16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:37
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,213

ISLOMBEK MATKARIMOV “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ XOʻJALIGI FIDOYISI” KOʻKRAK NIShONI SOHIBI BOʻLDI

ISLOMBEK  MATKARIMOV “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ XOʻJALIGI FIDOYISI” KOʻKRAK NIShONI SOHIBI BOʻLDI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyunda qabul qilgan 87-sonli Qaroriga muvofiq qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida”gi Nizomda ushbu koʻkrak nishoni bilan mehnat tajribasi va kasbiy malakaga ega, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, sohada fidokorona mehnati bilan namuna boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati, uning hududiy va  tarkibiy boʻlinmalari rahbar xodimlari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralari hamda joylardagi ijro hokimiyati organlari xodimlari taqdirlanishi belgilangan edi.

Mamlakatimizda dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlangan Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni arafasida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz nomlari eʼlon qilindi. Ularning safida tumanimiz Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Islombek Matkarimov ham bor.

1982-yilda Toʻlqin ovulida ziyolilar oilasida tugʻilgan, 2003-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tugatib, tumanimizda oʻz mehnat faoliyatini boshlagan Islombek 2003-2004-yillar mobaynida Mangʻit qishloq xoʻjalik kasb hunar kollejida ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, 2004-2005-yillarda 7-sonli maktabda laborant, 2005-2007-yillarda tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi suvdan foydalanuvchilar birlashmalari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis, 2007-2009-yillarda tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi shartnoma boʻyicha bosh mutaxassisi, 2009-2010-yillarda “Oʻzargosugʻurta” davlat aktsiyadorlik sugʻurta kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi direktsiyasi Amudaryo tuman boʻlinmasi boshqaruvchi menejeri, 2010-2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashi raisi, 2013-2014-yillarda tuman hokimligi jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha bosh mutaxassisi, 2014-2015-yillarda “Oʻzbekiston pochtasi” ochiq aktsiyadorlik jamiyati Qoraqalpogʻiston fililali Mangʻit pochta aloqa tarmogʻi boshligʻi, 2015-2018-yillarda “Toʻlqin” muqobil mashina-traktor parki raisi, 2018-yildan esa tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi lavozimlarida fidoyilik bilan mehnat qilib kelmoqda. Shu bilan birga 2011-yil boshidan beri “Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligini mohirlik bilan boshqarib, barcha sohalar boʻyicha mahsulot yetishtirish rejalarini ortigʻi bilan ado etib, fermerlikni rivojlantirish, chorva mahsulotlarini koʻpaytirishda samarali mehnat qilib kelmoqda.

U rahbarlik qilayotgan “Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligi asosan chorvachilikka – goʻsht va sut mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan. Xoʻjalik tashkil qilingan yili bank krediti mablagʻlari hisobidan Gollandiya texnologiyasi asosida yangidan zamonaviy uslubda chorva kompleksi qurilib ishga tushirildi va chetdan naslli mollar keltirildi. Birgina 2017-yilning oʻzida Polsha davlatidan umumiy bahosi 172,6 ming AQSh dollarlik 66 bosh naslli mollar olib kelinib, hozirgi kunda zotdor mollar soni 180 boshga yetkazildi.

Xoʻjalikda olinayotgan daromad hisobiga yer haydash, ekish, oʻrim-yigʻim texnikalari, oʻt oʻrish, ozuqa maydalash-tayyorlash agregatlari olinib, deyarli barcha ishlar oʻz texnikalari yordamida amalga oshiriladi.

Tinib-tinchimas yigit 2011-yilda baliqchilikni ham yoʻlga qoʻyib, bu borada oʻz bilimlarini oshirish, dunyo ilgʻor tajribalarini oʻrganish maqsadida Vetnam davlatida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi safida seminarda boʻlib qaytdi, “Amu Toʻlqin baligʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etib, umumiy qiymati 58 million soʻmlik kichik inkubatsiya tsexini ishga tushirdi. Har yili mazkur tsexda 5 tonnadan ziyod baliq yetishtirilmoqda.

Tadbirli, izlanuvchan, intiluvchan yigit qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishga qoʻshayotgan hissasi uchun 2014-yilda “Tashabbus” koʻrik-tanlovining “Eng yaxshi fermer” yoʻnalishida Qoraqalpogʻiston boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritib, mamlakat bosqichida ishtirok etishga muvaffaq boʻldi va “Oziq-ovqat sanoatidagi eng yaxshi yil tadbirkori” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi.

Islombekning chorvachilik sohasida erishayotgan muvaffaqiyatlarini Qoraqalpogʻiston miqyosida ommalashtirish uchun naslchilik fermer xoʻjaliklari raislari, mutaxassislari ishtirokida keyingi uch yilda 5-marta mazkur fermer xoʻjaligida koʻrgazmali seminar oʻtkazilgani ham bejiz emas.

Xoʻjalik daromadlari hisobidan 2016-yilda sut va goʻshtni qayta ishlashga moʻljallangan tsex, 1 ta maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, zamonaviy uslubda kichik futbol maydonchasi qurilib ishga tushirildi va natijada 25 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Islombek Matkarimov hududdagi ishsiz aholini ish bilan taʼminlab, ularning ham oilasi iqtisodi yuksalishiga hissa qoʻshayotgan tashabbuskordir.

Uning bu savobli xizmatlari eʼtirof etilib, yaqinda, Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni arafasida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangani koʻpchilikni quvontirdi.

Tabiatan tirishqoq bu yigitning hali koʻplab xayrli ishlar qilishiga ishonamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019