16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:44
Jamiyat 👁 2,403

TUBANLIKKA INTILGANLAR

TUBANLIKKA INTILGANLAR

Sharq xalqlari azal-azaldan ayolni aʼzozlab kelgan. Jamiyatimizda hozirgi kunda ham ayollarning roli beqiyos. Turli jabhalarda amalga oshirilayotgan islohotlar-u bunyodkorliklarda hissasi katta ularning.

Afsus nadomatlar boʻlsinki, ayol nomiga, oʻzi tengi pok qalbli, ezgu orzu-umidli ayollar nomiga dogʻ tushiradigan, hayotda oʻz oldiga maqsad qoʻyib maqsadlari sari intilib yashash oʻrniga tubanlikka intiluvchi ayollar ham bor.

"Qangli” ovulida istiqomat qiluvchi Gulzoda Hayitboyeva (ism familiyalar oʻzgartirib berilmoqda) ham shu yoʻlni tanladi. U halol mehnat qilib oʻz tugʻilgan elida hurmatli, obroʻli boʻlib yashash, oilasida farzandlarini barkamol insonlar qilib voyaga yetkazib, tinch-xotirjam umrguzaronlik qilishdan koʻra, egri yoʻlni tanladi. Egrilikning umri qisqa ekanligini oʻylamadi...

Gulzoda 2011-yilning sentyabr oyida tergov davrida shaxsini aniqlash imkoni boʻlmagan kimsadan 1 paketda sof vazni 5 gramm boʻlgan geroin giyohvandlik moddasini olib, oldindan tanish boʻlgan Taxiatosh shahri "Xorazm” koʻchasi 18 uyda yashovchi Bobur Soliyevga 600 ming soʻmga sotgan.

U turmush oʻrtogʻi Obotov Olloyor bilan jinoiy til biriktirib, 2011-yil 2-oktyabr kuni yana shu miqdordagi "ogʻu”ni Bobur Soliyevga sotgan. 28-oktyabr kuni shu faoliyat bilan qoʻlga tushgan Bobur oʻzini taʼminlab turgan ayol ismini, manzilini militsiya xodimlariga aytishidan qoʻrqib, goʻyo "izsiz yoʻqolishdi”. Yoʻq, narkobiznes er-xotin xato oʻylashgan ekan. Huquq tartibot xodimlari Gulzodani Rossiya davlatining Moskva shahrida qoʻlga olishdi.

Gulzoda Hayitboyeva qonunga xilof ravishda sotish, tashish, saqlash va isteʼmol qilish man etilgan giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanganligi uchun qilmishiga yarasha jazo oldi, olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, jazosi tayinlandi. Jazo muddatining oʻtalmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yil 5-dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 20 yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Qarorining 7 bandi "a” kichik bandiga asosan uchdan bir qismi qisqartirildi. 9 mln. 900 ming soʻmlik "Tiko” rusumli shaxsiy avtomashinasi esa jinoyat quroli sifatida davlat foydasiga musodara qilindi.

Ezgu, toʻgʻri yoʻl qolib tubanlikka intilgan Gulzoda bu odil hukmdan tegishli xulosa chiqarib olsa, qaniydi?!

"Xolimbeg” ovulida yashovchi Baxtiyor Murodov ham Gulzoda kabi tayyorlash, olish, sotish, tashish taʼqiqlangan giyohvandlik moddalar savdosi bilan shugʻullanib, baxtli va farovon yashashni orzu qilganlarning biri. U Xozarasp tumanida yashovchi tanishi Ilhom Toʻrayev bilan jinoiy til biriktirib, 85,33 gramm triyak (opiy) koʻp miqdordagi giyohvandlik moddasini 450 ming soʻmga sotib olib, oʻzining yashash uyida saqlab qoʻygan.

U 2011-yilning 4-fevralida "Doʻrman” ovulining Xorazm viloyati bilan chegaradosh hududida Gurlan tumani "Birlashgan” qishloq fuqarolar yigʻinida yashovchi Ozodbek Xudoyberganovga 20 gramm triyak (opiy) giyohvandlik moddasini sotdi. Bu bilan ham cheklanmay, 9-fevral kuni 61,08 gramm koʻp miqdordagi "ogʻu”ni Ozodbek Xudoyberganov va uning tugʻishgan akasi Botirlarga bir million ellik ming soʻmga sotayotgan vaqtida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Baxtiyor Murodovning uyi tintuv qilinganida, uning yotoqxonasida turgan sariq dublyonkasining ichki zamokli choʻntagidan qogʻoz boʻlakchasi ichida sariq rangli tsellofan paketga oʻralgan toʻrtburchak shaklda 4,25 gramm triyak (opiy) moddasi topildi.

Bu qilmishlari uchun unga jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Ha, nopok yoʻl hech qimni yaxshi manzilga yetkazmaganidek, 1976-yilda tugʻilgan, uch nafar farzandning otasi Baxtiyorni ham 10-yil muddatga temir panjara ichida yashashga mahkum etdi.

Ayni umrining eng joʻshqin davrida, oilasidan ayro 10-yil qamoq jazosini oʻtaydigan Baxtiyorning taqdiri, qaniydi, ushbu "zahri qotil” toʻriga ilinganlarga, savdosi bilan shugʻullanib boy boʻlishini orzu qilayotganlarga saboq boʻlsa? Qaniydi...

P.DOShMURATOV,

jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

(Foto - http://kun.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019