16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 15:02
Iqtisodiyot 👁 1,176

Amudaryoda yil boshidan beri 49 ta kichik biznes subʼektlariga jami 3 mlrd. 937 mln. soʻm kredit mablagʻlari ajratildi

Amudaryoda yil boshidan beri 49 ta kichik biznes subʼektlariga jami 3 mlrd. 937 mln. soʻm kredit mablagʻlari ajratildi

Hammamizga maʼlum, hozirgi davrda davlatning iqtisodiyotini rivojlantirish va barqarorligini taʼminlashda tadbirkorlik subʼektlari faoliyatining oʻrni alohida ahamiyatga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabr kungi Oliy Majlisga qilgan Murojaatida ham tadbirkorlik subʼektlariga nisbatan oʻtkazilayotgan noqonuniy tekshirishlar, xususiy biznes faoliyatiga asossiz aralashishga qarshi kurashni kuchaytirish kerakligi hamda shu maqsadda tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini tekshirish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish lozimligini bildirdi.

Shuningdek, 2018-yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” deb nom berilganligi munosabati bilan barcha tadbirkorlik subʼektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirishni 2-yilga toʻxtatilib, Bosh prokuror boshchiligida nazorat qiluvchi organlar rahbarlari har oyda namunali, faol tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni qiynayotgan muammolarni eshitish, qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan kamchiliklarni aniqlash
va bartaraf etish choralarini koʻrib borishi talabi qoʻyildi.

Ushbu murojaatnomadan kelib chiqib, Amudaryo tumani prokuraturasi tashabbusi bilan tuman hududidagi tadbirkorlik subʼektlari bilan har oyda tumandagi mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida uchrashuv va tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Ushbu uchrashuvlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan fuqarolarga faoliyatni yoʻlga qoʻyish, ishlarni tashkil qilish hamda rasmiylashtirish yuzasidan tegishli idoralardan tushuntirish va takliflar bildirildi.

Shuningdek, faoliyati toʻxtatilgan va harakatsiz turgan korxonalar rahbarlari yakka tartibda suhbatlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Tuman hududida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish maqsadida “Jahon taraqqiyoti va tiklanish banki” krediti asosida 2018-2019-yillarga moʻljallangan 60 ta loyihalarni qoʻshimcha ravishda amalga oshirish rejalashtirilgan va ularga ajratiladigan imtiyozli kreditlar miqdori 13287 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.

Bugungi kunda ushbu kreditlar asosida tumanda faoliyat yuritayotgan “Xoʻjakoʻl” hamda “Amudaryo sohili” fermer xoʻjaliklari tomonidan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 2 mlrd. 800 mln. soʻmlik kredit mablagʻlari hisobiga 132 ta naslli qora mollar Polsha Respublikasidan olib kelindi.

Shuningdek, “Oʻrta qalʼa chorvadori” agrofirmasi tomonidan “Asalarichilikni rivojlantirish” maqsadida 1 mlrd. 200 mln. soʻmlik shundan 1 mlrd. soʻmi bank krediti mablagʻlari hisobiga asalari oilalarini olib kelish va har bir hudud hamda fermer xoʻjaliklarida asalarchilikni rivojlantirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, baliqchilik, zamonaviy muzlatkichli omborxonalarni tashkil qilish, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni tashkil qilish yoʻnalishlarida loyihalar Davlat dasturiga kiritilgan.

Joriy yilda “Oʻzsanoatkurilishbank” Qoraqalpogʻiston filiali bilan 4 ta kam quvvatda ishlayotgan parrandachilik korxonalari boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqilgan.

Tuman hududida boʻsh turgan, kam quvvatda ishlayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash va kengaytirish yoki ular negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish yuzasidan “Mangit” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Umumiy ovqatlanish va savdo doʻkoni tashkil qilishga “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, joriy yilda ishga tushurilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning aprel oyi holatiga tumandagi tijorat banklari tomonidan 49 ta kichik biznes subʼektlariga jami 3 mlrd. 937 mln. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilgan boʻlib, shundan tadbirkorlik  subʼektlarining aylanma mablagʻlarini shakllantirish maqsadida 28 nafar tadbirkorlarga 1 mlrd. 750 mln. soʻm, ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida 3 nafar tadbirkorlarga 270 mln. soʻm kredit mablagʻi ajratilgan.

Shuningdek, tumandagi hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 15 nafar hunarmandlarga jami 503 mln. soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan.

Tadbirkorlik subʼektlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.

I.I.RAZAKOV, Amudaryo tumani prokurorining ish oʻrganuvchi katta yordamchisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026