Fan va taʼlim
👁 890
36-sonli maktabda “Bizlar - kichik askarlar” nomli tadbir oʻtkazildi
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan umumtaʼlim maktablarida vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar oʻtkazildi.
Tumandagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida ushbu kunga bagʻishlab oʻtkazilgan “Bizlar kichik askarlar” nomli tadbirida ham Vatanga muhabbat, burchga sadoqat kabi ulugʻvor tuygʻular ifodalandi. Tadbir maktabning 9- va 2-sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazildi. Ishtirokchilar ijrosida Vatan mavzusidagi sheʼr va qoʻshiqlar, badiiy chiqishlar barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Qurolli kuchlar tashkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbir boʻlgʻusi yurt himoyachilarini yanada ruhlantirdi.
Nigora Bozorboyeva,
36-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