16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:15
Fan va taʼlim 👁 1,336

XALQ TAʼLIMI TIZIMIDAGI TUB BURILIShLAR YoShLARNI BARKAMOL QILIB TARBIYaLAShGA XIZMAT QILADI

XALQ TAʼLIMI TIZIMIDAGI TUB BURILIShLAR YoShLARNI BARKAMOL QILIB TARBIYaLAShGA XIZMAT QILADI

Oʻtayotgan har bir kun bizni Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi tantanalariga yaqinlashtirmoqda. Jannatmakon yurtimizning har bir goʻshasida bayram nafasi kezmoqda. Qolaversa, yangi oʻquv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Xalq taʼlimi tizimi xodimlari har yili Bilimlar kuni arafasida oʻtkazib kelinayotgan anʼanaviy Avgust kengashlarida yangi oʻquv yili uchun yangi rejalar tuzib, istiqbolli vazifalarni belgilab olishga odatlangan.

Bu yilgi tuman oʻqituvchilarining anʼanaviy Avgust kengashi “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida oʻtkazilmoqda.

Fursatdan foydalanib, men tumanimiz ahli va oʻqituvchilarini eng ulugʻ, eng aziz boʻlgan mustaqillik bayrami bilan, shuningdek, mazkur bayram bilan hamohang tarzda nishonlanadigan Bilimlar kuni bilan qizgʻin muborakbod qilaman!

Avvalo, aytish kerakki, oʻtgan 2017-2018 oʻquv yili Xalq taʼlimi tizimi xodimlari uchun ijobiy oʻzgarishlar yili boʻldi. Bulardan umumtaʼlim maktablarida 10- va 11-sinflar ochilishi, taʼlim muassasalarida Yoshlar ittifoqi yetakchisi lavozimi joriy qilinishi, maktablarda faoliyat koʻrsatayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchilar uchun maxsus sirtqi oliy taʼlim joriy qilinishi, maktab rahbarlari zimmasidan moliyaviy majburiyat olinib, markazlashgan buxgalteriya tizimi joriy qilinishi kabi misollarni keltirib oʻtsak boʻladi.

Shu bilan birga umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarini turli obodonlashtirish va qishloq xoʻjaligi ishlaridan ozod qilish boʻyicha hukumatimiz tomonidan alohida qaror qabul qilinishi kelajak avlod taʼlim-tarbiyasiga masʼul boʻlgan ustozlarga yuksak hurmat va eʼtibor ifodasidir.

Shu yilning 14-avgust kuni xalq taʼlimi sohasi uchun yangi bosqichni boshlab berishga asos boʻluvchi hujjat – “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Ushbu Qaror xalq taʼlimi sohasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, yosh avlod tarbiyasi borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, taʼlim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oʻqituvchilik kasbining nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Qaror bilan ustamalar, sinf rahbarligi va daftar tekshirganlik uchun toʻlanadigan toʻlovlarni hisobga olgan holda boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining bazaviy tarif stavkalari toifalar boʻyicha oʻrtacha hisobda 24 foizdan 39 foizgacha, yuqori sinf fan oʻqituvchilarining bazaviy tarif stavkasi 37 foizdan 49 foizgacha, maktab direktori va ularning oʻrinbosarlariniki oʻrtacha 27 foizga, axborot-resurs markazi (kutubxona) mudirlari va kutubxonachilariniki oʻrtacha 26 foizga oshirildi.

Ish haqining oshishi maktabda ishlovchi xodimlar kuchiga-kuch, gʻayratiga gʻayrat qoʻshadi. Ushbu Qarorning mazmun-mohiyati, qaror asosidagi oʻzgarishlardan barcha pedagoglarimiz mamnun.

Har yili davlat investitsiya dasturi asosida, mahalliy byudjetdan ajratilgan mablagʻlar hisobiga taʼlim muassasalarida taʼmirlash ishlari olib boriladi. Oʻtgan 2017-yilda 5 ta boshlangʻich taʼlim maktabi va 3 ta umumtaʼlim maktabida mukammal taʼmirlash ishlari uchun 3 milliard 300 million soʻm ajratilgan boʻlsa, joriy yilda 11 ta umumtaʼlim maktabi, 7 ta maktab filialini mukammal taʼmirlash uchun 7 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi. Tumanimizda maktablar soni 81 ta, ularda mavjud filiallar soni 12 ta ekanligini inobatga olsak, soʻnggi ikki yil davomida maktablarning oʻrtacha 25 foizini mukammal taʼmirlashga erishildi.

Bugungi kunga kelib, eng asosiy diqqat-eʼtiborimiz – taʼlim samaradorligi va mazmunini yangi sifat darajasiga koʻtarish, oʻqituvchi va tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish va pirovard natijada taʼlim oluvchilarga sifatli bilim berishga qaratilmogʻi lozim.

