16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:28
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,041

MOʻL HOSILGA PUXTA ZAMIN YaRATILMOQDA

MOʻL HOSILGA PUXTA ZAMIN YaRATILMOQDA

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga katta eʼtibor berildi. Ayniqsa, rizq-roʻzimiz manbai hisoblangan gʻallachilik jadal surʼatlar bilan rivojlandi.

Bir necha yildirki, tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan 400 dan ziyod fermer xoʻjaliklari jami 3000 gektar maydonda gʻalla yetishtirib keladi. Fermer xoʻjaliklari rahbarlarining dehqonchilik sir-sinoatlarini oʻrganishdagi harakatlari ularning bu boradagi tajribalarining oshishiga omil boʻlayapti. Shu boisdan ham ularning koʻpchiligi gʻalla hosildorligini 60-70 foizga koʻtarishga muvaffaq boʻlmoqdalar.

Bu yil tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan 423 ta fermer xoʻjaliklarida dastlab 3000 gektar maydonga kuzgi bugʻdoy ekildi. Shundan keyin yana mavjud imkoniyatlar oʻrganib chiqilib, tuman hokimining shu yil 5-oktyabrdagi 602-sonli qaroriga asosan 350 gektar maydonga qoʻshimcha ravishda gʻalla ekish belgilandi.

Hozirgi kunga tumanda jami ekilgan kuzgi bugʻdoy 3350 gektarni tashkil etadi.

Ayni kunda tumanda bugʻdoy ekilgan dalalarga mahalliy oʻgʻit tashib chiqarish ishlari qizgʻin davom etayapti. Bu ishda “Mangʻit don” filiali, “QR Agrokimyohimoya” AJ tuman filiali va tuman Veterinariya boʻlimi jamoalari barakali mehnat qilmoqdalar. Shu kungacha “Mangʻit don” filiali tomonidan 5025 tonna, “QR Agrokimyohimoya” AJ tuman filiali tomonidan 5025 tonna va tuman Veterinariya boʻlimi tomonidan 1675 tonna mahalliy oʻgʻit jamgʻarildi.

Shu kunlarda gʻalla ekilgan maydonlarni sugʻorish ishlari ham belgilangan rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda. Unib chiqqan bugʻdoy maysalarini sharbatli suv bilan sugʻorish maqsadida har 3 gektar maydonda bittadan, jami 1115 ta handak tayyorlandi.

Sugʻorish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida fermer xoʻjaliklaridan 600 nafar suvchi ajratildi va fermer xoʻjaliklariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida suv xoʻjaligi tashkilotlaridan 317 nafar, SIUlardan 35 nafar xodim masʼul qilib biriktirildi.

Ayni kunda kuzgi gʻalla ekilgan barcha dalalarimizda unib chiqqan bugʻdoy maysalarini parvarishlash ishlari yuksak agrotexnika qoidalari asosida amalga oshirilayapti.

Dehqonlarimizning bunday harakatlarini koʻrib, kelgusi yilda ham bugʻdoy xirmonlarimizning yanada yuksak boʻlishiga ishonchimiz ortadi, albatta.

Uyshin mahallasidagi “Nurulla Xidirov” fermer xoʻjaligida kelgusi yil hosili uchun 12 gektar yerga bugʻdoy ekilgan edi. Ayni kunlarda ushbu maydonlarda toʻliq nihol olindi va parvarishi boshlab yuborildi.

Suratda: mazkur fermer xoʻjaligi raisi Nurulla Xidirov (oʻngda) “Abdusobirov Madiyor“ fermer xoʻjaligi raisi M.Abdusobirov bilan bugʻdoy nihollarini koʻzdan kechirmoqda.

Allambergan JUMANIYoZOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019