16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:56
Siyosat 👁 3,465

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash — kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish omili

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash —  kuchli fuqarolik jamiyati  barpo etish omili

Bugun mustaqil yurtimiz oʻziga xos, dadil odimlar bilan taraqqiyot yoʻlidan bormoqda. Ona Vatanimizning qaysi goʻshasida boʻlmang, olamshumul yangilanishlarga guvoh boʻlasiz. Bunyodkor xalqimiz tomonidan yurtimizning har bir burchagida katta oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda va ulkan yutuqlar qoʻlga kiritilmoqda.

Aytish joizki, erishilayotgan bu yutuqlar, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti va ertangi kunga boʻlgan ishonchining oshib borayotgani Konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilgan huquqiy asoslar tufaylidir. Yurtboshimiz taʼkidlaganidek: "Avvalo, barchamiz bir haqiqatni anglab, tushunib bormoqdamiz - bugun jamiyatimizda qanday yutuq va marralarga erishgan boʻlsak, bularning poydevorida Konstitutsiyamiz - buyuk hayot Qomusimiz turibdi”.

Bugun yigirma bir yilligini katta shodiyona bilan nishonlayotganimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - milliy davlatchiligimizning chuqur tarixiy ildiziga, millatimizning boy maʼnaviy asosiga va dunyo mamlakatlarining ilgʻor tajribasiga asoslangan muhim huquqiy hujjat, taraqqiyotimizning huquqiy asosi, tayanchi va eng muhim kafolati boʻlib xizmat qilmoqda.

Konstitutsiyamizda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari eng ustuvor qoidalar sifatida berilganligi, istiqlolimizning ilk kunidan boshlab amalga oshirilayotgan barcha ezgu ishlar zamirida "islohot islohot uchun emas, inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak”, degan hayotiy tamoyil turgani davlatimiz umuminsoniy qadriyatlarga naqadar sodiq ekanligidan dalolatdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida taʼkidlanganidek, "Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar”. Ushbu masʼuliyat ayni kunlarda Samarqand va Buxoro viloyatlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilayotgan "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan yanada mustahkamlanmoqda.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini, shaffofligini taʼminlash hamda ularning faoliyatiga oid axborotni keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha tumanimizda ham qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Bugungi kunda tumanimizda 3 ta ommaviy axborot vositalari: "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi, "Amudaryo televideniyesi” va amunews.uz veb-sayti faoliyat koʻrsatmoqda. Ushbu ommaviy axborot vositalari tumanda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashda muhim vosita boʻlib xizmat qilmoqda.

Ovul va mahallalarimizda oʻtkazilayotgan aholi bilan uchrashuvlarda ham tumanimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida tuman hokimi va uning oʻrinbosarlari tegishli muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda aholiga hisobot berib, ularning muammolarini tinglab, ularni hal qilish choralari koʻrilmoqda.

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham iqtisodiyotimizni yanada yuksaltirish, aholi turmush farovonligini yaxshilash boʻyicha qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Jumladan, sanoat salohiyatini 2013-2015-yillarda rivojlantirish investitsiya loyihalari ishlab chiqilib, bu dasturga jami qiymati 32,7 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi 27 ta loyihalar kiritilib, ularda 478 ta yangi ish oʻrinlari tashkil qilish belgilab olindi. Dastur ijrosini taʼminlash maqsadida olib borilgan ishlar natijasida joriy yilning oʻtgan davrida jami 24 ta loyiha amalga oshirilib, 300 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Shuningdek, "Amudaryo tekstil” xorijiy korxonasida ip-kalava ishlab chiqarish loyihasi boʻyicha 28,6 mlrd. soʻm miqdorida investitsiya kiritilishi belgilangan boʻlsa, amalda 43,8 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilib, hozirgi kunda qurilish ishlari davom qildirilmoqda. Bu loyiha yakuniga yetkazilishi natijasida 250 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

"2012-2016-yillarda xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish” Dasturiga asosan joriy yil uchun belgilangan xizmat koʻrsatish va servisni rivojlantirish parametrlarida jami 69 ta xizmat koʻrsatish va servis obʼektlari tashkil qilish, xizmatlar hajmini 99,6 mlrd. soʻmga, oʻsim surʼatini 116,3 foizga yetkazish nazarda tutilgan boʻlsa, olib borilgan ishlar natijasida shu kunga qadar jami 64 ta xizmat koʻrsatish va servis obʼektlari tashkil qilinib, ularga jami 3 mlrd. 810 mln. soʻm mablagʻ jalb qilindi. Xizmat koʻrsatish obʼektlarini ishga tushirish natijasida 100 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Bandlik dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida olib borilgan ishlar natijasida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida rejadagi 4871 ta oʻrniga 4969 ta yangi ish oʻrinlari yaratilib, belgilangan prognoz koʻrsatkichlari 102,0 foizga bajarildi.

Ijtimoiy sohada ham olib borilgan ishlar natijasida joriy yilning oʻtgan davrida 37,3 ming kvadrat metr uy-joylar, 5,3 km uzunlikdagi gaz tarmoqlari, 39 km. uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlari tortildi.

Tumanimiz fermerlari va qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlarining fidoyi mehnatlari tufayli iqtisodiyotning yetakchi tarmogʻi boʻlmish qishloq xoʻjaligi sohasida ham katta natijalarga erishilmoqda. Bu yil tumanimiz pillakorlari 243,5 tonna pilla, gʻallakorlarimiz 10 ming tonnadan ortiq bugʻdoy yetishtirdi, shundan 4605 tonna gʻalla shartnoma asosida qabul maskanlariga topshirildi. Paxtakorlarimiz 43 ming tonnalik xirmon bunyod etib, mamlakatimizda birinchilardan boʻlib davlatga paxta sotish boʻyicha shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan bajardilar.

Joriy yilda tumanimizda qurilish sohasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Qishloq joylarida 70 ta namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar, shuningdek, 360 oʻquvchi oʻringa moʻljallangan transport kasb-hunar kolleji, har biri 50 qatnovga moʻljallangan 2 ta qishloq vrachlik punktlari, 150 oʻquvchi oʻringa moʻljallangan musiqa maktabi binosi qurib bitkazildi. Shuningdek, bir necha taʼlim muassasalarida kapital taʼmirlash va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi.

Ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash maqsadida "Urganch shahri - Mangʻit shahri - Turkmaniston Respublikasi chegarasi” davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻlining 75,5 - 79 kilometroraligʻida 4 mlrd. 270 mln. soʻmlik, Mangʻit shahri va qishloqlarda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida jami 4 mlrd. 443 mln. soʻmlik qurilish va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Inson manfaati, huquq va erkinliklarini taʼminlashdek eng muhim ustuvor vazifa «Obod turmush yili» Davlat dasturida ham oʻz ifodasini topgan. Shu dastur asosida qabul qilingan tuman dasturi boʻyicha oʻtgan 11 oy davomida salkam 96,5 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Eng muhimi, aytishimiz kerakki, xalqimiz ertangi kunga ishonch bilan boqib, mustaqillik bergan imkoniyatlardan foydalangan holda bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishtiyoqi bilan yashab, mehnat qilmoqda. Bunday jonkuyar yurtdoshlarimizning fidoyi mehnatlari natijasida mamlakatimiz yanada rivojlanib, aholining turmush farovonligi tobora ortaveradi.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni va tumanimiz ahlini obod va farovon turmushimiz asosi boʻlmish Konstitutsiyamizning 21 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!


Rajabboy YOʻLDOShEV,

tuman hokimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019