Oʻtgan 2017-2018 oʻquv yilida tumanimiz umumtaʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya sohasida ham qator yutuqlarga erishildi. Fanlar olimpiadasi va “Bilimlar bellashuvi” tadbirlarida tumanimiz oʻquvchilari yuqori natijalarni qoʻlga kiritib kelmoqdalar.

2016-2017 oʻquv yilida “Bilimlar bellashuvi” boʻyicha tumanimiz Qoraqalpogʻiston Respublikasida 7-oʻrinni egallagan edi. 2017-2018 oʻquv yilida esa 5-8-sinflardagi iqtidorli oʻquvchilarimiz 12 ta sovrinli oʻrin bilan Qoraqalpogʻistonda 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

9-10-sinf oʻquvchilari oʻrtasidagi fanlar olimpiadasi boʻyicha 2016-2017 oʻquv yilida tuman jamoasi 3-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2017-2018 oʻquv yilida 11 ta sovrinli oʻrin bilan 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Bu natijalarga 5-, 21-, 39-va 67-sonli maktablardan 2 nafardan, 7-, 11-, 12-, 15-, 16-, 22-, 26-, 29-, 34-, 40-, 41-, 42-, 49-, 64- va 76-sonli maktablardan 1 nafardan bi-limdon oʻquvchilar sababli erishildi.

Bundan tashqari, joriy yilda yangidan tashkil qilingan Innovatsion olimpiadada tumanimiz maktablarining 8-10-sinflarida tahsil oluvchi iqtidorli oʻquvchilaridan 5 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida sovrinli oʻrinlarni egallagan boʻlsa, 12-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Zebo Omonboyeva chizmachilik fani boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida gʻolib boʻldi.

Oʻquvchilarning tarbiyasida fanlar boʻyicha nazariy bilimlar bilan birga maʼnaviy tadbirlar, sport musobaqalarining ham ahamiyati katta. Ularning jismonan va maʼnan chiniqqanligini koʻrsatuvchi koʻrik-tanlov va musobaqalar oʻqituvchi va murabbiylarning qay darajada ish olib borishini koʻrsatib beradi.

2016-2017 oʻquv yilida “Umid nihollari” sport musobaqalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida tumanimiz oʻquvchilari 5-oʻrinni egallagan boʻlsa, yakunlangan oʻquv yilida tumanimiz umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.

Bunday mahoratli sportchi yoshlarimizni tayyorlayotgan 1-, 9-, 15-, 17-, 19-, 21-, 27-, 29-, 33-, 36-, 38-, 40-, 41- va 56-sonli maktablardagi jismoniy tarbiya oʻqituvchilarining mehnati alohida maqtovga arziydi.

Fursatdan foydalanib, tumanimiz sharafini munosib himoya qilishga oʻz hissalarini qoʻshib kelayotgan barcha fidoyi oʻqituvchi va murabbiylarga, sportchi-oʻquvchilarimizga alohida minnatdorchilik izhor qilaman.

Xalq taʼlimi tizimida umumtaʼlim maktablari faoliyati asosida aniqlanadigan reyting parametrlari boʻyicha 2016-2017 oʻquv yilida tumanimiz 12-oʻrinda boʻlgan boʻlsa, 2017-2018 oʻquv yili yakunidagi natijalar boʻyicha 6-oʻrinda qayd etildik.

Oʻtgan yilgi natijaga nisbatan oʻsish qayd qilingan boʻlsa-da, tumanimiz Xalq taʼlimi tizimi xodimlari uchun bu qoniqarli natija emas, deb hisoblayman.

Shunday ekan, hamkasblarimizni butun kuch-gʻayratini ishga solib, yoshlarni har jihatdan munosib oʻgʻil-qizlar qilib kamol toptirish yoʻlida sidqidildan mehnat qilishga chaqiraman. Bugungi shiddatkor davrda zamonaviy ilmni puxta egallagan, maʼnaviy yetuk yoshlargina yurtimiz ravnaqiga hissa qoʻshishga qodir boʻladi. Yaʼni, mamlakatimiz kelajagi bugun biz taʼlim-tarbiya berayotgan yoshlarning salohiyatiga bogʻliq ekanini aslo unutmaylik!

Oldimizda nihoyatda muhim va gʻoyatda masʼuliyatli vazifalar turibdi. Negaki, barkamol avlodni voyaga yetkazishda xalq taʼlimi xodimlarining oʻrni alohidadir. Mana shu masʼuliyatli va sharafli vazifalarni ado qilishda barchangizga sogʻlik-omonlik, oilalaringizga tinchlik-totuvlik, el-yurtimiz dasturxoniga qut-baraka tilayman.

Yana bir bor qoʻshaloq bayramlar qutlugʻ boʻlsin, aziz yurtdoshlar, qadrli ustozlar!

Otabek YOʻLDOShOV,

tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019