16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:17
Salomatlik 👁 1,607

MIOKARD INFARKTI KASALLIGI HAQIDA BILASIZMI?

MIOKARD INFARKTI KASALLIGI HAQIDA BILASIZMI?

Miokard infarkti —yurak qon-tomir kasalliklaridan, oʻlimga olib keluvchi eng asosiy kasalliklardan biri sanaladi. Bu dardlardan har yili minglab insonlar olamdan koʻz yumayapti.

Yurak odam vujudining nihoyatda murakkab aʼzosi sanaladi. Yurak-qon kasalliklari keyingi 20-25-yil ichida ancha koʻpaydi va shifokorlarni tashvishga solmoqda. Kasallik inson oʻz salomatligiga eʼtiborsiz boʻlsa, dard avj olib, bezovtalik kuchayib ketsa-da, shifokor huzuriga bormasa, oʻz salomatligiga xavf solib qoʻyishi aniq. Yurak-qon kasalliklari orasida miokard infarkti toʻsatdan roʻy beradigan eng ogʻir va xavfli kasallik hisoblanadi. Qon aylanishi buzilishi natijasida yurak mushagining bir yoki bir qancha qismi nobud boʻlib, yurak faoliyati izdan chiqadi.

Miokard infarktning asosiy belgilari

Miokard infarktining asosiy belgilari — koʻkrak qafasining markazi (toʻsh orasi) gʻijimlab, achishib ogʻriydi. Yurak bezovta boʻlganida, ikkala qoʻlga, yuqoriga, orqaga, oyoqlarga, pastki jagʻ sohasiga tarqalib havo yetishmay qoladi. Ogʻriq bir necha soat, baʼzan bir necha sutka davom etadi va bemor boʻshashadi, muzdek ter bosadi, hatto oʻlim vahimasi boshlanadi, ozgina yursa, zinadan koʻtarilsa hansirab qoladi. Miokard infarkti koʻpincha yurak ishemik kasalligining zoʻrayishi davrida yuz beradi, bunda stenokardiya xurujlari kuchayib, tez-tez takrorlanib turishi kuzatiladi.

Miokard infarkti bemorning nihoyatda ehtiyotkorlik va qunt bilan davolanishi zarur boʻlgan ogʻir kasallik turi isoblanadi. Bemorni, albatta, kasalxonaga yotqizish kerak. Agar bemor uyda davolanayotgan boʻlsa, doimiy shifokor nazorati ostida davolanish tavsiya etiladi. Bemorning yaqinlari bu paytda uni toliqtirib qoʻymasliklari zarur boʻladi. Bemor kasalxonadan chiqqanidan keyin shifokor nazorati ostida davolanishni davom ettirib, kundalik tartibi qatʼiy belgilanadi. Uyqu 7 soatdan kam boʻlmasligi zarur. Yarim soatdan boshlangan toza havoda sayr qilish muddati asta-sekin ikki soatgacha uzaytiriladi. Keskin harakat qilish, sovuq havoda tez yurish xurujning qaytalanishiga olib kelishi mumkin.

Stenokardiya nima?

Stenokardiya ishemik kasalliklarning yengil xili boʻlib, «koʻkrak qisilishi» maʼnosini bildiradi. Chap tomon koʻkrak ustida ogʻriq, achishish alomatlari paydo boʻladi. Agarda xuruj inson asabiylashmagan, tinch holda ham uchrab tursa, bu stenokardiyaning oir turi hisoblanadi. Bemor qunt bilan davolansa, kasallik asoratsiz oʻtib ketadi.

Miokard infarktining kelib chiqish sabablari

Miokard infarktining rivojlanishiga

gipertoniya (xafaqon) kasalligi,

qandli diabet,

semirib ketish,

kamharakatlilik,

ruhiy kechinmalar,

kashandalik,

alkogolizm va boshqalar sabab boʻlishi mumkin.

Ushbu omillar qatoriga yana bir muhim bandni — kishi atrofida yuz berayotgan voqealarni yuragiga yaqin olaverishi holatini qoʻshish mumkin. Afsuski, turmushning har turli qiyinchiliklarini jiddiy va fojiaviy qabul qilish; hammasini ichga yutib yuraverish; yolgʻiz qolishga intilib, hech kimning maslahatiga quloq solmaslik; yaqinlar, doʻstlar yordamini olmaslik; tajribali ruhshunos yoki shifokorlarga murojaat etmasdan, ilojsiz vaziyatlardan chiqishga urinish koʻproq erkaklar tabiatiga xos. Shu «chora»lardan birini tanlaganlar vatinchalik stress, tushkunlik holatida kishini kuchdan qoldiradigan uzoq muddatli ruhiy hastaliklarga yoʻliqishadi.

