16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:34
Iqtisodiyot 👁 1,354

2019-yilgi Davlat dasturi loyihasi: iqtisodiy sohada qanday oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda?

2019-yilgi Davlat dasturi loyihasi: iqtisodiy sohada qanday oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda?

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy gʻoya va takliflari hamda 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Pespublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan “Faol investitsiyalar va ijtimoy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasi uni fuqarolar bilan maslahatlashgan holda yanada takomillashtirish maqsadida jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Ayni kunda 5 ta boʻlim va 253 ta banddan iborat boʻlgan ushbu Davlat dasturi yurtdoshlarimiz tomonidan qizgʻin muhokama etilayapti.

Ushbu loyihaning “Iqtisodiyotni rivojlantirish va faol investitsiya jalb etishning ustuvor yoʻnalishlari” deb nomlangan 3-boʻlim bilan tanishsangiz, mazkur yilda mamlakatimizda faol investitsiyalarni jalb etish orqali iqtisodiyotimizni tubdan rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlarni amalga oshirish belgilanayotganini his qilasiz.

Loyihada iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish maqsadida iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish startegiyasini ishlab chiqarish, “yashirin iqtisodiyot” salmogʻini iqtsodiy usullarni ishlatgan holda qisqartirish, qoʻshimcha imkoniyat va manbalar hisobidan byudjet defitsitini kamaytirish, yil boshidan joriy etilayotgan bojxona tarif siyosatini tatbiq etish orqali tashqi bozordagi oʻzgarishlarning iqtisodiyotimizga salbiy taʼsirini kamaytirish, mamlakatni 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Shuningdek, loyihada davlat organlari ishida shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash, byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish va mahalliy byudjetlarning yuqori turuvchi byudjetlarga bogʻliqligi darajasini qisqartirish, mahalliy harajatlarni moliyalashtirish vakolatini bosqichma-bosqich yuqori byudjetdan quyi byudjetga oʻtkazish nazarda tutilganligi koʻrsatilgan.

2019-yilgi Davlat dasturi loyihasida samarali soliq maʼmuriyatchiligini yoʻlga qoʻyish masalasiga ham alohida eʼtibor berilgan.

Soliq islohotlarini amalga oshirish davrida isteʼmol mahsulotlari narxining barqarorligini va inflyatsiya darajasi prognoz koʻrsatkichlaridan oshmasligini taʼminlash, buning uchun esa isteʼmol mahsulotlari narxining barqarorligini taʼminlash, xususan qoʻshilgan qiymat soligʻi keng joriy qilinishi bilan isteʼmol tovarlari narxi oʻsishining oldini olish choralari nazarda tutilgan.

Shuningdek, loyihada bank va molya tizimini isloh qilish hamda sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy qilish, unda davlat mablagʻlari hisobidan imtiyozli bank kreditlari ajratish amaliyotini tubdan takomillashtirish nazarda tutilganligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu loyhada sugʻurta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirish, valyuta bozorini yanada erkinlashtirish maqsadida chet el valyutalari bilan bogʻliq amaliyotdagi asossiz cheklovlarni bartaraf etish ham nazarda tutilgan.

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasida tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish va unga davlat aralashuvini kamaytirish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va rivojlantirish orqali sogʻlom raqobat muhitini yaratish va qishloq xoʻjaligida bozor mexnizmlarini joriy qilish orqali uni jadal rivojlantirish masalalariga ham alohida eʼtibor berilgan.

2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Pespublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida koʻzlangan masalalar xalq farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladigan omillar hisoblanadi.

Shu oʻrinda yurtdoshlarimizdan mana bu manzilda joylashtirilgan davlat dasturi loyihasi boʻyicha fikr va mulohazalar, takliflar bildirishlarini soʻrab qolamiz.

Allambergan JUMANIYoZOV.   

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019