16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:56
Siyosat 👁 2,677

Aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda

Aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda
 Tuman Markaziy madaniyat uyida 2013-yil 12-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining oʻrinbosari A.Xamrayev rahbarligida aholi bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Tumanda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, jamiyatdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, diniy ekstremizm va uning zararli oqibatlarini oldini olish, ogohlikni oshirish, tinchlik neʼmatining qadr-qimmatini targʻib etish, fuqarolarning turmushidagi muammolarni muhokama etish va uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash maqsadida oʻtkazilgan mazkur uchrashuvga "Boyovul”, "Durunki”, "Chordara” va A.Navoiy nomli mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi vakillari qatnashdilar.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalor boʻyicha oʻrinbosari M.Aleuov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Ibragimova, Amudaryo tumani hokimi R.Yoʻldashev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirliklari, idoralar, huquqni muhofaza qilish organlari, korxonalar, tashkilotlar va tijorat banklari  rahbarlari ishtirok etdilar.

 Kun tartibidagi masala yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining oʻrinbosari A.Xamrayev soʻzga chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, jamiyatdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, diniy ekstremizm va uning zararli oqibatlarini oldini olish, ogohlikni oshirish, tinchlik neʼmatining qadr-qimmatini targʻib etish, yaʼni osayishta va tinchlikka oʻz-oʻzidan erishilmayotganligi, bunga nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlari, balki barchamiz ham bu masalaga eʼtiborli boʻlishimiz kerakligi, bunda davlat hokimiyatining shaffofligi printsiplariga amal qilish lozimligi, fuqarolarning turmushidagi uchrayotgan muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha vazifalarga keng toʻxtaldi.

 Tuman hokimi R.Yoʻldashev soʻzga chiqib, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi. Mustaqillikning ilk yillari bilan bugungi kunlarimizni solishtirar ekanmiz, yurtimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi yildan-yilga ochilib, tobora obod va goʻzal boʻlib borayotganiga, barcha yutuqlarimizning ijodkori va bunyodkori boʻlgan xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi, ishga, hayotga munosabati butunlay oʻzgarib, oʻz yurti taqdiriga daxldorlik tuygʻusi, oʻz kuch va imkoniyatlariga ishonchi mustahkamlanib borayotganiga guvoh boʻlamiz. "Obod turmush yili” deya nomlangan joriy yilda tumanimizda ham qator ijobiy natijalarga erishildi. Jumladan, joriy yilda tumanimiz boʻyicha turli manbalar hisobidan 130-140 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻlar ishlatilib keng koʻlamli qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadida jami uzunligi 3,5 km boʻlgan davlat ahamiyatidagi va ichki xoʻjalik yoʻllarida 4,7 km kapital taʼmirlash va yangi qurilish ishlari amalga oshirildi, 70 ta namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar, 1 ta kasb-hunar kolleji, 2 ta qishloq vrachlik punkti, 1 ta musiqa maktabi yangidan qurildi. Koʻplab taʼlim va tibbiyot muassasalarida rekonstruktsiya va kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

 Iqtisodiyotning barqaror oʻsish surʼatlari taʼminlanmoqda. Yil davomida 20 dan ortiq loyihalar amalga oshirilib, 4500 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.

 Amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda oldimizda turgan yechimini kutayotgan masalalar ham koʻp. Jumladan, qish mavsumiga tayyorgarlik borasida hali amalga oshiriladigan ishlar talaygina. Bu borada kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari oldida qator vazifalar turibdi.

 Shu bilan birga, jamiyatdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, diniy ekstremizm va uning zararli oqibatlarini oldini olish, ogohlikni oshirish borasida ham zimmamizda katta masʼuliyatlar bor.

 Shu va boshqa masalalarni tizimli ravishda hal qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirigʻiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi tomonidan joylarda davlat organlari mansabdor shaxslarning aholi bilan uchrashuvlari tashkil qilinmoqda. Oʻylaymanki bugungi uchrashuvda bildiriladigan taklif, fikr va mulohazalar, muammo va kamchiliklar kelgusida oʻzining ijobiy yechimini topib xalqimiz turmush tarzining yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi, dedi tumanimiz hokimi oʻz soʻzida.

 Soʻzga tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi mudirining birinchi oʻrinbosari A.Qoʻshayev, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Allakova va boshqalar chiqib, kun tartibidagi masalalar boʻyicha taklif, fikr va mulohazalar bildirdilar.

 Yigʻilish ishtirokchilari koʻtarilgan masalalar boʻyicha bildirilgan takliflarni qoʻllab-quvvatladilar. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan bildirilgan fikr va takliflarni hisobga oligan holda tegishli qaror qabul qilindi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019