16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:30
Iqtisodiyot 👁 1,781

"Xalq banki"ning Amudaryo tumani filiali faoliyatidan lavha (video)

"Xalq banki"ning Amudaryo tumani filiali faoliyatidan lavha (video)

Mamlakatimizda bank tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida bu borada ham islohotlar amalga oshirilmoqda. Banklarda xizmat koʻrsatish turlari kengaytirilib, aholi va tadbirkorlarga qator qulayliklar yaratilmoqda.

Tumanimizdagi aktsiyadorlik tijorat Xalq banki filialida ham xizmat koʻrsatish tizimini yaxshilash, sifatini oshirish va mijozlarga qulaylik yaratish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Shuningdek, tizimning isloh qilinishida katta ahamiyatga ega boʻlayotgan tegishli qarorlar va hujjatlar ijrosi taʼminlanishi bank xodimlari faoliyatida mehnat unumdorligini, ish samaradorligini oshirmoqda.

Xalq banki tuman filialida Plastik karta terminal operatsiyalari va hujjatlar sektori, Buxgalteriya, Kredit, Pensiya, Jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti boʻlimlari hamda Valyuta ayriboshlash shoxobchasi, Jamgʻarma operatsiyalar va mini banklar shoʻʼbasi aholi va tadbirkorlarga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Undan tashqari, aholiga qulaylik yaratish maqsadida tuman IIBning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi, Notarial xizmat koʻrsatish boʻlinmasi, Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish boʻlimi hamda 6-sonli Beruniy tumanlararo gaz taʼminoti uchastkasi tuman hududida maxsus kassalar ham tashkil etilgan. Bank tomonidan 151 ta xususiy korxonalarga, 2 ta davlat korxonalariga, 77 ta nodavlat notijorat tashkilotlariga, 1 ta chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar va 131 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlarga samarali bank xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda. Yil davomida bankka 41 mijoz jalb qilingan.

Bankning Plastik karta terminal operatsiyalari va hujjatlar sektori boʻlimida 3 nafar xodim moliyalashtirilgan mablagʻlarni plastik kartaga oʻtkazish xizmatlarini bajarib kelmoqdalar. Buxgalteriya boʻlimida esa umumiy hisob-kitob yuritiladi va mijozlarga ham xizmat koʻrsatiladi. Kredit boʻlimida Xalq banki tuman filiali tomonidan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida berilayotgan kreditlarni ajratish amalga oshiriladi. Shu paytga qadar bank tomonidan Prezidentimizning 3777-sonli Qarori asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 7 foizdan 240 mln. 300 ming soʻmlik, 5242-son Farmoniga asosan yoshlarni hunarmandchilikka jalb qilish maqsadida 7 foizda 51 mln. 500 ming soʻmlik, naslli qoramollarni chet eldan ketirish uchun Vazirlar Mahkamasi qarori asosidagi nizomga koʻra, 5,5foizdan 2 mlrd. 600 mln. soʻmlik, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, aylanma mablagʻni shakllantirish uchun 1 mlrd. 30 mln. soʻmlik kreditlar ajratildi. Shuningdek, “Obod qishloq” dasturi, namunaviy uy jihozlari va maishiy texnikalar sotib olish maqsadlari uchun ham moliyaviy isteʼmol kreditlari berildi.

Bankda tashkil qilingan Pensiya va nafaqa toʻlovlari boʻlimida nafaqalarni tarqatish boʻyicha jami 21 nafar xodim ish olib bormoqda. Nafaqa pullari sayyor kassalarga bank tomonidan 3 ta xizmat mashinalarida yetkazilib, fuqarolarga oʻz vaqtida berilishi taʼminlanmoqda. Xalq banki tuman filiali tomonidan 49 ta ovul va mahallalarda yashovchi 14 ming 520 nafar nafaqaxoʻrlarga 7 mlrddan ziyod naqd koʻrinishdagi pullar yetkazib berilmoqda.

Xalq banki tuman filialida faoliyat koʻrsatayotgan Jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti boʻlimida aholiga ish haqi hisobidan pensiya taʼminotiga qoʻshimcha tariqasida jamgʻarib boriladigan mablagʻlarni qayd etib borishlari uchun daftarchalar tarqatiladi. Boʻlimda daftarchalarga muntazam ravishda oʻtkazilgan pullar kirim va chiqim qilish amalga oshiriladi.

Valyuta ayriboshlash shoxobchasida ham fuqarolarning chet el valyutalarini Markaziy bank kurslari asosida erkin almashtirishlarini taʼminlash maqsadida xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Bankda tashkil qilingan 1 ta jamgʻarma kassa, 1 ta kommunal kassa va 3 maxsus kassada mijozlarga qulay sharoit yaratilgan. Kassalarda kommunal, byudjet va boshqa turdagi toʻlovlar onlayn tarzida oʻz vaqtida qabul qilinmoqda. Mijozlar hisob raqamlariga ham oʻtkazilib borilmoqda.

Bankdagi Plastik kartochkalar tizimini rivojlantirish shoʻʼbasi boʻlimi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda foydalanilayotgan toʻlov terminallari nazorat qilib boriladi. Bu yerda pensiya, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar elektron tarzda jismoniy shaxslarning plastik kartalariga oʻz vaqtida oʻtkaziladi. Shuningdek, mijozlarga korporativ plastik kartalar boʻyicha majburiyatlar hisobvaragʻini ochadi hamda yaroqsiz holga kelganda yangi korporativ kartalar ochib berish kabi xizmatlar ham bajariladi.

Bugungi kunda aktsiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan koʻrsatilayotgan sifatli xizmatlardan aholi va tadbirkorlar juda mamnun.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019