16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:52
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,128

YuKSAK XIRMON - HAMJIHATLIK SAMARASI

YuKSAK XIRMON - HAMJIHATLIK SAMARASI

Tumanimiz paxtakorlarining joriy yilimiz uchun belgilangan rejani ado etganliklari toʻgʻrisidagi xushxabar shu elda istiqomat qiluvchi hammani ham quvontirib yubordi. Bu paxta – asosiy boyligimiz ekanligidan dalolat. Qolaversa, shu tumanda yashab, mehnat qilib yurgan odamning paxtachilikka aloqasi boʻlmagani kam, desak yanglishmagan boʻlamiz.

Quyida muxbirimiz Oygul Rajabova yozib olgan qishloq xoʻjalik korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar rahbarlarining shu xususdagi soʻzlarini oʻqiysiz.

 

Hakimboy SoATov, Oʻsimliklarni himoya qilish otryadi yetakchi mutaxassisi: - Qishloq xoʻjaligi ekinlari, xususan, paxta hosildorligini oshirishda dalalarga biologik ishlov berishning ahamiyati katta.

Joriy yil boshida biolaboratoriyalarimiz va tumanimiz fermer  xoʻjaliklari oʻrtasida paxta maydonlariga biomahsulotlar bilan zararkunanda, kasallik va begona oʻtlarga qarshi kurashishda ishlov berish boʻyicha servis xizmatlari koʻrsatish yuzasidan 389,3 mln. soʻmlik shartnomalar tuzildi. Yil mobaynida rejaga muvofiq oʻz muddatlarida dalalarga sifatli biologik ishlov berildi.

Trixogramma ishlab chiqarish rejasi 121, oltinkoʻz ishlab chiqarish rejasi 118, brakon ishlab chiqarish rejasi esa 121 foizga bajarildi.

Shuningdek, turli kasalliklar va zararkunandalarning koʻpayishining oldini olish maqsadida ekin maydonlari atrofiga, uvatlarga, ariq-zovurlar chetlariga ham biomahsulotlar tarqatildi.

Oʻsimliklarga biologik ishlov berish zararkunanda va kasalliklarga kurashda kimyoviy ishlov berishdan arzon va tabiatga zararsizligi bilan afzaldir. Shu boisdan ham keyingi yillarda biolaboratoriyalar faoliyatiga ulkan eʼtibor qaratilib, moddiy bazasi mustahkamlanmoqda.

Ekin maydonlariga biologik ishlov berishda qulaylik yaratish uchun biolaboratoriyalarimiz lizing asosida 16 ta motokolyaskalar bilan taʼminlandi. Toshkent bioorganik institutidan shartnoma asosida joriy yilda 10000 dona feromon tutqichlar, kley, kapsula va vkladishlar olib kelinib, har ikki gektarga bittadan qoʻyildi.

Tumanda qishloq xoʻjalik ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda 160 nafar dala nazoratchisi va 29 nafar entomologlar faoliyat yuritmoqda.

 

Maxset Matmurodov,"Amudaryo - Agrotexservis MTP” MChJ raisi: - Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishda har bir tadbirning meʼyorida olib borilishi muhim ahamiyatga ega.

Shu boisdanda bizning qishloq xoʻjalik korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi "Amudaryo-Agrotexservis MTP” masʼuliyati cheklangan jamiyatimizda mavjud texnikalar sifatli taʼmirlanib, kuzgi – bahorgi surimga shay qilib qoʻyiladi va yerlar tobida haydaladi.

Korxonamizda jami 23 ta, 8 ta "Magnum” 8940 rusumli, 8 ta MX-140 rusumli, 1 ta MX-135 rusumli va 6 ta VT-150 rusumli surim traktorlari mavjud boʻlib, bahorgi ekish davrida va kuzgi shudgorlashda samarali foydalanmoqdamiz.

Mavsum ishlarida surʼat yuqori boʻlishi uchun 34 nafar traktorchilarimiz bor va texnikalarimizni ikki smenada ishlatamiz.

Texnika dehqonning qoʻl-qanoti, degan ibora bejiz aytilmagan. Bizning traktorchilarimiz yerlarni sifatli haydab, ekin maydonlarining hosildorligi yuqori boʻlishiga, koʻzlangan marraning zabt etilishiga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshishmoqda.

Tumanimiz paxtakorlarining erishgan yuksak muvaffaqiyati bizning jamoamiz aʼzolarini ham quvonchga beladi. Chunki paxtachilik - asosiy dehqonchiligimiz, boyligimiz. Yil oʻn ikki oy dalada  mehnat qilib, el rizqini yaratayotgan dehqonlarimizga madad boʻlayotganimizdan quvonamiz.

 

Ulugʻbek Xudoyberganov, "QR qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aktsiyadorlik jamiyati tuman filialining 43-shoxobchasi mudiri: - Qishloq xoʻjalik korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi bizning filialimiz mehnatkashlarining ham bunyod etilgan yuksak xirmonda munosib ulushlari borligidan faxrlanamiz.

