanib, aloqani amalga oshirsa boʻladi. Yaʼni suhbatlashish uchun qoʻlni rul boshqaruvidan olish shart emas. Bu holat ham taqiqlanganmi?

J. KAMOLOV.
Kosonsoy tumani

— Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-noyabrdagi 241-sonli qaroriga asosan, haydovchilarning transport vositasini boshqarish chogʻida telefondan (shu jumladan, "Bluetooth” moslamalaridan foydalangan holda) foydalanishi taqiqlangan.

X. SAYDALIYeV,
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019