16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:35
Jamiyat 👁 1,136

OʻZBEKISTON – OZOD VA OBOD UYIMIZ

OʻZBEKISTON – OZOD VA OBOD UYIMIZ

Totuvlik – millatlarni birbiriga suygun, elatlarni gulgun qiluvchi tuygʻu. Totuvlik bor joyda qut-baraka, fayz, tinchlik va ahillik, mehr-oqibat, taraqqiyot boʻladi. Koʻngillarni rohat-farogʻat quchadi. Rohat-farogʻatga yetishgan dillarda faqat ezgulik tugʻiladi. Shuning uchun ham Oʻzbekistonday jannatmakon yurtni oʻzlariga Vatan qilgan 136 ta millat vakillarining barchasi bir-biriga doʻst, inoq, bir-birlari ila tomirlari tutash. Bu tomirlar mehr-oqibatdan, qon-qardoshlik taftidan kuch oladi. Ana shu kuchdir mamlakatimizda dillarni, tillarni, millatlarni bir-biriga el qilgan!

Bugungi Oʻzbekiston maktablarida darslar 7 tilda olib boriladi. 10 tilda televideniye koʻrsatuvlari namoyish etilib, radio eshittirishlar efirga uzatiladi. 100 ga yaqin milliy-madaniy markazlar faoliyat olib boradi. Salkam 1,5 milliardga yaqin aholi istiqomat qilayotgan Xitoydek rivojlangan mamlakatda 52 millat vakillari yasharkan. Eʼtibor bering: bizning 33 millionlik xalqi bor Oʻzbekistonimizda esa 136 ta millat vakillari oʻzaro hamjihatlikda, mamlakat iqboli uchun fidoyi mehnat qiladilar va totuv yashaydilar. Demak, mamlakatimizda yashayotgan barcha millat vakillarining Oʻzbekistonni oʻzlariga Vatan qilishlari uchun mustahkam va ishonchli asoslari bor. Bu – xuddi et bilan tirnoqni bir-biridan ajratib boʻlmagani kabi, xalqimizni bir-birlari ila mustahkam jipslashtirib turgan oʻzaro hurmat-izzat, mehr-oqibat, totuvlik va bagʻrikenglik ildizlarining teranligidir.

Ikkinchi jahon urushi yillarini bir eslang-a! Urush boshlanishidan sal oldin faqat Oʻzbekistonning oʻzidan 100 mingdan ziyod begunoh kishilar qatagʻon qilindi. 13 ming nafar aybsiz aybdorlar “xalq dushmani” sifatida otuvga hukm etildi. Dunyo qalqib turgan bir vaziyatda, bir millatni ikkinchi millatga gij-gijlash avjiga chiqqan, el-u yurtlardan hamjihatlik, mehr-oqibat koʻtarilgan bir paytda, mashʼum urush tufayli millionlab kishilar urush olovi ichra qolganda Oʻzbekiston barcha millat bolalariga quchogʻin keng ochdi. Urush, xoʻrlik, jabr-sitam oʻzbek xalqining bagʻrikenglik xislatini, ildizlari teran totuvlik neʼmatini sidirib tashlay olmadi. Birgina oʻzbek oilasi – Bahrixon aya va Shoahmad ota Shomahmudovlar bagʻriga olgan oʻndan ortiq millat bolalari bir qozondan taom yeb, oʻzbekning quroq koʻrpasida uxlab, orom oldilar.

Akademik shoir Gʻafur Gʻulom bobomiz: “Sen yetim emassan, tinchlan jigarim!” deya dunyoga oʻzbekning oʻz soʻzi bilan bong urdi, totuvlik va bagʻrikenglik tugʻini baland tutdi. Hali-hanuz urush yillarida oʻzbek xonadonlaridan panoh topib, oʻzbekning tuzini ichib, mehridan bahramand boʻlgan “urush bolalari” Oʻzbekistonga talpinib turishlarida ham totuvlikning ming bir hikmati mujassam emasmi, azizlar!

Bu hikmatlar mohiyatida ulugʻlik bor, oʻzaro hurmat-izzat, yuksak odamgarchilik, koʻngillar koʻngillarga tutash, qonlar qorishib, et va tirnoq kabi uzilmas rishtaga aylangan qarindoshlik bor unda! Etni tirnoqdan ajratib koʻring-chi! Ajratolmaysiz, jon-u jahoningiz zirqirab ketadi ogʻriqdan. Oʻzbekistonda 136 ta millat vakili bir-birlarisiz yashay olmaydi: har oʻzbekning hech boʻlmaganda bitta qozoq qarindoshi-qurdoshi, tojik yo turkman oshnasi boʻlgani kabi boshqa millat vakillarining ham koʻngliga yaqin qon-qarindoshlari bor. Bu – bizning mamlakat xalqi uchun eng ulugʻ qadriyat – mazmun va mohiyatida yuksak insoniylik fazilatlarini mujassam etgan totuvlikning ulugʻ xislatidir!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019