16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:52
Fan va taʼlim 👁 2,694

Maktab imiji taʼlim sifatini belgilaydi

Maktab imiji taʼlim sifatini belgilaydi

Hozirgi kunda umumtaʼlim muassasalarining oʻziga xos imijini yaratish vazifa qilib qoʻyilmoqda. Xoʻsh, taʼlim muassasasi imiji nima? Imij – yaʼni oʻziga xos qiyofa – maktabning joylashishi, mevali, manzarali daraxtlar, gullar bilan bezatilishi, oʻquvchilarga taʼlim berish darajasi, oʻqituvchilarning salohiyati, taʼlim olayotgan yoshlarning yutuqlari, oʻqituvchi va oʻquvchilarning kiyinishi, muomala odobini ham oʻz ichiga qamrab oladi.

75 nafar tajribali va malakali ustozlar 736 nafar oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berayotgan bizning 11-sonli umumtaʼlim maktabimizda ham bugungi kun talablari oʻz aksini topmoqda.

Maktabimiz oʻquvchilarimizning har xil koʻrik-tanlovlarda, bilimlar bellashuvlarida, fanlar olimpiadasida erishgan koʻrsatkichlari boʻyicha tumanda birinchi oʻnlikdan joy olganligi ustoz oʻqituvchilarning qay darajada mehnat qilayotganliklarini koʻrsatadi.

Bola qalbi – ochilmagan qoʻriq. Uni tarbiyalash, ilmli qilish oʻqituvchi mahoratiga bogʻliq. Shularni hisobga olib, jamoamiz aʼzolarining malakasini oshirib borishiga erishayapmiz.

Maktabimizda oʻtgan oʻquv yili oxirida oʻquvchilarning sinf rahbari, ota-onalari ishtirokida majlis oʻtkazib, oʻquvchi maktab formasining yangicha imijini qabul qildik.

Yangi oʻquv yilida esa bolalar ana shu formada kelishlarini taʼminladik. Bu taklifimizni ota-onalar ham maʼqullashdi. Chunki yangi oʻquv yiliga oʻgʻlini, qizini kiyintirish uchun bozorga olib borgan ota-ona avvalo eng maqbulini tanlashda qiynaladi. Qolaversa, farzandi u qanday matodan tikilgan, yoshiga, gavdasiga mos kelganini emas, koʻrimli va qimmat kiyimlarni talab qilishi hammaga ayon. Bizning tanlagan formamiz esa 30-35 ming soʻmlar atrofida boʻldi. Bu ota-onalarni yangi oʻquv yiliga kiyim olib berish tashvishidan qutqardi. Eng muhimi esa sinfda barcha oʻquvchilarning tinch-xotirjamligini taʼminladi. Diqqatini chalgʻituvchi qimmatbaho kiyimlar kiyilishiga barham berildi. Oʻqituvchilarning ham maxsus maktab formada boʻlishi nur ustiga aʼlo nur boʻldi.

Maktab taʼlim-tarbiyasida ikkinchi darajali ishning oʻzi yoʻq. Sinfxonalarni, koridorlarni taʼlimga aloqador suratlar, ibratli maqollar, gullar bilan bezatish, koʻrgazmali qurollar asosida interfaol usullardan foydalanib darsni oʻtish kabi muhimdir. Chunki chor-atrofidagi goʻzallik bolaning didini oʻstirishga xizmat qiladi. Shu boisdan ham maktabimizning tashqi va ichki koʻrinishini imkoniyatlarimiz darajasida yaxshilashga harakat qilayapmiz. Obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirishga eʼtiborni kuchaytirib, kichik-kichik gulzorlar tashkil etdik. Kelgusi koʻklamda mevali, manzarali daraxtlar oʻtqazish uchun ariqlar qazib, tayyorlab qoʻydik va qaysi hududga qaysi sinf masʼul ekanligini ham belgiladik.

Oʻz kasbining fidoyisi, tinmay oʻz malakasini oshirib, bu bilimlarini oʻz joyida qoʻllab seminar-treninglar tashkil qilayotgan oʻqituvchilarimiz maqsadi muassasamiz ichki qiyofasi yaʼni taʼlim-tarbiya sifatini yuqori pogʻonalarga koʻtarishdir.

Ustoz niyati doimo ezgu boʻladi. Biz hozir sinfxona partalarida oʻtirgan bolajonlarimizning qiyofasida ertagi kunning yetuk insonlari, malakali mutaxassislarni, oʻz yurtining fidoyilarini koʻrgimiz keladi. Butun faoliyatimiz orzularimizning ijobat boʻlishiga qaratilgan.

Barcha oʻqituvchilarni, ustozlarni kasb bayrami bilan qutlab, shogirdlar kamolini koʻrib, uzoq umr koʻrishini tilayman.

Zulfiya YuSUPOVA,

11-sonli umumtaʼlim maktabi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019