16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:15
Jamiyat 👁 2,364

Orzular roʻyobi

Orzular roʻyobi

Dunyoda orzu-armonsiz odam boʻlmasa kerak. Orzular insonga qoʻshqanot boʻlib, juda boʻlmaganda xayolan yuksak-yuksaklarga parvoz qiladi,kimdir uchuvchi boʻlishni, kimdir kosmonavt boʻlishni, yana kimdir general boʻlishni orzu qiladi. Orzuga ayb yoʻq deyishadi-ku axir.

Bundan oʻn olti yil ilgari ellik yoshida bevaqt dunyodan oʻtgan rahmatlik Bozorboy Erdoshevning bu hayotda orzulari koʻp, armonlari bisyor edi. Armiya xizmatidan keyin harbiy boʻlib qolmoqchi edi. Lekin oilada toʻngʻich farzand boʻlgani uchun ota-ona raʼyigaqarab sobiq "Kommunizm” kolxozida, hozirgi "Toʻlqin” xoʻjaligida avtomobil haydovchi boʻlib ishga oʻtdi va umrining oxirigacha oʻz kasbiga sodiq qoldi. Ammo harbiy boʻlish orzusi hamon koʻngil toʻrida saqlanib qolaverdi va oʻz orzusining ushalishini farzandlarida koʻrishni istadi. Bu orzu istakni toʻngʻich oʻgʻli Ilhom Erdoshevga koʻngil yorib aytib uqtirdi, takror-takror qulogʻiga quydi. Ilhom ham ziyrak bola emasmi, dadasining nima demoqchi ekanligini uqdi va dadasi erisholmagan orzuni oʻz toleida koʻrishni niyat qildi. Ezgu niyat albatta ushaladi, agar unga chin ixlos bilan intilsa, butunsaʼyi-harakatlari shunga yoʻnalsa.

Bozorboy Erdoshevning qulogʻiga Urganchda harbiy akademik litsey borligi chalinib turardi. Vaqt topib, mazkur bilim dargohigaborib oʻqishga kirish tartib-qoidalari bilan tanishib qaytdi. 33-sonli umumtaʼlim maktabida aʼlo baholarga oʻqiyotgan oʻgʻli Ilhomga bu borada juda joʻn va qiziqarli qilib gapirib berdi. Bundan keyin Ilhomning harbiylikka boʻlgan qiziqishi yanada kuchaydi. 8-sinfni bitkazishi bilanoq zarur hujjatlarni tayyorlab, dadasi bilan birgalikda Urganchga joʻnadi. 1995-yilda Urganch harbiy akademik litseyini bitkazib, oʻqishni davom ettirish uchun Samarqand oliy harbiy qoʻmondonlik avtomobil muhandislik bilim yurtiga oʻqishga kirdi. Bundan dadasi Bozorboy Erdoshev va onasi Bibisara Qoʻchqorovalar behad xursand boʻlishdi. Nafaqat xursand boʻlishdi balki solih va qobil oʻgʻlidan mamnun va rozi boʻlishdi. Chunki, otasining orzulari ushalayotgan edi. Lekin mazkur oliy harbiy bilim yurtining 3-bosqichini bitkazib, 4-bosqich kursanti boʻlgan kezda otasi Bozorboy aka olamdan oʻtdi. Yillar ketidan yillar bir-birlarini quvlashgandek oʻtaverdi. Bizning udumimiz boʻyicha ota oʻrni boʻsh qolmasligi kerak. Bu masʼuliyatli ogʻir vazifani toʻngʻich oʻgʻil Ilhom Erdoshev oʻz zimmasiga oldi. Tabiatan vazmin, aql-zakovatli, hayotda har ishning koʻzini biladigan va tadbirkorona harakat qiladigan mohir tashkilotchi, kezi kelganda topqir va epchil, chaqindek tez harakat qiladigan abjir harbiy yigit boʻlib kamolga kelgan yigit hozirda Samarqandda Markaziy harbiy okrugda podpolkovnik, maxsus botalon komandiri boʻlib xizmat qilmoqda. U otasi orzularini roʻyobga chiqarish uchun juda koʻp harakatlar qildi va ukalari Omonboy hamda Qurbonboy Erdoshevlarni oʻz safiga – harbiylar safiga qoʻshdi. Omonboy Erdoshev hozirda Shimoliy-Gʻarbiy harbiy okrugning "Qoʻskoʻl” garnizonidagi harbiy qismda serjant, vzvod komandiri boʻlib oʻz burchini ado etmoqda. Uning Vatanimizga sadoqatli xizmatlarini davlatimiz yuksak baholab, mustaqilligimizning 21 yilligi arafasida "Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotladi.

Mayor Qurbonboy Erdoshev ham akasi Ilhom Erdoshevning qoʻllab quvvatlashi natijasida Samarqand oliy harbiy qoʻmondonlik avtomobil muhandislik bilim yurtida tahsil oldi. Erdoshevlar uchun muqaddas oliy oʻquv dargohi boʻlib qolgan bu maskan ularni kamolot choʻqqilari sari yetakladi. Hozirda mayor Qurbonboy Erdoshev Fargʻonada-Sharqiy harbiy okrugda namunali xizmat qilmoqda.

Ayni davrda aka-uka Erdoshevlar Vatan oldidagi oʻz burchlarini sidqidildan ado etish asnosida oʻz oilalari, bola-chaqalari bilan baxtiyor hayot kechirmoqdalar.

Yillar oʻtaverar, davrlar va zamonlar oʻtaverar. Ammo hayot oʻz yoʻlida davom etaveradi. Kimki, bu hayotda oʻzidan oʻchmas iz qoldirib, yaxshi nomu yaxshi amallar hadya etib, hayot atalmish muqaddas kitob sahifalariga zarhal harflar bilan yozilgan bitik qoldirsa, oʻsha odamning umri va xizmatlari hamda mehnatlari koʻpchilikka ibrat boʻlgʻusidir.

Yuqorida nomlari zikr etilgan solih va qobil farzandlarning sevimli va aziz volidai muhtaramasi Bibisara Qoʻchqorova tumanimiz qishloq xoʻjaligining muhim tarmoqlaridan biri boʻlgan yetti xazinaning biri - pillachilikni rivojlantirishga, qolaversa "Toʻlqin” xoʻjaligida pillachilikni rivojlantirishga baholi qudrat hissa qoʻshib kelmoqda. U shu xoʻjalikda qirq ikki yildan buyon, yaʼni, 1972-yildan beri pillachilik boʻyicha bosh mutaxassis – pillachilik agronomi boʻlib ishlab kelmoqda. Davlatimiz uning sohani rivojlantirish boʻyicha koʻp yillik mehnatlarini munosib baholab "Shuhrat” medali bilan mukofotladi. U oltmish toʻrt yoshni toʻldirayotgan boʻlsa-da oʻzining sevimli sohasini yanada rivojlantirish yoʻlida betinim mehnat qilib jon kuydirmoqda. Oilada esa ham ona, ham ota masʼuliyatini ado etmoqda. Uning uchun oliy baxt - doimo mehnat qilib farzandlari va nevaralari baxtini va kamolini koʻrishdir.

Suratda: "Sodiq xizmatlari uchun" medali sohibi, serjant O.Erdoshev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019