Yurak ishemik kasalligining kelib chiqishini tezlashtiruvchi faktorlar

Yurak ishemik kasalliklari (stenokardiya, miokard infarkti, kardioskleroz) hozirgi vaqtda keng tarqalgan dardga aylangan. Buning asosiy kelib chiquvchi sabablari quyidagilar:

Tarkibida koʻp miqdorda xolesterin, uglevodlar, tuz boʻlgan yuqori kaloriyali ovqat isteʼmol qilish.

Chekish. Yurak ishemik kasalligidan toʻsatdan oʻlish hodisasi chekmovchilarga nisbatan kashandalar orasida besh marta koʻp sodir boʻlishi kuzatilgan.

Kam harakatlilik. Kam harakatli hayot tarzi, maʼlumki, kishi organizmidagi kaloriya balansi buzilishi natijasida semirishga sabab boʻladi.

Alkogol. Spirtli ichimliklar koʻpincha miokard infarktining roʻy berishiga sabab boʻlib, toʻsatdan yuz beruvchi oʻlim hodisalarining qariyb 39 foizi ichkilik ichish bilan bogʻliqdir.

Bundan tashqari, inson hayotida roʻy berib turadigan hayajonlanish, oilalardagi yoki ishxonalardagi har xil ikir-chikirlar, janjallar singari turli omillar ham yurak xastaliklarining rivojlanishiga turtki berib, yana ham zoʻraytiradi.

Miokard infarkti takrorlanishi mumkinmi?

Afsuski, takrorlanishi mumkin. Insultni boshidan kechirgan bemorlarning taxminan 14 foizi yana shu dardga chalingan. Shuni aytishim lozimki, kasallik qaytalanmasligi uchun hadeb bilib-bilmasdan qimmatbaho dorilarni sotib olmang, birinchi navbatda yuqorida nomi tilga olingan omillarni bartaraf eting. Ayrim bemorlarimiz yurak qon-tomirkasalliklarining ogʻir turlarini boshlaridan kechirgan boʻlsalar-da, spirtli ichimlik isteʼmol qilaveradilar, chekishni tashlamaydilar, yogʻli, qovurilgan, dudlangan taomlarni isteʼmol qilishdan oʻzlarini tiymaydilar.

Yurak qon-tomir kasalliklariga chalinganlar oʻzlarini qanday nazorat ilishlari kerak? Bu paytda qanday dorilar yonlarida boʻlgani maʼqul?

Infarkt va insult tomirlarga tromb tiqilib qolishidan kelib chiqadi. Miokard infarktida tromblar toj (koronar) arteriyada, ishemik insultda esa miya tomiriga tiqilgan boʻladi. Tromb qon laxtasi boʻlib, tomir devoriga yopishib oladi. U miya yoki yurak tomirlarini tiqiltirib, maʼlum bir qismini qondan mahrum qiladi. Shuning uchun yoningizda tromblarga qarshi eng koʻp qoʻllaniladigan dorilardan biri-bu aspirin boʻlishi lozim. Mutaxassislarning aytishicha, aspirin qabul qilish ayollarda infarkt qaytalashi xavfini 25 foizga, insult xavfini 22 foizga kamaytiradi. Erkaklarda esa 19 va 17 foizga kamaytiradi. Statinlar guruhidagi dorilar ham yurak qon-tomir kasalliklariga qarshi keng ishlatiladi. Ular organizmda xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Bu kasallikka chalingan bemorlar jismoniy mashqlar bajarishimiz mumkinmi, deb soʻrashadi. Jismoniy mashgʻulotlarni boshlashdan oldin oʻzingizning tayyorligingizni, imkoniyatlaringizni hisobga oling. Mutaxassis shifokorning tavsiyasisiz oʻz bilganingizcha ish qilmang.

Xikmat SABIROV, Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi

KTMP kardiolog shifokori.

Maqola «Jayxun sadosi» internet-radiosi tahririyatining

«Salomatlik – tuman boylik» loyihasi doirasida eʼlon qilindi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019