16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:55
Siyosat 👁 2,168

Amudaryo tumani hokimi qarori

Amudaryo tumani hokimi  qarori

Oʻzbekiston Respublikasi «Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida» qonunining 17-moddasi, «Nogironlarni ijtimoiy muhofazalash toʻgʻrisida»gi nizomning 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgust kunidagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2014-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida

QAROR QILAMAN:

1. Tumanda band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlar sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi «Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida» qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va xoʻjaliklar uchun ishchilarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonining 106 odamni tashkil qiladigan 6,92 foiz miqdorida, shu jumladan:

a) nogironlar uchun 3,00%- 46 kishi, uy mehnatiga;

b) oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun0,59% - 9 kishi;

v) Bandlikka koʻmaklashish tuman markazlarida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatda turgan pensiyayoshiga yaqinlashib qolganshaxslar uchun 0,33 % - 5 kishi;

g) jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiyxarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 0,65% - 10 kishi;

d) taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun 1,50% - 23 kishi;

ye) muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 0,65 % - 10 kishi;

j) ijtimoiymuhofazaga muhtoj shaxslarningboshqa toifalari uchun 0,20% - 3 kishi miqdorida, shu hisobdan mobilizatsiyalik chaqiruv rezerviga kiritilgan shaxslar 1 kishi, yosh bolali ishlamaydigan ayollar 1 kishi, atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan kasallangan shaxslar uchun 1 kishi miqdorida ish oʻrinlari zahirasi belgilansin.

3. 2013-yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining 2014-yil uchun band etib qoʻyish lozim boʻlgan korxonalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklar boshliqlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2013-yil tugashidan 10 kun oldin, kvota ish oʻrinlari jami miqdorining kamida 25 foizi uchun 2014-yil 10-aprelidan kechiktirmasdan ish oʻrinlarining qolgan 75 foizini tashkil etish (ajratish yoki band etib qoʻyish) haqidagi yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band etib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar koʻrsatilgan maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman bandlikka koʻmaklashish va ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim qilish vazifalari yuklatilsin.

5. Korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklar boshliqlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining koʻrsatib oʻtilgan miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va belgilangan tartibda yaratilishini (ajratilishi yoki band etib qoʻyilishi), ushbu toifa shaxslar uchun belgilangan ish oʻrinlarining xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarilishini taminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi taminlansin.

6. Ushbu qaror bajarilishi taʼminlanmagan taqdirda korxona, tashkilot, muassasa, xoʻjaliklarning mansabdor shaxslariga "Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”giNizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida»giNizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslar uchun band etib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkillashtirgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkillashtirish uchun sarflagan mablagʻlarining bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish fondi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari hisobga olinsin.

8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (direktori - M.Matkarimov) ushbu qarorni tegishli korxona, muassasa, tashkilot va xoʻjaliklar boshliqlariga yetkazsin va bajarilishininazorat qilish uning zimmasiga yuklatilsin.

9. Amudaryo tuman hokimining 2012-yil 28-sentyabrdagi "Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun 2013-yilgi ish joylarining eng kam miqdorini belgilash toʻgʻrisida”gi 524-sonli qarori 2013-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.

10. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash va nazorat qilish hokim oʻrinbosari K.Aytbayev zimmasiga yuklatilsin.

11.Ushbu qaror tuman "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida rasmiy turda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

R.Yoʻldoshev,

tuman hokimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019