Xususan, 43-sonli shoxobchamiz ishchi xizmatchilari Bobur nomidagi ovulda faoliyat yuritayotgan 15 ta fermer xoʻjaliklariga shartnoma asosida belgilangan miqdordagi mineral oʻgʻitlarni yetkazib berishga erishdilar. Natijada gʻoʻza nihollari vegitatsiya davrida bir marta kultivatsiya, yaʼni qator oralarini yumshatishda oziqlantirish bilan birga olib borildi. 3-marta karbamid bilan suspenziya usulida oziqlantirildi.

Kuzgi yigʻim-terim oldidan gʻoʻzalarni defoliatsiya qilishning ham ahamiyati ulkan. Bu tadbir yetilgan koʻsaklarning tezroq ochilishini, barglarining toʻkilishini taʼminlaydi.

Sentyabr oyi boshida barcha gektarlarda defoliatsiya sifatli bajarildi.

 

Roʻzmat YuSUPOV, Mangʻit-Nazarxon irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari: - Tumanimizda bu yil belgilangan paxta xomashyosini yetishtirish maqsadida gʻoʻzani sugʻorish jadvali fermer xoʻjaliklari kesimida ishlab chiqilib, joylarda ijrosi taʼminlandi, dalalarda namlik saqlanishini uzaytirish maqsadida har 3 gektar maydonga bittadan, jami 5350 ta sharbat xandaklari qazildi.

Ekinlarni sugʻorishda suvdan samarali foydalanish maqsadida va sugʻorish ishlarini yaxshi tashkil qilish uchun 60 ta otryad tuzildi. Sugʻorish ishlariga fermer xoʻjaliklari tomonidan 3210 nafar suvchi, suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan 261 nafar xodim jalb qilindi.

Boshqarmamiz tomonidan shu kungacha 33,6 km. uzunlikdagi kanallar qazib tozalandi, rejadagi 5 dona oʻrniga 7 dona gidrotexnik inshoot, 6 dona suv oʻlchash postlari taʼmirlandi. 230,0 km. oʻrniga 288,4 km. ichki  xoʻjalik sugʻorish tarmoqlari tozalandi, ichki xoʻjalik sugʻorish tarmoqlaridagi 20 dona gidrotexnik inshoot, 88 dona suv oʻlchash postlari taʼmirlanib, suv sathini koʻrsatuvchi reykalar oʻrnatildi.

Xoʻjaliklararo kanallarni tozalash ishlariga 3 dona ekskavator, 2 dona buldozer va 2 dona zemnasos, ichki xoʻjalik sugʻorish tarmoqlarini tozalash ishlariga 5 dona ekskavator va 72 nafar ishchi jalb qilinib, ularning unumli ishlashlariga erishmoqdamiz.

 

Shukurullo Yusupov, tuman meliorativ tizimi boshligʻi: - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi "2013-2017 yillarda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 1958-sonli qarorining ijrosini taʼminlash yuzasidan jamoamiz aʼzolari bir ota-ona farzandlariday hamjihatlikda mehnat qilmoqdalar.

Tumanimizda 39584 gektar sugʻoriladigan maydonlar boʻlib, bu maydonlarda jami 1578,4 km. kollektor-drenaj tarmoqlari mavjud. Shundan 290,8 km. xoʻjaliklararo kollektorlar, 1287,6 kmichki xoʻjalik kollektorlari hisoblanadi.

Rejaga muvofiq barcha tarmoqlarda taʼmirlash va tiklash, rekonstruktsiya qilish ishlari oʻz muddatlarida olib borilayotganligi sababli ekin maydonlarimizning meliorativ holati yil sayin yaxshilanib borayapti. Bu esa oʻz navbatida yerlarning hosildorligi oshishiga va koʻzlangan rejadagi hosilni undirib olishga zamin yaratadi.

 

Zarifboy XOʻJAMURODOV, "Choykoʻl” ovulidagi 5-sonli fermerlarga yonilgʻi tarqatish shoxobchasi bosh operatori: - Bizning shoxobchamiz hududimizdagi 17 fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatadi. Mazkur xoʻjaliklarda 1135 gektar paxta maydoni mavjud. Yerlarni ekishga tayyorlashdan tortib to hosili yigʻishtirib olinguncha dala ishlarida qatnashadigan texnikalarga yonilgʻi-moylash materiallarini oʻz vaqtida yetkazib berib turdik. Har bir gektar paxta uchun yil mobaynida 248 kilogramm yonilgʻi sarflanishi koʻzda tutilgan boʻlsa, bularni oʻz vaqtida gʻamlab, texnikalarning toʻxtovsiz ishlashiga erishdik. Paxtachilik uchun 281,5 tonna yonilgʻi  yetkazib berishimiz kerak boʻlsa, shu kungacha 259 tonnasi sarflandi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019